O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus taъlim vazirligi


Mavzu 3: Asosiy vositalar



Yüklə 196,4 Kb.
səhifə4/12
tarix21.04.2023
ölçüsü196,4 Kb.
#101311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
аслиддин

Mavzu 3: Asosiy vositalar
Asosiy vositalar, bino (inshootlar)ni qurilishi (rekonstruktsiyasi) bilan bog'liq bo'lgan loyiha-qidiruv ishlari, qurilish materiallari, mehnat, xarajatlar hamda asosiy vositalar sotib olish bilan bog'liq bo'lgan boshqa kapitallashtiriladigan xarajatlar qiymatini to'liq yoki qisman oldindan to'lash quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi:

1) Dt 19909 - "Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to'langan mablag'lar";

Kt Bankning vakillik hisobvarag'i yoki mijoz (mol yetkazib beruvchi)ning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag'i, agarda unga ushbu bank tomonidan xizmat ko'rsatilsa;

2) sotib olingan bino (inshoot) balansda quyidagi buxgalteriya o'tkazmasi bilan aks ettiriladi:

Dt 16509 - "Bankning imoratlari - Binolar va boshqa qurilgan imoratlar";

Kt 19909 - "Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to'langan mablag'lar";

3) sotib olingan boshqa asosiy vositalar qiymatini balansda aks ettirilishi
Dt 16558 - Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag'i;

Kt 19909 - "Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to'langan mablag'lar";

4) asosiy vositalarni omborga kirim qilish quyidagi o'tkazma bilan rasmiylashtiriladi:

Dt 16561 - "Ombordagi asosiy vositalar";

Kt 19909 - "Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to'langan mablag'lar";

Asosiy vositalar tekinga olinganda quyidagi o'tkazma beriladi:


Dt 16558-Tegishli asosiy vositalar hisobvarag'i, yoki
16561-«Ombordagi asosiy vositalar» (agar omborga kirim qilinsa);
Kt 45994 –«Boshqa foizsiz daromadlar».
Bunda, paydo bo'ladigan tegishli xarajatlar joriy xarajatlarga olib boriladi.

Ta'sischilar tomonidan nomoddiy aktivlar bankka bepul berilganda quyidagi buxgalteriya o'tkazmasi amalga oshiriladi


Dt 16601
Kt 30905

Subsidiya ko'rinishida olingan asosiy vositalarga quyidagi o'tkazma beriladi?


Dt 16558-Tegishli asosiy vositalar hisobvarag'i
Kt 22896 –«Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar».
Bank bergan kreditlari bo'yicha garovga qo'yilgan asosiy vositalarni o'zining xususiy mulki sifatida o'tkazilganda quyidagi o'tkazma beriladi
Dt 16558 -Tegishli asosiy vositalar hisobvarag'i
Dt 16799 –«Bankning boshqa xususiy mulklari bo'yicha ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)»
Kt 16701 –«Kredit va lizing bo'yicha garov hisobidan undirilgan mulklar».

Bankning bergan kreditlari garovga qo'yilgan asosiy vosita hisobidan qoplanganda quyidagi o'tkazma beriladi


Dt 16701–«Kredit va lizing bo'yicha garov hisobidan undirilgan mulklar»
Kt -Tegishli kredit hisobvarag'i

Inventarizatsiya paytida aniqlangan ortiqcha va kamomad asosiy vositalarga quyidagi o'tkazma beriladi


Ortiqcha: Dt 16530- Tegishli asosiy vositalar hisobvarag'i yoki
Dt 16561–«Ombordagi asosiy vositalar»
Kt 45994- «Boshqa foizsiz daromadlar»
Kamomad: Dt 55995-«Boshqa foizsiz xarajatlar»
Dt 16548 –Tegishli asosiy vositalarning yig'ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)
Kt 16560- Tegishli asosiy vositalar hisobvarag'i yoki
16561–«Ombordagi asosiy vositalar»

Asosiy vositalar bosh bankdan filialga berilganda quyidagi buxgalteriya o'tkazmalari bajariladi:


1) bosh bankda:

a) Dt 16104 - "Bosh bank/filiallardan olinadigan mablag'lar - Tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar" - "qayta baholash natijasi" ayirilgan holda qoldiq qiymati


Dt 30908 - "Boshlang'ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi" - qayta baholash natijasi;
Dt 165201 - Jamlangan eskirish - Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag'i;
Kt 165405 - Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag'i - yalpi balans qiymati;

2) filialda (asosiy vositalar olinganda):

a) Dt 16530 - Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag'i - yalpi balans qiymati;
Kt 16554 - Jamlangan eskirish - Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag'i;
Dt 30908 - "Boshlang'ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi" - qayta baholash natijasi
Kt 22205 - "Bosh bank/filiallarga to'lanadigan mablag'lar - Tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar" - "qayta baholash natijasi" ayirilgan holda qoldiq qiymati;
3. Bankda bank plastik kartalardan foydalanish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2004 yil 24 sentyabrdagi 445-sonli qarori asosida tartibgi solinadi.


Yüklə 196,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin