8
I BOB. YOSHLARGA OID MAVZULARNING MATBUOTDA
YORITILISHI
1.1. Yoshlarni
huquqiy
savodxonligini
oshirishda,
matbuotda
yoritilayotgan mavzularning zaruriyati
“Bugun biz demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish,
aholining siyosiy
faoliyatini oshirish, fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotdagi amaliy
ishtiroki haqida so’z yuritar ekanmiz, - deb ta’kidlaydi I.Karimov,
- albatta axborot
erkinligini ta`minlamasdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar o’z fikr va
g’oyalarini, sodir bo’layotgan voqealarga o’z munosabati va pozitsiyasini erkin ifoda
etadigan
minbarga aylantirmasdan turib, bu maqsadlarga erishib bo’lmasligini
o’zimiz yaxshi tasavvur etamiz”.
4
“Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi”da qayd
etilganidek, huquqiy bilimlarni OAV orqali targ’ib qilish tizimini takomillashtirish
muhim ahamiyatga ega. OAV huquqiy mavzulariga e`tiborni
kuchaytirish, aholi
o’rtasida ko’proq ko’tarilayotgan huquqiy masalalarni
davriy nashrlar sahifalarida,
televideniye va radio eshittirishlarida tushuntirib berish borasidagi hissasini keskin
oshirish zarur vazifadir”
Dostları ilə paylaş: