5
. Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish va ular bo‘yicha
faoliyat yuritish har bir shaxs uchun jinsi, yoshi, millati, ijtimoiy kelib chiqishi va
yana boshqa senzlardan qat'iy nazar majburiydir. Shuning uchun ham
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha ijobiy o‘zgarishlar zamirida har
tomonlama barkamol – jismonan sog‘lom, aqlan yetuk, nafaqat ko‘plab bilimlarni,
hozirgi davrda talab katta bo‘lgan kasb-hunarlarni egallagan, ayni paytda, mustaqil va
ijodiy fikrlashga qodir, intellektual salohiyati yuksak yosh avlod to‘g‘risida
g‘amxo‘rlik qilishdek ustuvor maqsad mujassam ekani tabiiydir.
Konstitutsiyamizda aynan yoshlarning huquq va erkinliklari tegishli
konstitutsiyaviy normalar asosida o‘z ifodasini topgan. Zotan, konstitutsiyaning
4
Karimov I.A Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
konsepsiyasi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma`ruza)
// Xalq so’zi, 2010 yil, 13 noyabr.
5
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi// O’zR Oliy Majlisi Axborotnomasi.-Toshkent,
1997,9(1257)- son.-B.-30.
9
muqaddimasidayoq hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas'ullikni nazarda
tutuvchi norma belgilab qo‘yilgan. Sababi davlatimiz huquqiy demokratik davlat va
fuqarolik jamiyatini qurishda yoshlarimizning ertangi kun uchun munosib vorislik
masalasiga e'tibor qaratmoqda.
Davlat va uning sub`ektlari zimmasidagi yoshlar siyosati bo’yicha vakolatlarga
quydagilar kiradi:
Yoshlar faoliyatiga oid umumiy ijtimoiy-iqtisodiy tashkiliy holatni aniqlash;
Mavjud vakolatlar doirasida davlat yoshlar siyosati sohasiga huquqiy
regulyatsiya munosabatlari;
Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy, demografik, madaniy, etnik va boshqa
xususiyatlari va jihatlarini hisobga olgan holda hududiy yoshlar siyosatini dasturlarini
ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
Davlat yoshlar siyosatining viloyatlar doirasidagi boshqaruv organlarini
shakllantirish, yoshlar siyosatini amalga oshiruvchi ijro hokimiyati organlari tizimini
aniqlash;
Hudud miqyosida faoliyat ko’rsatuvchi bolalar va yoshlar tashkilotlarining
restrini amalga oshirish;
davlat yoshlar siyosati me`yorlar asosida belgilangan tartibda uni amalga
oshirishda mamlakat miqyosida byudjet moliyaviy sarf-harajatlarni shakllantirish;
davlat yoshlar siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi barcha muassasalar
va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish.
Davlat siyosatini amalga oshirishda mahalliy o’zini o’zib
boshqarish
organlari doirasidagi vakolatlar quyidagilardan iborat:
mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari miqyosida davlat yoshlar siyosatini
amalga oshirishni rejalashtirish, tashkil qilish va boshqarish;
o’z vakolatlari doirasida davlat yoshlar siyosatini amalga oshirish yuzasidan
me`yoriy hujjatlar tayyorlash;
hududiy mahalliy jamiyatlar miqyosida davlat yoshlar siyosatini amalga
oshirish dasturlarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy qilish;
10
davlat yoshlar siyosatini amalga oshirishda mahalliy buyudjet va fondler sarf-
harajatlarni tashkil qilish;
davlat yoshlar siyosatini amalga oshiruvchi barcha tashkilotlar va muassasalar
faoliyatini muvofiqlashtirish.
Shu bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining shu va shu
kabi normalari Konstitutsiya normalari asosida qabul qilingan qator qonun
hujjatlarida, ularning muayyan tarkibiy qismlarida o‘zining to‘la ifodasini topgan.
Mazkur davrda “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining
asoslari to‘g‘risida”gi (1991-yil 20-noyabr), “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi
(1992), “Ta'lim to‘g‘risida”gi (1992-yil, 1997-yil 29-avgust yangi tahrirda) qonunlar,
qator kodekslar, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi (1997 yil 29 avgust), Jamiyatda
huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi (1997) qabul qilindi. 1992 yilda
esa, Bola huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiyaga qo‘shildi. Shuningdek
mazkur yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika yosh
ijodkorlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
(1992), “O‘zbekiston Respublikasining yosh mualliflariga eng yaxshi asarlari va
ilmiy
ishlari
uchun
Davlat
mukofotini
topshirish
to‘g‘risida ” (1993-
yil), “O‘zbekiston
Respublikasi
yoshlarining
“Kamolot”
jamg‘armasi
to‘g‘risida” (1996-yil), “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati
darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish,
jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida” (1997), “Respublika
Ma'naviyat va ma'rifat kengashini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi (1999) farmonlari
e'lon qilindi. Mazkur bosqichda qabul qilingan qonun hujjatlari O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi bilan birgalikda yoshlarni yagona mafkura asosida
tarbiyalashga xizmat qiluvchi eski ma'muriy-buyruqbozlik tizimi va uning huquqiy
asoslarini tugatib, ularni tarbiyalash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya
qilishning demokratik asoslarini belgilab berdi. Shuningdek voyaga yetmaganlar
o‘rtasida tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, buning uchun mas'ul davlat idoralari,
jamoat tashkilotlari hamda voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar
11
faoliyatini takomillashtirishga, jamiyatimizning ijtimoiy-ma'naviy va iqtisodiy
yangilanish jarayonida yoshlarning o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish, birinchi
navbatda, qishloq joylardagi yigit-qizlarni ish bilan ta'minlash, jismoniy tarbiya va
sport bilan shug‘ullanishi uchun imkoniyat yaratishga alohida e'tibor qaratildi. Ushbu
davrda “Bola huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiyaga doir bolalar savdosi,
bolalar fohishabozligi va bolalar pornografiyasiga taalluqli Fakultativ protokol”ga
qo`shilish
haqida
va “Voyaga
yetmaganlar
o‘rtasida
nazoratsizlik
va
huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi (2010-yil), “Alkogol va tamaki
mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste'mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi (2011)
qonunlar qabul qilindi. Shuningdek, 2008-yil 8-aprelda “Ishga qabul qilish uchun eng
kichik yosh to‘g‘risida”gi hamda “Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va
yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risida ”gi Konvensiyalar ratifikatsiya
qilindi. 2001-yil 4-yanvardagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganishni tashkil etish to`g`risida”gi Farmoyishi
ham jamiyatda, ayniqsa yoshlar orasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish uchun
dasturulamal bo`lib xizmat qildi. Bir so’z bilan aytganda, yoshlarga oid davlat
siyosatining huquqiy asoslarini tashkil etuvchi qonun hujjatlarining doirasi juda ham
keng. Bu borada “Yoshlar yili” Davlat dasturi doirasida amaldagi qonun hujjatlarini
takomillashtirish yuzasidan tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan mustaqillik
yillarida qabul qilingan amaldagi qonun hujjatlari atroflicha tahlil qilinib, yoshlar
huquqlari, manfaatlari va erkinliklari belgilangan qonun hujjatlari tizimi
shakllantirilganligi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ishchi guruh tomonidan amaldagi
normativ-huquqiy bazani, uning yoshlar manfaatlari va huquqlarini himoya qilishga
oid qismini takomillashtirish maqsadida inventarizatsiyadan o‘tkazish jarayoni
Konstitutsiya va kodekslardan tashqari, bu sohada 22 qonun, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 15 ta farmoni va 11 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining
41 ta qarori, 32 ta idoraviy-me'yoriy hujjat mavjud ekanligini ko‘rsatdi. Shundan
keyin ham yana o‘nlab yangi qonun hujjatlari qabul qilinganligi hisobga olinsa,
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalariga asoslangan, yoshlarga oid
12
davlat siyosatining huquqiy asoslarini belgilab beruvchi normativ-huquqiy hujjatlar
tizimi 150 dan ortiq qonun hujjatlaridan tashkil topganligi ma'lum bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40-moddasida har bir inson
malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega ekanligi belgilangan. Mazkur
konstitutsiyaviy normaning hayotiyligini ta'minlash maqsadida sog‘liqni saqlash
tizimiga har yili Davlat byudjeti xarajatlarining 12-15 foizdan ortiq qismi
yo‘naltirilmoqda. O‘zbekiston 2011-yilda “Bolalarni asraylik” xalqaro tashkiloti
tomonidan tuzilgan 161 mamlakatdan iborat jahon reytingida o‘sib kelayotgan yosh
avlod salomatligi haqida eng ko‘p g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgan davlatlar orasida 9-
o‘rinni egalladi 27. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Margaret Chen
o‘zining 2011-yil 25-26 noyabr kunlari poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro
anjumandagi nutqida e'tirof etganidek: “O‘zbekistonda hatto global inqirozlar davrida
ham aholining salomatlik ko‘rsatkichlari muttasil oshib, umr ko‘rish davomiyligi
yuksalmoqda.
O‘zbekiston bu bilan haqli ravishda faxrlansa arziydi”. Mamlakatimiz rahbari
Islom Karimov “O‘zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilishning milliy
modeli: “sog‘lom ona – sog‘lom bola” mavzusidagi ushbu xalqaro simpoziumning
ochilishidagi nutqida bu muvaffaqiyatlarimizning omillari haqida atroflicha to‘xtalib,
mustaqil rivojlanish yillarida mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimini barpo etishni
davom ettirish va yangilash imkonini berayotgan mustahkam poydevor yaratilganiga
anjuman ishtirokchilari e'tiborini qaratdi. “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul
umumiy ta'lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi.Maktab ishlari davlat
nazoratidadir”
6
. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ushbu 41-moddasi
ijrosi yuzasidan ham faxrlansa arziydigan islohotlar amalga oshirildi. Birgina Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturi (1997-yil) va Maktab ta'limi rivojlantirish Davlat
umummilliy dasturi (2004-yil) doirasida 1539 ta akademik litsey va kasb-hunar
kollejlari, 7800 tadan ziyod umumta'lim maktablari yangitdan qurilib, to‘liq
6
O’zbekiston Respblikasining Konstitutsiyasi.-T.: O’zbekiston, 2013.
13
zamonaviy vositalar bilan jihozlandi. Oliy ta'lim muassasalarining soni 1,8 barobar
(37 tadan 66 taga, shundan 59 tasi milliy, 7 tasi xorijiy) ko‘paydi. 5980 ta bolalar
sport maskanlari, 6151 ta yopiq sport zallari barpo etildi28. O`zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2001-yil 4-yanvarda e'lon qilingan “O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasini o`rganishni tashkil etish to`g`risida”gi Farmoyishi ham mamlakatda
Konstitutsiyani ommaviy ravishda o`rganish hamda uni hayotga tatbiq etish bo`yicha
dasturulamal vazifasini o`tamoqda. Mana shu maqsadda davlatimiz rahbari
O`zbekiston Konstitutsiyasini bolalar bog`chasidan boshlab o`rgatish, maktablarda
darslik tariqasida o`qitish hamda oliy o`quv yurtlarida esa maxsus dars sifatida
o`rganishni vazifa qilib qo`ydi. Sog‘liqni saqlash va ta'lim sohasidagi islohotlar
shular bilan cheklanib qolmay, hozir ham izchil davom ettirilmoqda. Xususan, 2011-
2015-yillarda 700 dan ortiq tibbiyot muassasasi, 400 ta bolalar sporti, 221 ta bolalar
musiqa va san'at maktabi qurib, foydalanishga topshirish, sport bilan muntazam
shug‘ullanadigan bolalar sonini 2 barobar ko‘paytirish, zamonaviy “elektron ta'lim”
loyihasini joriy etish kabi ko‘plab ishla rejalashtirilgan bo‘lib, bu vazifalar
bosqichma-bosqich amalgam oshirilmoqda. Bu borada erishilayotgan natijalar 2011-
2012 yillarda poytaxtimizda o‘tkazilgan nufuzli xalqaro anjumanlarda nufuzli xalqaro
tashkilotlar, dunyoning barcha qit'alaridan kelgan xorijlik ekspertlar tomonidan e'tirof
etildi.
Yurtimizda avvalo ommaviy axborot vositalari rivojini ta'minlaydigan,
demokratik talab va standartlarga to‘la mos keladigan mustahkamqonunchilik bazasi
yaratildi. Ushbu davrda ommaviy axborot vositalarini erkin vajadal rivojlantirishga,
axborot sohasining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta'minlashgaqaratilgan 10 ga yaqin
qonun hujjatlari qabul qilindi. Ko`rilgan chora tadbirlarnatijasida bugungi kunda
O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari 1326 tani tashkil etdi. Ulardan 704 tasi
gazeta, 254 tasi jurnal, 17 tasi axborotnoma-byulleten, 4 tasi axborot agentligi, 63 tasi
televideniye, 36 tasi radio,165 tadan ziyodi esa veb-saytlardir. Mavjud bosma davriy
nashrlarning 43 foizi, telekanallarning qariyb 53 foizi, radiokanallarning 85 foizi
nodavlat ommaviy axborot vositalari hisoblanadi.
14
Axborot
va
so`z
erkinligining
mamlakatimizda
yuqori
darajada
ta`minlanishibirinchidan, fuqarolarning konstitutsion shaxsiy huquqlarini kafolatlash
bilan birgao`sib kelayotgan yosh avlodning bilim olish jarayonida o`ziga kerakli
axborotniishonchsiz va noxolis tashqi axborot manbalaridan emas, balki mamlakatda
ro`yxatgaolingan va har bir berilgan axboroti uchun javob beradigan manbalardan
olishigaimkoniyat yaratadi.
2012-yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni
o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori
qabul qilindi. Qarorda zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy etish
yo‘libilan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o‘qitish, shu tillarda erkin
so‘zlashaoladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda
buningnegizida, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot
resurslaridankeng ko‘lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni
rivojlantirishlariuchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadida 2013-2014
o‘quv yilidan boshlab, Respublikaning barcha hududida chet tillarni, asosan, ingliz
tilini o‘rganish umumta'lim maktablarining birinchi sinflaridan o‘yin tarzidagi darslar
va og‘zaki nutq darslari shaklida, ikkinchi sinfdan boshlab esa, alifbo, o‘qish va
grammatikani o‘zlashtirishdan bosqichma-bosqich boshlanishi, oliy o‘quv yurtlarida
ayrim maxsusfanlarni, xususan, texnik va xalqaro mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish
chet tillarda olib borilishi, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi
muassasalariningo‘quvchilari va o‘qituvchilarini chet tillar bo‘yicha darsliklar va
o‘quv-uslubiykomplekslar bilan ta'minlash, ularni belgilangan muddatlarga rioya
etilgan holda qayta nashr etish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining aylanma mablag‘lari hisobidan bepul
amalga oshirilishi
7
Karimov I. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ko’rsatib
7
Karimov I. A.Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
konsyepsiyasida ko’rsatib o’tilgan: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma
majlisidagima'ruza.2010 yil 12 noyabr/ I.Karimov. –Toshkent : “O‘zbekiston”, 2010.-B-.28.
15
o’tilgan. Yurtimizda maktab ta'limi 7 ta tilda – o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq,
qirg‘iz, turkman va tojik tillarida olib boriladi. Bu ham fuqarolarimizning jinsi, irqi,
millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'i
nazar qonun oldida tengligiga doir konstitutsiyaviy qoidaga og‘ishmay amal
qilinayotgani, shuningdek, davlat yoshlarimizning Konstitutsiya va qonunlarda
mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini qat'iy ta'minlab kelayotganining yana
bir isboti. O`quvchi qizlar uchun “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti, oily ta`lim
muassasalari talabalari uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Beruniy, Ibn
Sino, Navoiy, Ulug`bek, Imom al-Buxoriy nomlaridagi Davlat stipendiyalari ta`sis
etildi va shu kungacha mingdan ortiq yoshlar ushbu tanlovlarda g`olib bo`lib, ko`plab
imtiyoz va rag`batlarni qo`lga kiritdilar. Bundan tashqari mazkur davrda voyaga
yetmaganlar va yoshlar huquqlarini himoya qilish, ularni yanada kengroq qullab-
quvvatlash maqsadida yosh iste'dodlar uchun “Nihol” mukofoti (2006), “Voyaga
yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat)
to‘g‘risida”gi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (2007),“Yosh oilalarni
moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi Farmon (2007) imzolandi, shuningdek O‘zbekistonda bolalar
farovonligini ta'minlash bo‘yicha Harakat dasturi (2007), Bolalar musiqa va san'at
maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada
yaxshilash bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi qabul qilindi.
Yurtboshimizning “O‘zbekistonda yashayotgan barcha-barcha yoshlar mening
bolalarim, mening farzandlarim!” degan so‘zlari maktab va ta'lim sohadasi
yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlarda o‘z ifodasini topmoqda. Bugungi kunda
mamlakatimizda 9779 ta umumta'lim maktabi faoliyat yuritmoqda. Maktab ta'limini
rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish doirasida 2004-2009
yillarda respublika bo‘yicha 8500 dan ziyod maktab qurildi va kapital ta'mirlandi.
Ularning aksariyati qishloqlarda joylashgan. Ushbu maqsadlar uchun 1,4 trillion so‘m
mablag` sarflandi.
16
“Kadrlar tayyorash dasturi deb nomolgan Ta'lim sohasini isloh qilish dasturi
mamlakatimizda yangi jamiyat qurishning bosqichma-bosqich va tadrijiy rivojlanish
prinsipiga asoslangan iqtisodiy va siyosiy islohotlarning biz tanlagan “o‘zbek
modeli” – o‘z taraqqiyot yo‘limizning ajralmas tarkibiy qismidir. Dasturga muvofiq
mamlakatimizda “9+3” sxemasi bo‘yicha 12 yillik umumiy majburiy bepul ta'lim
tizimi joriy etildi. Dasturni hayotga tatbiq etish davomida uzluksiz xususiyat kasb
etgan ta'limning nafaqat shakli, balki mohiyati ham tubdan o‘zgartirildi.
Ayni paytda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarning huquq va manfaatlarini
ta’minlash bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni to‘liq amalga oshirish uchun hali ko‘p
ishlar qilinishi kerak. Bu, birinchi navbatda, yigit-qizlarimizning olijanob
intilishlarini ro‘yobga chiqarish, jamiyatimizning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy
rivojlanishida ishtirok etishida barcha yordamni ko‘rsatish bilan bog‘liqdir. Shu
munosabat bilan bugungi kunda yoshlarda xalqimizga mutlaqo yot bo‘lgan turli
oqimlar va ta’sirlarga qarshi mustahkam mafkuraviy immunitetni shakllantirish
dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |