4
yo‘nalishlarini belgilab berdi va uni amalga oshirishning qonuniy asosini yaratib
berdi. Qonunning mantiqiy davomi sifatida O’zbekistn Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat
siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
Qarori qabul qilindi.
O’
zbekiston yoshlar mamlakati hisoblanadi. Aholining 64 foizdan ko’prog’ini
yoshlar tashkil etadi. Demograflarning tadqiqot xulosasiga ko’ra, ushbu ko’rsatkich
yaqin besh yillikda yana 25 foizga o’sishi ilmiy taxmin qilingan. Natijada mehnatga
layoqatli aholining soni 50 foizga oshadi
1
. Bu raqamlar yurtimiz aholisining nafaqat
son jihatdan o’sishini, balki yoshlarning katta intellectual imkoniyatlariga ega ekanini
ham namoyon etadi.
Istiqlol yillari yurtimizda yoshlarni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish
maqsadida “Sog’lom avlod uchun” ordening ta`sis
etilishi; “Kamolot” yoshlar
ijtimoiy harakatining tashkil etilishi; “Oila yili”, “Sog’lom avlod yili”, “Barkamol
avlod yili”, “Sog’lom bola yili”, “Yoshlar yili” kabi davlat dasturlarining e`lon
qilinishi; yoshlar muammolarini o’rganuvchi institutlar va markazlar faoliyatining
yo’lga qo’yilishi; “O’zbekistonda yoshlarga oid davlat
siyosatining asoslari
to’g’risidagi” Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi barkamol
yoshlarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega.
Ayniqsa, “O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari
to’g’risida”gi Qonunda yoshlarga beriladigan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy
kafolatlar belgilab qo’yilgan. Qonunda: “Yoshlarga oid siyosat O’zbekiston
Respublikasi davlat faoliyatining ustuvor yo’nalishi bo’lib, uning maqsadi
yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari
yo’lida imkoni boricha to’la-to’kis ro’yobga chiqishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy,
1
Ubaydullayeva.R Sotsiolno-demograficheskiy protses v sovremennom Uzbekistane. //www.vrach.uz//
demograficheskie-processy.
5
siyosiy-huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan
iboratdir”
2
, deb belgilangani yuqoridagi fikrlarning yorqin dalilidir.
O’zbekistonda shakllantirilayotgan fuqarolik jamiyati,
hayotimizda tobora
muhim ahamiyat kasb etayotgan modernizatsiya jarayonlari va keng qamrovli
islohotlarning samarasi, avvalo yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ularni intellektual
salohiyatini oshirish, moddiy va ma`naviy rag’batlantirishga qaratilgan. Globallashuv
zamonida jamiyatni shakllantirish va rivojlantirish jarayonida yoshlarga keng
imkoniyatlar yaratish davlatning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
Bu borada olib borilayotgan ishlarni xalqqa yetkazish
va uni izchil yoritib
borish bevosita ommaviy axborot vositalari xodimlari zimmasiga katta mas’uliyat
yuklaydi. Shu o’rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “27-
iyun matbuot va OAV xodimlari kuni”da soha vakillariga yo’llagan tabrigidagi
murojaati fikrimizni isbotlaydi: O`zbekistonni dunyodagi taraqqiy topgan
mamlakatlar qatoriga ko`tarishdek yuksak marralarni ko`zlagan qonunlarimiz,
dasturlarimiz bo`ladimi – bularning barchasini amalga oshirish uchun xalqimizga
ochiq va ravshan qilib yetkazish, el-yurtimizni safarbarlikka chorlash, ruhini ko`tarish
yo`lida matbuot va axborot vositalarining o`rni va ahamiyati beqiyos. …Unib-o`sib
kelayotgan yoshlarimizni
mustaqil fikrlaydigan, bizning qanday buyuk tarix va
merosga ega ekanimizni anglab, ana shu bebaho boylikni qadrlab yashaydigan, biz
boshlagan ulug’ ishlarning munosib davomchilari bo`lgan insonlar etib voyaga
yetkazishda matbuot ahlining haqqoniy so`zi, uning ta`siri g`oyat muhim,
aytish
mumkinki, hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini hech qachon esimizdan
chiqarmasligimiz lozim.”
3
Har qanday islohotlarning, xususan, yosh avlod masalalari bo`yicha
islohotlarning muvaffaqiyati ko`p jihatdan jamiyatda amalga oshirilayotgan
islohotlarning mazmun – mohiyati va undan ko`zlangan maqsadning to`liq ijrosi
davlat tomonidan ta`minlashga,
nazorat qilinishiga, bu islohotlarning natijasini
2
“O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida”gi Qonun. 1-modda // O’zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi // 1992 y., 2-son.
3
“Xalq so`zi” gazetasi 27-iyun, 2013yil.
6
yoshlar faoliyatida aks etishiga bog`liq. Shu o`rinda OAV xususan bosma nashrlarda
yoshlarimiz o`z orzu – istaklarini, talablari-yu takliflarini erkin ifoda etish, barobarida
ularni tergab turuvchi nazorat ko`zgusiga aylanishi kerak. Shu nuqtai nazardan
jamiyatda yoshlar siyosati, uni amalga oshirish borasida qilinayotgan sa`y harakatlar,
yaratilayotgan cheksiz imkoniyatlarning tezkorlik va holisona yondashuv bilan
yoritish aynan yoshlar matbuoti oldida turgan dolzarb vazifa hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: