O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus taъlim vazirligi



Yüklə 196,4 Kb.
səhifə3/12
tarix21.04.2023
ölçüsü196,4 Kb.
#101311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
аслиддин

Mavzu 2 : «Bek ofis», «Front ofis»
ATB Agrobanki Kattaqo’rg’on filialida aholiga bank xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish va mijozlarga qulayliklar yaratish maqsadida mavjud binolar zamonaviy ko‘rinishda ta’mirlash bilan birga mijozlarga qulay sharoitlar yaratish, xizmat ko‘rsatish tizimini xalqaro standartlar asosida tashkil etish, kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlar ko‘rib borilmoqda.
Bank binosiga kiraverishdagi militsiya posti o‘rniga, mijozlarga maslahat beruvchi «Resepshn» xizmati tashkil etilgan. Bu yerda bank mutaxassisi mijozlarga maslahatlar beradi, savollarga javob qaytaradi. Shuningdek, mijozlarga tez va qulay xizmat ko‘rsatish uchun xalqaro standartlaridan kelib chiqib, «Front ofis» va «Bek ofis»lardan iborat bank xizmatlari markazi tashkil etilgan. Bir so‘z bilan aytganda, ortiqcha ovoragarchiliklarga, keti uzilmaydigan navbatlarga va tushunmovchiliklarga chek qo‘yiladi.
— Prezidentimiz tomonidan imzolangan «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muofiq bank xizmatlari markazi tashkil etilgandan so‘ng, bir necha muammolarga ijobiy yechim topildi, — Ya’ni avvallari bankka kelgan mijozlarga bank xizmatlari ko‘rsatish alohida xonalarda tashkil etilganligi uchun mijozlar ko‘p vaqt navbat kutib qolshishlariga, turli bo‘limlarda ortiqcha vaqt sarflanishiga to‘g‘ri kelgan. Bugungi kunda yangi tashkil etilgan «Front ofis»da aholi va tadbirkorlar uchun barcha bank xizmatlarini 1 ta joyda ko‘rsatilishi erishildi. Buning natijasida xizmat ko‘rsatish sifati oshdi, mijozning sarflaydigan vaqti kamaydi va o‘z navbatida ish unumdorligi deyarli 2 barobarga oshdi.
Mazkur bank tomonidan mijozlarga onlayn bank xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari ham yaratilgan. Ya’ni, mijoz o‘z hisobvarag‘idagi mablag‘lari bo‘yicha operatsiyalarni bankka bormasdan istagan vaqtda internet orqali bajarishi, ularning holati, mablag‘ning kelib tushishi, to‘lovlarning aks etishiga doir ma’lumotlarni olishi mumkin.
Bundan tashqari, bank tomonidan zamonaviy axborot texnologiyalarni qo‘llab-quvatlash maqsadida jismoniy shaxslar uchun «Agrobank Mobile» mobil ilovasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu bilan o‘zlarini xalqaro kartalarini to‘lov kartalari orqali istalgan joyda onlayn tarzda konvertatsiya qilishlari mumkin. Shu bilan birga, mijoz ushbu ilova yordamida o‘z kredit to‘lovlarini so‘ndirishi, omonatlariga hisoblangan foizlarni kuzatib borishi imkoniyatlari ham mavjud.


Yüklə 196,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin