O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus taъlim vazirligi


Mavzu 8: Bank auditning maqsadi va vazifalari



Yüklə 196,4 Kb.
səhifə9/12
tarix21.04.2023
ölçüsü196,4 Kb.
#101311
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
аслиддин

Mavzu 8: Bank auditning maqsadi va vazifalari
Bank tizimidagi islohotlarning chuqurlashuvi moliyaviy re-surslarni oqilona
boshqarish usullari va vositalaridan kengroq foydalanish, tijorat banklari
faoliyatini muvofiqlashtirishda esa bevosita va bilvosita nazorat vositalarini keng
qo‘llashni taqozo etadi. Shu bois Markaziy bank tijorat banklari va ular-ning
filiallari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini vaqti-vaqti bi-lan muntazam nazorat qilib
turishga katta e’tibor qaratmoqda. Dunyo bankchilik tajribasining ko‘rsatishicha,
tijorat banklari barqarorligini saqlashda tashqi va ichki audit katta ahamiyat kasb
etadi. Markaziy bankning ichki va tashqi auditni kuchaytirishga nisbatan
qo‘yayotgan qat’iy talablari nazorat organlari va moliya-kredit muassasalarining
o‘z zimmalariga yuklanayotgan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarishiga sharoit
yaratmoqda.
Bank auditning asosiy maqsadi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy
axborot to‘g‘riligi va qonun hujjatlariga va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga
mosligini aniqlash maqsadida xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotini
hamda u bilan bog‘liq moliyaviy axborotni tekshirishdir.
Ichki va tashqi auditdan kutilgan asosiy maqsad ilgariroq ta’kidlaganidek,
ko‘p jihatdan o‘xshash bo‘lib, nazorat qilib bo-rishdan iborat. Biroq ular o‘rtasida
muayyan farqlar ham borki, bu auditorlar faoliyati xarakteriga bog‘liq. Tashqi
audit hisobot tizimini baholash bankning aktiv va passivlarini baholash va tekshirish, mavjud ichki nazorat tizimini testdan o‘tkazishdan iborat. Tashqi audit
tekshirilayotgan bankning taqdim etgan hisoboti va balanslari haqiqatga to‘g‘ri
keladimi yoki yo‘qmi, uning moliya-viy ahvoli va muayyan davrdagi faoliyati
natijalarini baholash-dan iborat. Chetdan taklif etilgan, mustaqil auditorlik firmalari tomonidan tayyorlangan xulosalar yuqori tashkilotlarga, aksiyadorlar,
kreditorlar va hokazolarga mo‘ljallanadi va undan ichki auditorlar ham
foydalanadi.
Ichki audit tashqi auditga nisbatan belgilanishi va tashkil etilishiga qarab,
boshqacha xarakterga, mazmunga ega bo‘ladi. Ichki audit bank doirasida mustaqil
bo‘linma sifatida bank faoliya-tining har kungi faoliyatini tekshiruvdan o‘tkazib
boradi. Umum tomonidan qabul qilingan qoidalarga ko‘ra, ichki audit bankning
o‘z majburiyatlarini samarali bajarishga xizmat qiladi, ya’ni birinchi navbatda
muammolarning endigina vujudga kelayotgan davrida aniqlashga yo‘naltirilgan
bo‘ladi. Ichki audit boshqaruv quroli, bank operatsiyalarini ichki kuchlar
yordamida juda yaqindan kuzatish imkoniyati bo‘lib, boshqaruv maqsadiga
erishish kafolatidir. Buning uchun ichki audit xizmati boshqaruvni bajarilgan
analiz natijalari haqidagi axborot bilan ta’minlab, bo‘linmalar faoliyatini, har xil
yo‘riqlarni tahlil etib, ularga yuzaga chiqayotgan muammolarni bartaraf qilish
bo‘yicha tavsiyalar berib boradi. Ichki audit xizmati xodimlari tashqi auditorlar
bilan hamkorlikda ish olib boradi.
Ichki audit natijalaridan bank rahbarlari tomonidan amal-dagi qonunlar
doirasida mavjud resurslarni hisobga olgan holda joriy ishlarni boshqarishda
foydalaniladi. Shu tariqa ichki audit tashkilotning o‘z maqsadiga erishishi uchun
xizmat qiladi. Bank faoliyatining ichki audit vazifalari yuqorida sanalganlar-dan
farq qilmaydi, ammo bank faoliyatining xususiyatlari, bank mahsulotlari,
buxgalteriya hisobi, ishni tashkil etish jarayoni, risk omillarining ko‘pligi bilan
o‘zgacha xususiyatga egadir.
Ichki audit jarayonida topshiriqlarning bajarilishi turli-tuman bo‘lib, uning
maqsadi va tashkilot faoliyati xarakteriga bog‘liqdir. Qo‘yilgan vazifalarni har xil
mezonlarga suyangan hol-da turli yo‘llar, har xil teranlik va detallar bilan echish
mumkin. Bunda standartlar katta o‘rin tutadi.
Moliyaviy hisobotlarni audit qilishdan maqsad operatsiyalar buxgalteriya
hisobi talablariga rioya etilgan holda bajarilgan yoki bajarilmagani xususida
auditor fikrini olishdan iborat. O‘zbekiston, umuman ko‘pgina rivojlangan va
rivojlanayotgan mam-lakatlar tijorat banklarining moliyaviy hisobotlari haqqoniyligini tasdiqlovchi hujjat bu moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlaridir.
Audit xizmatlari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qo-nunlari, Markaziy
bankning me’yoriy hujjatlari, bankning ichki me’yoriy hujjatlari hamda o‘z
nizomlari asosida olib boradi.

Yüklə 196,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin