Mavzu 11: Internet banking xizmatlari
Masofaviy bank xizmatlarining quyidagi turlari mavjud:
Bank-Mijoz – bu kompyuter orqali amalga oshiriladigan tizim bo’lib, bunda
mijozning kompyuteriga maxsus dastur o’rnatiladi. Ushbu dastur kompyuterda
barcha mijoz ma’lumotlarni saqlaydi (asosan to’lov hujjatlari va hisobvaraqlardan
ko’chirmalar). Bank va mijozning kompyuteri o’rtasida modem orqali to’g’ridanto’g’ri aloqa amalga oshiriladi.
Internet-banking – bu mijozlarning depozit hisobvaraqlarini, jumladan
plastik kartalarga ochilgan hisobqaraqlarini, internet orqali boshqarish huquqini
beruvchi tizimdir. Bu xizmat turi mijozning masofadan bank bilan bog’langan
holda real vaqt davomida to’lovlarni o’tkazish uchun mo’ljallangan tizimdir.
SMS-banking – bu bank mijozlarga ularning depozit hisobvaraqlaridagi
hamda plastik kartalarga ochilgan hisobqaraqlaridagi operatsiyalar haqida SMS
ko’rinishdagi ma’lumotlarni olish tizimidir. hisobvaraq balansi kun davomida
o’tkazilgan bank operatsiyalari haqida operativ ma’lumot olish.
Mobayl banking. Zamonaviy talablarga hozirda mavjud texnologiyalardan
qaysi biri javob berishi mumkin va mobil banking modellarining qaysi biri afzal,
degan savol tug’iladi. Ko’pchilik ekspertlar WAP-banking modelini mijozlar
uchun afzalligini e’tirof etishadi.
Mavzu 12: Amaliyot bo‘yicha hisobotni tayyorlash va rasmiylashtirish.
Biz 5230900 "Buxgalteriya hisobi va audit" ta`lim yo`nalishi talabalari III kurs davomida mutaxassisligimiz bo`yicha olgan nazariy bilimlarimizni mustahkamlash, chuqurlashtirish va amaliy tajriba va ko`nikmalarimizni shakllantirish maqsadida “Malakaviy” amaliyotini 6 hafta davomida o`tadik. Men Malakaviy amaliyotini Malakaviy amaliyoti dasturi bo`yicha olib bordim va amaliyot dasturi rejasida ko`rsatilgan vazifalarni o`z vaqtida amalga oshirdim.
Men Malakaviy amaliyoti davrida korxonadagi amaliyot rahbarim boshchiligida ATB “Agrobank” Kattako’rg’on filiali faoliyati bilan tanishdim. ATB “Agrobank” Kattako’rg’on filiali faoliyati bilan tanishish davomida uning asosiy ko`rsatkichlarini o`rgandim. Shuningdek, korxonaning huquqiy maqomi, ta`sis hujjatlari va tashkiliy tuzilishini o`rganib chiqdim va o`z amaliy ko`nikmalarimni hisobotimda yoritdim. ATB “Agrobank” Kattako’rg’on filialining umumiy strukturasi, boshqaruv organlari, bo`limlari va uning vazifalari hamda huquq va majburiyatlari haqida ma`lumotlar bilan tanishdim. ATB “Agrobank” Kattako’rg’on filialida amaliyot rahbarim yordamida jamiyat buxgalteriyasi, buxgalteriya apparati strukturasi hamda buxgalterning funksional vazifalarini o`rgandim.
Xulosa
Agrobank mamlakatimizning barcha hududlarida o'zining muassasalariga ega bo'lib, Qoraqalpog'iston Respublikasi va 12 ta vilojat boshqarmasi, 170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari , 289 ta xalqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko'rsatib kelmoqda.
ATB “Agrobank” Kattako’rg’on filiali o'z faoliyati davomida asosiy urg'uni iqtisodiyotning agrar sektorini moliyalashtirish, aholining bo'sh pul mablag'larini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmog'i, xizmat turlari hamda mijozlari sonini ko'paytirish, bankning belgilangan beznes-rejasi va byudjetining asosiy parametrlarini bajarishga qaratgan.
Dostları ilə paylaş: |