O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


II BOB. MATBUOTDA YOSHLARNING MA`NAVIY IMMUNITETINI



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix26.04.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#103038
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
II BOB. MATBUOTDA YOSHLARNING MA`NAVIY IMMUNITETINI 
MUSTAHKAMLASH VA SPORT MAVZULARINI YORITILISHIDA 
MAHORAT MASALALARI 
2.1. Yoshlarning ma’naviy immunitetini mustahkamlashda matbuotni o’rni va 
ahamiyati 
“Ma`naviy, ruhiy dunyoda hech qachon bo’shliq bo’lmaydi. Jamiyat hayotida 
sog’lom g’oya ustuvor bo’lmas ekan, albatta, yot, zararli ta’sirlar suqilib kirishga 
harakat qiladi. Bu qonuniyat”.
15
Islom Karimov 
Har bir ommaviy axborot vositalarining birinchi galdagi vazifasi, maqsadi xolis 
va tezkor axborotni xalqqa yetkazish. Shu bilan birga o’quvchilar savodxonligini 
oshirish ma`naviy immunitetini mustahkamlashdek muhim vazifasi bor. Yurtimiz 
istoqlolining 
ilk 
kunlaridan 
boshlab 
prezidentimiz 
rahnamoligida 
milliy 
ma`naviyatimizni tiklash, uni zamon talablari asosida rivojlantirish bo’yicha ulkan 
islohotlar amalga oshirilmoqda. Bugungi murakkab globallashuv davrida ma`naviyat 
sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma`naviyatini asrash va 
yuksaltirish, ayniqsa yosh avlodning qalbi va ongini himoya qilish masalalariga 
alohida e`tibor qaratilyotganini barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar 
misolida ko’rishimiz mumkin.
“Ma`naviyat”, “ma`naviy immunitet” tushunchalariga qisqacha to’xtaladigan 
bo’lsak, yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda “ma`naviyat” tushunchasining mazmuni 
faqat “mani”, “ma`no” degan so’zlar doirasida chegaralanib qolmaydi. Insonni ongi 
va ruhiyati bilan chambarchas bog’langan bu tushuncha har qaysi odam, jamiyat, xalq 
hayotida hech narsa bilan o’lchanmas beqiyos o’rin tutadi. “Ma`naviyat – insonni 
ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini 
baquvvat, iymon- e`tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch
uning barcha qarashlarining mezonidir”
16

15
Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch. T: “Ma`naviyat”. 2008-y.-B.- 19. 
16
O`sha manba.


35 
Immunitet bir so’z bilan aytganda tashqi ta`sirlardan himoyalanish demakdir 
Ma`naviy immunitet tushunchasiga ham yurtboshimiz I.A.Karimovning quyidagi 
izoh beradi: “Ma`lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun unga qarshi 
immunitet hosil qilinadi. Biz farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy 
tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, 
ta`bir joiz bo’lsa, avvalo ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni 
kuchaytirishimiz zarur. Toki yoshlarimiz milliy o’zligini, shu bilan birga, dunyoni 
chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo’lib 
yetishsin. Ana shunda johil aqidaparastlarning “davati” ham, axloq-odob 
tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g’oyalar ham ularga o’z 
ta`sirini o’tkaza olmaydi”
17
degan fikrlaridan ma`naviy immunitetni naqadar kerakli 
va zarurligini anglash qiyin emas. Ushbu tarmoqni rivojlantirish xalq ma`naviyatini 
yuksaltirish va mustahkamlash yo’lida barcha sohalarda dastur bo’la oladigan 
Prezidentimiz Islom Karimovning 2008 yilda nashr qilingan “Yuksak ma’naviyat - 
yengilmas kuch” asari beqiyos manba hisoblanadi. 
Amalga oshirilayotgan islohotlarni xalqqa yetkazishda ommaviy axborot 
vositalari jumladan, matbuotdan o’ziga xos yondashuv talab etiladi. Bu borada 
Prezidentimiz ta’kidlaganidek,- “Ma`naviyat haqida har qancha da’vatlar , muhim 
nazariy fikrlar bildirilmasin, agar ularni jamiyat ongiga singdirish uchun doimiy ish 
olib bormasak, bu boradagi faoliyatimizni har tomonlama puxta o’ylangan tizimli 
ravishda tashkil etmasak, tabiiyki, biz ko’zlangan maqsadga erisholmaymiz, ya`ni 
inson qalbiga yo’l topolmaymiz… matbuot , televideniye internet boshqa ommaviy 
axborot sohalari, bir so’z bilan aytganda, insonning qalbi va tafakkuriga bevosita 
ta`sir o’tkazadigan barcha sohalardagi faoliyatimizni xalqning ma`naviy ehtiyojlari, 
zamon talablari asosida yanada kuchaytirishimiz, yangi bosqichga ko’tarishimiz 
zarur”
18
.Yuqoridagi talab va takliflarga javobni “Ma`rifat” va “Turkiston” 
gazetalarida yoritilgan mavzular misolida ko’rib chiqamiz. 
17
Karimov I.A.Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch.T:. “Ma`naviyat”, 2008.-B.119-120.
18
O’sha manba.-B.-129. 


36 
Ma`rifat gazetasi 2014-yil 2-iyul sonida nashr qilingan professor 
Muhammadjon Qurbonovning “Bolam baxtli bo’lsin desangiz” sarlavhali maqolasida 
“Bugun mamalakatimizning 1400 ga yaqin ommaviy axborot vositalarida xizmat 
qilayotgan jurnalistlarning grajdanlik pozitsiyasiga ko’p narsa bog’liq. Milliy axborot 
maydonida sog’lom raqobat muhitini yaratish, fikrlar xilma-xilligiga erishish 
matbuotda barcha ijtimoiy qatlamlarning qarashlarini ifoda etish, fuqarolik jamiyatini 
rivojlantirish kabi maqsadlarga jonkuyar va fidoyi jurnalistlarmizning mashaqqati 
mehnati bilan erishiladi”
19
.Shu bilan birga bugungi zamon davr tahdidlari ularga 
qarshi munosib kurashish nafaqat jurnalistlar, balki barchamizning muhim vazifamiz 
ekanligi haqida salmoqli fikrlar keltirilishi barchani ogohlikka chorlaydi. Maqolada 
bugungi zamon muammolari quyidagicha tasniflab berilgan. 
 
Turli g’oya va manfaatlar kurashi tobora kuchayib, yolg’onni rost, rostni 
yolg’on deb ko’rsatishga urinishlar bo’layotir; 
 
Axborot – kommunikatsiya vositalarini o’zining uzoqni ko’zlaydigan 
manfaaatlariga xizmat qildirishga majbur etish holatlari kuzatilmoqda; 
 
g’arazli maqsadlar yo’lida odamlar, millatlar bir-biriga qarshi 
qo’yilmoqda; 
 
odamlarni hayotdan norozi bo’lishga da`vat qilish uchun turli soxta 
ma`lumatlar tarqatilayotir; 
 
o’zgalarni pisand etmay, kuchi yetadigan davlatlarga po’pisa va 
zo’ravonlik qilish, hech kim bilan hisoblashmasdan, kuch ishlatish hollari ro’y 
berayotir; 
 
yon-atrofimizda o’zini oqlamagan va umrini o’tab bo’lgan eski tizim va 
ma`fkuralarni qo’msashga bo’lgan urinishlar tobora tarqalib va kuchayib bormoqda; 
Yuzaga kelgan bunday tahdidlarga munosib qarshi tura olish uchun amalga 
oshirilishi kerak bo’lgan eng muhim vazifalar ham belgilab berilgan. 
Shunday vaziyatda har bir kishi oqni qoradan, haqiqatni uydirmadan ajrata 
olishi zarur, buning uchun esa o’zining mustaqil dunyoqarashi va fikriga ega bo’lishi 
19
Ma`rifat gazetasi 2014- yil 2- iyul 53 soni.


37 
kerak. Yot kuchlarning qarmog’iga tushib qolmaslik uchun xalqimiz, ayniqsa, 
yoshlarimizning ko’zini keng ochish, ularni irodasi mustahkam, iymoni baquvvat 
inson etib tarbiyalash zarur, bunda esa har bir murabbiy, targ’ibotchi, noshir, 
jurnalist, ota-onaning bilim va tajribasi, professional mahorati, grajdanlik pozitsiyasi 
tayanch bo’lmog’i kerak. 
Yuqorida berilgan aniq takliflar atrofimizda sodir bo’layotgan voqea 
hodisalarni teranroq anglashimizga yordam beradi. “Bugungi kunda, insoniyat 
qo’lida mavjud bo’lgan qurol-yaroqlar yer kurrasini bir necha bor yakson qilishga 
yetadi. Buni hammamiz yaxshi anglaymiz. Lekin, hozirgi zamondagi eng katta xavf 
insonlarning qalbini, ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy 
kurashdir. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo’layotgan 
kurashlar ko’p narsani hal qiladi. Kurashning bu turida eng samarali qurol – axborot. 
Shu bois axborotni o’z maqsadlariga xizmat qildirishga intilish keskin tus olmoqda. 
Axborot uni uzatish, qayta ishlash va yig’ish bosqichlari o’ziga xos xususiyatga ega 
ekanligi bilan ham ahamiyatlidir. Ya’ni insonning oddiy, kundalik ehtiyojlarini 
qondirishga qaratilgan xatti-harakatlarning asosini ham, dunyo davlatlarining 
insoniyat taqdiriga daxldor bo’lgan qarorlarning manbaini ham axborot tashkil etadi. 
Bu esa o’z navbatida g’oyaviy ta`sir o’tkazish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. 
Hozirgi kunda turli usullarda olib borilayotgan mafkuraviy targ’ibot va 
tashviqotlarning asl maqsadi – inson qalbi va ongi uchun kurashga qaratilgan. Bu 
kurash o’z natijasiga ko’ra uchta asosiy bosqichdan iborat. Birinchisi – muayyan 
axborot inson tomonidan qilinmaydi. Ikkinchisi – axborot inson ongida ma`lumot 
sifatida saqlanib qolishi va u bundan boshqa bir masala yuzasidan qarorlar qabul 
qilishda solishtiruvchi manba sifatida foydalanish mumkin. Uchinchisi – axborot fikr 
yoki g’oya sifatida inson qalbini egallashi, ma`naviy ruhiy xolatining uzviy qismiga 
aylanishi hamda bu uning amaliy faoliyati asosini tashkil qiluvchi omil bo’lib qolishi 
mumkin. 
Hozirgi davrda jamiyatlar rivojlanishini globallashuv jarayonlarining odamlar 
mentaliteti, ma`naviy dunyosi, ijtimoiy xatti-harakatlariga ta`sirisiz tasavvur etib 


38 
bo’lmaydi. Insoniyatning keying taraqqiyot yo’llari globallashuv sharoitida shaxsning 
ijtimoiy ongi, yo’naltiruvchi maqsadlari, qadriyatlari, hayotiy tushunchalar, 
dunyoqarashi va oxir-oqibat uning jamiyat bilan munosabatlarda qanday o’zgarishlar 
sodir bo’layotganligiga bog’liq. Shuning uchun ijtimoiy va gumanitar fanlarda 
globallashuvning jamiyat hayotini iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy sohalariga 
ta`siri masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda. Globallashuvning inson va 
potindustirial jamiyatlar hayotidagi o’rni hamda roli haqidagi alohida qarashlar 
shakllanmoqda. Biroq, bu jarayonlarning inson tafakkuri va ma`naviy dunyosida 
sodir bo’layotgan o’zgarishlarni tad qiq etish zaruriyati quyidagi holatlar bilan 
belgilanadi: 
 
globallashuv shaxsni shakllantiruvchi jamiyatning madaniy – ma`naviy 
sohalariga ta`sir o’tkazib, muayyan o’zgarishlarga olib keladi, an`naviy qadriyatlar 
tizimini izdan chiqaradi; 
 
globallashuv ta`sirida ro’y bergan o’zgarishlar insonning ma`naviy 
axloqiy, psixologik qiyofasiga jiddiy ta`sir o’tkazadi va demak, hozirgi zamon 
jamiyatining qiyofasini muayyan tarzda o’zgartiradi; 
 
hozirgi zamon globallashuv konsepsiyalarida mualliflarning diqqat 
e`tibori asosan inson faoliyatining turli sohalarida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va 
madaniy sohalariga qaratilgan. Ijtimoiy munosabatlardagi o’zgarishlar inson
dunyoqarashidagi o’zgarishlar natijasi ekanligi qayd etiladi. Bu hol atrof dunyo 
haqidagi tasavvurlar hamda global doirada insonlararo munosabat va o’zaro 
aloqalarni baholash mezonlari tizimini yanada chuqurroq o’rganishi taqozo etadi. 
Mavzuga psixologik nuqtai nazardan yondashadigan bo’lsak 2013-yil 24- 
iyulda “Ma`rifat” gazetasida chop etilgan psixolofgiya fanlari nomzodi Umarali 
Qodirovning “Destruktivlik tushunchasi”ning ta`rif, talqin va tahlilini o’qishimiz 
mumkin. “Deskruktiv faoliyat” (ingilizcha “destructive”- “yemiruvchi”, “Vayron 
qiladigsan”, “halokatli”). Aksariyat adabiyotlarda destruksiya “biror narsaning 
tuzilmasini vayron qilish” sifatida sharhlanadi.
20
20
O’sha manba.6-bet.


39 
Maxsus adabiyotlar, manbalarda qayd etilishicha, ushbu tushuncha zamirida 
odamning tashqi olamga nisbatan yo’naltiirilgan maxsus faolligi shakli tushiniladi. 
Bu faollikning mohiyati esa turli ob`ekt yoki tizimlarni vayron qilish yohud buzishga 
intilishida namoyon bo’ladi. Destruktiv faoliyat boshqa insonlar, jamiyat, davlat 
tabiiy muhit, madaniy-tarixiy yodgorliklar, turli buyumlar, shuningdek, shaxsning 
o’z-o’zini halok etishiga ham qaratilishi mumkin. “Hozirgi vaqtda yoshlarni 
destruktiv ta’sirlardan himoyalash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu 
o’rinda katta yoshli avlod vakillarining yoshlarga xos mustaqillikka intilish, hech 
bo’lmaganda tashqi ko’rinishi ( kiyinishi, soch turmaklari, yurish – turishi va hokazo) 
bilan ajralib turishga zamonaviy ko’rinishga harakat qilish kabi xatti-harakatlarini 
inobatga olmasliklari yoki butunlay qoralashlari noo’rin”
21
. Yoshlar tarbiyasida 
kichik ko’ringan hatolar ham kelajakda o’z bo’yini ko’rsatishi mumkin. Yoshlarning 
ma`naviyati but bo’lishida oilaning yaqin insonlarni ahamiyati beqiyosligi 
barchamizga ma’lum”. Matbuotda yoritilgan yuqoridagi kabi materiallar nafaqat 
yoshlarni ma`naviy dunyosini boyitib qolmay ota-onalar, murabbiylar uchun ham 
tarbiya jarayonida ilmiy asos bo’lib xizmat qiladi. 
Umarli Qodirovning yana bir maqolasida “Axboriy-psixologik xavfsizlik” 
mavzuyida so’z yuritiladi. Psixologlar tomonidan hozirgi kunda “axboriy-
qo’poruvchi omil” degan tushuncha iste`molga kiritilgan “Internetda tarqatilayotgan 
qo’poruvchilik ruhidagi axborotlar orqali ba`zan harbiy harakatlar evaziga amalga 
oshirib bo’lmaydigan maqsadlarga ham erishish mumkin”
22
. Bu axborotni shaxsga 
ta`sir qiluvchi jihatlari quyidagicha izohlanadi: 
Kishilarning axloqiy – psixologik holatini, dunyoqarashi, siyosiy nuqtai nazari 
va e`tiqodini maqsadli ravishda o’zgartirishga nisbatan qaratilgan axboriy bosim, 
huruj, notiqlik, ataylab buzilgan, noto’g’ri ma’lumat va axborotlarning tarqatilishi, 
to’g’ri ma`lumotning kishilar tomonidan noto’ri idrok etilishini ta`minlashga intilish. 
Tashqi muhit va shaxsning ichki dunyosi bir-biri bilan chambarchas bog’liq. 
O’zini o’zi anglash jarayonida psixologik yo’naltirilishga muhtoj kishi uchun uni 
21
Ma`rifat gazetasi 2013- yil 24-iyul, 59-son.
22
Marifat gazetasi 2014- yil 21- iyun, 50-son.


40 
yonida taniydigan, uni maslahat beradigan, uni uchun to’g’ri qaror qabul qila 
oladigan insoning bo’lishi muhimdir. Bu jarayonda kishi ta’lim olish, dunyoqarashini 
kengaytirish, turli ma`lumot va materiallarni qabul qilish, yangi hayotiy tajribani 
o’zlashtirish qobilyatini namoyon qiladi. Inson o’zgaradi, transformasiyalashadi va 
bu jarayonni uni o’zi ongli ravishda his etishi, nazorat qilib borishi zarur. Alisher 
Navoiy bobomiz ta’biri bilan aytganda “manqurtlar” paydo bo’lmasligi uchun ayni 
holat, ya`ni shaxsga boshqalarning salbiy ta`sir o’tkazishiga yo’l qo’ymaslik 
maqsadida axborot iste’mol madaniyati, mafkuraviy immunitetni tarkib toptirish va 
rivojlantirish masalasi hanuz dolzarbligicha qolmoqda. 
Globalizatsiya jarayoning eng katta xavfli tomonlaridan biri yana shuki, u 
birinchi bo’lib yangi o’sib kelayotgan yosh avlodni o’zining qurboniga aylantiradi. 
Ongi qalbi pokiza tuyg’ular bilan to’lgan, hali dunyoni to’la anlab yetmagan yosh 
avlod bunday holatlarga aldanib qolishi hech gap emas. Biz bu jarayonlarni 
rivojlangan bir qancha davlatlar misolida ko’rib turibmiz. Ammo afsuski, bizning 
yoshlarimizga globalizatsiya hech qanday ta`sirini ko’rsatmayapti, deb ayta 
olmaymiz. Shunday tahlikali va qaltis vaziyatda yoshlarni bir mezonda ushlab turish 
ularni “Ommaviy madaniyat” va boshqa yot g’oyalar tasiridan to’liq himoya qilish 
mushkul masala. Bunda davlat barcha tashabusni o’z qo’liga olib ommaviy axborot 
vositalari bilan hamkorlikda ish olib borishi maqsadga muvofiqdir. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin