Ilmiy tadqiqotning sifatiga quyidagi prinsiplarga rioya qilish orqali erishiladi:
maqsadga muvofiqlik prinsipi - tadqiqotlar amaliyotni takomillashtirish vazifalariga
muvofiq amalga oshiriladi;
obyektivlik prinsipi - tadqiqotdagi nazariy modellar real obyektlar va jarayonlarni
ko'p qirrali va xilma -xillikda aks ettirishi kerak;
amaliy yo'nalganlik prinsipi - tadqiqot natijalari amaliyotni, uni rivojlantirishning bir nechta yo'llari mavjud bo'lganda, tushuntirish, prognoz qilish va takomillashtirishga yordam berishi kerak.
tizimlilik prinsipi - tadqiqot natijalari ilmiy bilimlar tizimiga kiritiladi, mavjud ma'lumotlarni yangi axborotlar bilan to'ldiradi;
yaxlitlik prinsipi - obyektning tarkibiy qismlari ularning o'zaro aloqadorligi va o'zaro bog'liqligining ko'p o'lchovli tasviri dinamikasida o'rganiladi;
dinamizm prinsipi - o'rganilayotgan obyektlarning shakllanishi va rivojlanish qonuniyatlari, ularning ko'p jihatliligi va ko'p variantliligining obyektiv tabiati(xarakteri) ochib beriladi.
Gipoteza
Gipoteza - bu ma’lum bir oqibatni keltirib chiqaradigan sabab, o‘rganilayotgan obyektlarning tuzilishi va tarkibiy yelementlarning ichki va tashqi bog‘lanishlari xarakteri to‘g‘risida tekshirish va isbotlashni talab qiladigan taxmin (faraz).
Gipoteza – bu, shuningdek, ehtimoliy bilim, tushuntirish, tushunish - axborot yetarli bo‘lmaganida izohlash varianti.
Har qanday taxminni gipoteza deb bo‘lmaydi, balki ushbu taxminni ilgari surish uchun asos bo‘lgan bilimga tayanilgan taxminni aytish mumkin.
Gipoteza quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Ahamiyatlilik, ya’ni u tayangan dalillar bilan bog‘liqligi;
Tajriba yo‘li bilan tekshiriladigan, kuzatuv yoki eksperiment ma’lumotlari bilan taqqoslanadigan (tekshirilmaydigan gipotezalar bundan mustasno);
Mavjud ilmiy bilimlarga muvofiqlik;
Tushuntirish quvvatiga ega bo‘lish, ya’ni uning oqibatlarini tasdiqlovchi bir qator dalillar gipotezadan kelib chiqishi kerak. Ko‘pgina dalillar keltirib chiqaradigan gipoteza katta izohli kuchga ega bo‘ladi;
Soddalik, ya’ni unda asossiz taxminlar, subyektiv tabaqalanishlar bo‘lmasligi kerak.