O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


“Kamolot” YIHning yoshlarning ijtimoiy, siyosiy, ma`naviy- marifiy



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix26.04.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#103038
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
 
1.2. “Kamolot” YIHning yoshlarning ijtimoiy, siyosiy, ma`naviy- marifiy
hayotida tutgan o`rni (“Turkiston” gazetasi misolida) 
Yoshlar siyosatini amalga oshirishda, yurtimiz yoshlarini keng qamrab olgan 
Kamolot YIH faoliyati ham muhim o`rin tutadi. Shu nuqtai nazardan harakatning 
2014-yilda amalga oshirgan yoshlar siyosatini ijrosini taminlashga qaratilgan 
harakatning faoliyati bilan tanishib chiqdik. Ushbu dastur ijrosini ta'minlash 
maqsadida Harakat tizimida bir qator ishlar amalga oshirilgan. Shu bilan birga 
o`tkazilgan, targ`ibot tashviqot ishlari, ijtimoiy siyosiy tadbirlarining matbuotda 
yoritilishi xususan “Turkiston” gazetasi misolida ko’rib chiqamiz. “Turkiston” 
gazetasi “Kamolot” YIH Markaziy kengashi, “Turkiston” gazetasi mehnat jamoasi 
muassisligida nashr etiladi. Gazeta o’z oldiga respublika yoshlarini axborot bilan 
ta`minlash, shu bilan birga o’sib kelayotgan yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, 
yurtga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilish 


17 
vazifasini qo’ygan. Shuningdek, davlatimiz siyosatini keng ommaga sodda va ravon 
tilda yetkazish dunyoqarashini kengaytirish, bilim va salohiyatini yanada boyitishni 
maqsad qilgan. Gazeta o’zbek tilida haftada ikki marta nashr qilinadi. 8 betdan iborat 
gazetaning auditoriyasini asosan, 14-30 yosh oralig’idagi gazetxonlar tashkil qiladi. 
Harakatning 2014-yil yakunida berilgan ma’lumotlarga ko’ra yoshlarga oid 
davlat siyosati doirasida “Yoshlarni davlat hokimiyati (qonun chiqaruvchi, ijro 
etuvchi va sud) organlari tizimi va faoliyati bilan yaqindan tanishtirish” maqsadida 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi
Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy xo‘jalik sudlari hamda ushbu idoralarning quyi 
tizimlarida turkum uchrashuvlarni tashkil etish maqsadida davomida 960 marotaba 
“Hokim va yoshlar” uchrashuvlari tashkil etilgan bo‘lib, qonun chiqaruvchi, ijro 
etuvchi va sud organlariga uyushtirilgan 2 625 ta tashriflar doirasida 248 786 nafar 
yoshlar ishtirok etgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 21 yilligi munosabati bilan 
o‘tkazilgan majlisidagi ma'ruzasi targ‘ibotini tashkil etish bo‘yicha “Kamolot” yoshlar 
ijtimoiy harakatining hududiy Kengashlari tomonidan manzilli reja ishlab chiqilgan 
bo’lib, ushbu rejaga asosan hududlarda fevral-mart oylari davomida targ‘ibot ishlari 
amalga oshirildi. Ushbu targ‘ibot loyihasi doirasida 300 ga yaqin tadbirlar amalga 
oshirilgan. 
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan bir qator hamkor tashkilotlar 
ko‘magida 2013-yilning mart-may oylari davomida “Siz qonunni bilasizmi?” tanlovi 
o‘tkazilgan. Tanlovining 2013-2014 o‘quv yilidagi bosqichlarida 15 mingdan ortiq 
akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 55 ming (2013 yil 50 ming) nafarga 
yaqin yoshlari jalb etilib, shundan, tanlovning mahalliy bosqichlarida 1 571 ta o‘rta 
maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining 12 568 nafar o‘quvchilari, tanlovning 
hududiy bosqichlarida 193 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining 1 544 
nafar o‘quvchilari hamda 14 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining 126 
nafar o‘quvchilari tanlovning respublika bosqichida ishtirok etishgan. 


18 
Talaba yoshlarning soliq qonunchiligi sohasidagi bilimlarini oshirish, bu 
boradagi amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularni O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi, Soliq kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, 
soliq siyosatini yanada erkinlashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlardan 
xabardor qilib borish maqsadida O‘zbekiston Milliy universiteti Madaniyat saroyida 
“Soliq bilimdonlari - 2014” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 6-fevraldagi PQ-2124-son 
Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2014-yilda yoshlarga oid 
davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar 
Dasturi”ning 1-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasining 
Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonunining yangi tahrirdagi 
loyihasiga Harakat tomonidan 300 ga yaqin konstruktiv takliflar taqdim etilib, mazkur 
takliflarning 15 tasi qonunning yangi tahrirdagi loyihasiga kiritilgan. 
Shuningdek, Dasturning 51, 52, 53 va 56-bandlarida belgilangan vazifalar 
ijrosini ta'minlash maqsadida Harakat tomonidan hisobot davrida 1000 ga yaqin 
targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Targ‘ibot tadbirlari davomida ishchi guruhlari 
tomonidan voyaga yetmaganlarni ko‘ngil ochish (dam olish) joylarida tungi vaqtda 
ota-onasidan biri yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning kuzatuvisiz bo‘lishlarini, 
behayolik, zo‘ravonlik va shavqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotlarni tayyorlash, 
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tarqatish, reklama qilish va namoyish 
etilishini, yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni hamda ota-onalar yoki 
ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim 
berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik holatlarini oldini olishga qaratilgan 
mavzularda tashkil etilgan. 
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan 2007-yildan buyon yozgi ta'til 
mavsumida oromgohlarga jalb etilmagan voyaga yetmaganlarning bo‘sh vaqtlarini 
mazmunli tashkil etish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish hamda 
ichki ishlar idoralarida profilaktik hisobda turuvchi voyaga yetmaganlarning xulqini 
ijobiy tomonga o‘zgartirish orqali profilaktik hisobdan chiqarishga tavsiya qilish 


19 
maqsadida tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish oromgohlari tashkil etilmoqda. Xususan, 
2007-2013 yillar mobaynida 9 508 nafar, shu jumladan, 2007-yilda 1 140 nafar, 2008- 
yilda 1 200 nafar, 2009-yilda 1 095 nafar, 2010 yilda 1 090 nafar, 2011-yilda 1 125 
hamda 2012-yilda 1 038 nafar, 2013-yilda 1 174 nafar ichki ishlar idoralarida 
profilaktik hisobda turgan voyaga yetmaganlar oromgohlarga jalb etilib, ular dam 
olish va sog‘lomlashtirish bilan birga ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda faol ishtirok 
etishgan.
8
Natijada ularning xulqi ijobiy tomonga o‘zgarganligi sababli 2,5 ming 
nafarga yaqini ichki ishlar idoralarining profilaktik hisobidan chiqarilishiga erishildi. 
2014-yilning iyul-avgust oylari davomida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya tarkibidagi vazirlik va tashkilotlar 
hamkorligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrida Ichki 
ishlar idoralarida profilaktik hisobda turuvchi voyaga yetmagan yoshlar uchun barcha 
hududlarda tarbiya va sport sog‘lomlashtirish oromgohlari tashkil etildi. Rejaga ko‘ra, 
loyihaga 1607 nafar profilaktik hisobida turuvchi yoshlarni jalb etish belgilangan 
bo‘lsa-da, Harakat hamda hamkor tashkilotlar tomonidan 1999 nafar yoshlar jalb 
qilingan bo‘lib, ulardan 1645 nafari ichki ishlar idoralarida profilaktik hisobda 
turuvchi voyaga yetmaganlar. Qolgan 354 nafari esa kam ta'minlangan, boquvchisini 
yo‘qotgan va diniy oqimga moyilligi bo‘lgan oila farzandlari hisoblanadi. Oromgoh 
ishtirokchilari uchun ma'naviy-ma'rifiy, sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari bilan bir 
qatorda eko sayohatlarini tashkil etish, ularda ekologik madaniyatni shakllantirishga 
qaratilgan alohida davra suhbatlari o‘tkazildi. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati 
hududiy Kengashlari tomonidan oromgohlarga jalb etilgan ichki ishlar idoralarida 
profilaktik hisobda turuvchi voyaga yetmaganlar orasidan xulqi ijobiy tomonga 
o‘zgargan 555 nafar yoshlarni hisobdan chiqarish bo‘yicha tavsiyanomalar berilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma ikki 
yilligi munosabati bilan 2014-yil 27-oktyabridan 15-dekabriga qadar “O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining 
huquqiy kafolati” mavzuidagi targ‘ibot tadbirlarini tashkil etildi. Targ‘ibot tadbirlari 
8
 
www.kamolot.uz/2014yil
 sarhisobi.


20 
Respublika miqyosida umumta'lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, 
oliy ta'lim muassasalari va mahallalarda uch bosqichda tengdosh-tengdoshga tamoyili 
asosida o‘tkazilib kelinmoqda. 
Ushbu targ‘ibot tadbirlari doirasida joriy yilning 5 noyabrdan 5 dekabrga qadar 
Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining internetdagi elections 2014.kamolot.uz veb-
sayti orqali “Men saylovga tayyorman” on-layn tanlovi tashkil etildi. On-layn 
tanlovda 93 ming nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi. 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 23 yilligi munosabati bilan 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-apreldagi 62-sonli 
majlis bayoniga asosan yoshlarning mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy 
jarayonlarga munosabatlarini shakllantirish, ularda islohotlarga dahldorlik tuyg‘usini 
tarbiyalash va ularning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni “ommaviy madaniyat”ning 
turli yot g‘oyalaridan asrash, shuningdek, xalqimiz, millatimiz, milliy 
qadriyatlarimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash, hududlarda iqtidorli 
yoshlarning ilm-fan sohalarida qo‘lga kiritgan yutuqlarini rag‘batlantirish va ularning 
o‘z aql-zakovati va intellektual qobiliyatini to‘la namoyon etishlariga ko‘maklashish 
maqsadida “Biz – buyuk yurt farzandlarimiz!” shiori ostida yoshlar Festivallari
doirasida yoshlarning dunyo va mamlakatimiz miqyosidagi jarayonlarga mustaqil va 
ongli munosabatini, turli axborot xurujlariga qarshi qat'iy fuqarolik pozitsiyasini 
shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy va huquqiy, ma'naviy-ma'rifiy, sport-
sog‘lomlashtirish yo‘nalishlaridagi 14 ta (“Ommaviy tahdidlar va yoshlar 
ma'naviyati” targ‘ibot loyihasi, “Deputat va yoshlar”, “Prezident asarlari bilimdoni”, 
“Hokim va yoshlar”, “Siz sevgan qahramonlar” va “Zamonamiz qahramonlari”, “Biz 
sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!”, “Vijdonli sotuvchi” aksiyasi, “Hyech kim mehr 
va e'tibordan chetda qolmasin!”, “Iqtidor egasi – obod yurt ertasi” “Erta nikoh va uni 
oldini olish”, “Internet va yoshlar”, Futbol shou, “Kamolot kutubxonasi”, “Vatanim 
taraqqiyotiga mening hissam”) loyiha amalga oshirilgan .
9
9
“Kamolot” YIH 2014- yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti.3-bet. 


21 
Yosh jurnalistlarni zamonaviy talablar asosida bilim va tajribalarini oshirish 
maqsadida Harakatning Markaziy Kengashi tomonidan 4-7 iyun kunlari Toshkent 
viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Kamolot yoshlar oromgohi”da “Yosh 
jurnalistlar” media-treningi tashkil etildi. Media-trening yakunida ishtirokchilar 
tomonidan mamlkatimizning yoshlarga oid milliy axborot siyosatini yanada 
rivojlantirishga qaratilgan 40 ga yaqin takliflari ishlab chiqildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-avgustdagi 
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 23 yilligi munosabati bilan 
“Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go‘zal 
O‘zbekistonim!” shiori ostida “Istiqlol farzandlari” yoshlar Festivalini tashkil etish va 
o‘tkazish to‘g‘risida”gi 146-bayoniga muvofiq joriy yilning 11-15 avgust kunlari 
Toshkent shahrida “Istiqlol farzandlari” yoshlar Festivali o‘tkazildi. Festivalni 
o‘tkazishdan asosiy maqsad – yosh avlodni milliy istiqlol g‘oyalariga cheksiz sadoqat, 
ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda barkamol avlodni voyaga 
yetkazish, ularni sifatli ta'lim olishi, kasb-hunarga ega bo‘lishi, tadbirkorlik faoliyatini 
yo‘lga qo‘yishi hamda iste'dodli yosh ijodkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash 
va rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar va 
ularning natijalaridan xabardor qilish, yoshlarga xalqimizning boy tarixiy merosining 
vorisi bo‘lish, mamlakatni modernizatsiya qilish yo‘lida ulkan ahamiyat kasb etadigan 
zamonaviy demokratik jamiyatni qurish yo‘lidagi ishlarga daxldorlik tuyg‘usini 
shakllantirish va bu ezgu ishlarni davom ettirishdagi mas'uliyatini oshirishdan iborat. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 25-avgustdagi “Milliy g‘oya 
targ‘iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi PQ-451-
son Qarori hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Kengashining 2008-yil
3-iyuldagi 07-26-48-sonli majlis bayoni qarorining 10-bandi ijrosini ta'minlash 
maqsadida Harakat tizimlari tomonidan “Yilning eng faol ma'naviyat targ‘ibotchisi” 
ko‘rik-tanlovi an'anaviy tarzda o’tkazilib kelinmoqda. 
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashabbusi bilan ijobiy mazmundagi eng 
yaxshi internet-resurslarni yaratish, ko‘paytirish va mavjudlarini aniqlash, ularni 


22 
rag‘batlantirish, ta'lim-tarbiyaga xizmat qiluvchi, xavfsiz va axborot madaniyati 
talablariga mos internet-muhitiga ega axborotlashgan jamiyatni shakllantirish, 
iqtidorli, ijodkor yoshlarni rag‘batlantirish hamda salohiyatlarini namoyon etishlariga 
ko‘maklashish, ularda internet tarmog‘ida milliy o‘zlikni muhofaza qilish 
ko‘nikmalarini shakllantirish, yosh veb-dizaynerlarni moddiy va manaviy jihatdan 
qo‘llab-quvvatlash, ular orasidan iqtidorlilarni kashf etish va keyingi faoliyatini 
qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan 9 nominatsiyadan iborat “MIT.uz” milliy internet-
tanlovi tashkil etildi. 
Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashga 
bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, turli to‘garaklar, ijtimoiy yordam markazlari, 
klublar tashkil qilish orqali yoshlarni kasbga yo‘naltirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil 
etish va ish bilan ta'minlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish, bu boradagi 
qobiliyatlarini rivojlantirishga, bozor iqtisodiyoti tamoyillarini o‘rganishlariga va o‘z 
sohasining yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishlariga, tadbirkorlik ko‘nikmalarini 
shakllantirishga ko‘maklashish hamda amaliy yordam ko‘rsatish “Kamolot” yoshlar 
ijtimoiy harakatining dasturiy vazifalaridan biri hisoblanadi. 
Mazkur vazifalarni bajarish maqsadida Harakat bir qator hamkor tashkilotlar, 
tijorat banklari bilan hamkorlikda ko‘rgazmalar, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari, 
tadbirkorlik yo‘nalishidagi tanlovlarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, 2014- 
yilning may oyi davomida o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi bilan hamkorlikda 
umumta'lim maktablarining bitiruvchi yoshlariga kasb-hunar kollejlari hamda 
akademik litseylarni tanlashda ko‘maklashish maqsadida, respublikamizning barcha 
tuman, shaharlarida “Mutaxassislik – sening kelajaging” ta'lim ko‘rgazmasi o‘tkazildi. 
Ko‘rgazmada respublikamiz bo‘yicha 1 391 ta kasb-hunar kollejlari o‘zlarida mavjud 
5 476 ta yo‘nalishlar bilan ishtirok etdi. Unga Respublikamizdagi 7 855 ta 
maktablaridan 289 115 nafar maktab bitiruvchilarini qamrab olindi. Tijorat banklari 
faoliyati bilan yosh tadbirkorlarni yaqindan tanishtirish, bank kredit siyosati haqida 
tushunchalar hosil qilish maqsadida, 2014 yil 9-10 aprel kunlari O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki hamda bir qator hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda 


23 
“Bankekspo” ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazma davomida yoshlarda tadbirkorlik 
ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan seminar treninglar tashkil qilinib, Harakatning 
tadbirkorlik loyihalari haqida ma'lumotlar berildi. 
Bundan tashqari, 2014-yil mart-may oylari davomida kasb-hunar kollejlari va 
akademik litsey bitiruvchilarining bandligini ta'minlash, ularda tadbirkorlik 
ko‘nikmalarini shakllantirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyati, kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlik, kasanachilikni rivojlantirish hamda ularga mikromoliyaviy 
xizmatlar ko‘rsatish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida O‘zbekiston 
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi O‘rta maxsus kasb-xunar ta'limi markazi, 
O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi hamda bir qator tijorat banklari bilan hamkorlikda 
“Mening biznes g‘oyam” tanlovi o‘tkazildi.
Turkiston gazetasining 2014-yil 22 - sonida Rustam Yusupovning maqolasi 
orqali “Yosh tadbirkor” konsul`tativ markazining faoliyati, uni tashkil topishi va 
bugungi faoliyati bilan tanishib chiqdik. Mavzu keng qamrovli bo’lishiga qaramay 
aniq, lo`nda fikr, batafsillikka putur yetmaganligi, faktlarning o`z o`rnida keltirilishi 
bilan e`tiborni tortadi. Maqolaning kirish qismi shunday jumlalar bilan 
boshlanadi:“Savol tug`iladi: xo`sh, biznes bilan shug`ullanish shunchalik osonmi? 
Xolva degan bilan og`iz chuchimaydi, xayolga kelgan loyihani qog`ozga tushirib, 
biror tijorat bankiga olib borgan bilan kreditga ega bo`lib qoladimi?” 
10
. Bu kabi 
savollar endigina kollejni tamomlab katta miqdordagi kreditlarga ega bo`lib, o`z 
shaxsiy tadbirkorligi bilan shug`illanayotgan minglab yoshlarni ko`rganda,
yuqoridagi savollarni tug`ilishi tabiiy holat. Muallif o’zi bergan savolga o`zi batafsil 
javob beradi. Markaz “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tartibga soluvchi 
huquqiy-me`yoriy hujjatlar”, “O`z biznesini ro`yxatdan o`tkazish, biznesning huquqiy 
maqomi”, “Marketing strategiyasini ishlab chiqish”, “O’qitishning samarali interfaol 
metodlari”, “Biznes reja yozish talablari”, “Biznesning moliyaviy manbalari”, 
“Kreditlar va lizing olish talablari” kabi mavzularda o`quv mashg`ulotlari o`tiladi. 
10
“Turkiston” gazetasi. 18-mart, 2014-yil,18-son. 


24 
2014-yil “Yosh tadbirkor” konsul`tativ markazlarida 1543 ta seminar trening tashkil 
etilib, unga yuz ming nafardan ortiq yigit qiz jalb etildi. Ularning 2433 nafariga tijorat 
banklaridan 20 milliard 531 million so`mdan ziyod imtiyozli kreditlar olishga ko`mak 
berildi. Natijada 5300 nafar o`g`il qiz ish bilan taminlandi. Va boshqa ko`plab markaz 
faoliyati bilan bog`liq ma’lumotlar berib o’tilgan. 
Faktlarning ko’p keltirilishi o’quvchini ishonchini tez qozonishga zamin 
yaratadi. Bu kabi materiallarni o’qigan har qanday o’quvchida yangi g’oyalar 
tug’ilishiga sabab bo’la oladi. 
Shu o’rinda gazetaning yana bir sonida “Kamolot” YIH loyihalaridan biri quydagicha 
izohlanadi: 
Sirdaryo viloyatida “Sen bilan kamolot sari” aksiyasi davom etmoqda. Yaqinda 
loyiha Sirdaryo tumanidagi 15-umumta’lim maktabida ham amalga oshirildi. Unda 
turli sohalarda ko’plab yutuqlarni qo’lga kiritgan iqtidorli yoshlar qatnashdi..
11

“Kamolot ko’zgusi” ruknida berilgan xabar. Biroq xabar, yangiliklar qachon, 
qayerda, qanday, nega va qanday qilib,” ja`mi olti savolga javob berishi lozim.
12

“Yaqinda” degan kirish so’zidan o’quvchida savol tug’ilib qolmay voqelik bo’lib 
o’tganiga shubha uyg’otishga sabab bo’ladi. “yaqinda” so’zi o’rniga “kuni kecha” 
so’zlarini qo’llash ham mumkin edi. O’quvchiga matbuot sahifalaridagi qachon, 
qayerda, bo’lib o’tgani unchalik qiziqarli emasdir, biroq o’z kelajagi uchun foydali 
ma`lumotlar e`tiborni tortmay qo’ymaydi. Shunday ekan respublika yoshlari xabardor 
bo’lishiga arzugulik tomonlari o’ziga xosliklari yoritilishi kerak, deb o’ylaymiz. 
Loyihaning quyi bosqichlarida Harakatning “Yosh tadbirkor” konsultativ 
markazlari koordinator va biznes trenerlari tomonidan yoshlarda tadbirkorlik 
ko‘nikmalarini shakllantirishga doir o‘quv-seminarlari tashkil qilindi. Seminarlarda 
jami 1 877 nafar yoshlar tadbirkorlik sohasida o‘z bilim va tajribalarini oshirdilar. 
Shulardan biznes loyihalari istiqbolli deb topilgan 1 023 nafar yoshlarga hududiy 
ishchi guruhlar tomonidan tijorat banklaridan umumiy qiymati 11,8 mlrd. so‘mga 
11
“Turkiston” gazetasi, 20-dekabr, 2014-yil, 102-son
12
Saidov H. To’xliyeva N. Reportiyorlik mahorati.- T.: 2008, G’afur G`ulom,-B.-10.


25 
yaqin imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi tavsiyanomalar berildi. Hududiy 
bosqichda g‘olib deb topilgan 140 nafar yoshlar loyihaning respublika bosqichida 
ishtirok etishdi. 
2014-yil aprel-sentyabr oylari davomida “Yosh tadbirkor-yurtga madadkor” 
loyihasi tashkil etildi. Loyihaning Respublika bosqichi sentabr oyida o‘quv oromgoh 
sifatida tashkil etildi. Respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 29 nafar 
yoshlarga tijorat banklari tomonidan imtiyozli foizlarda 762 mln. so‘mdan ortiq 
mikrokredit mablag‘lari ajratilishi belgilangan bo‘lib, ularning kredit mablag‘lari 
hisoblangan jami 56 mln. so‘mdan ortiq mablag‘lar tegishli tijorat banklari tomonidan 
imtiyozli mikrokredit mablag‘larini olganlaridan so‘ng “Kamolot” yoshlar ijtimoiy 
harakati Markaziy Kengashi tomonidan to‘lab berilishi belgilangan. 
Shuningdek, Harakat qoshidagi 4 ta yirik “Yoshlar markazlari” va 96 ta 
Yoshlar ijtimoiy xizmatlari markazlari tomonidan 318 to‘garak va o‘quv kurslari 
faoliyati doirasida 57 ming nafar yigit-qiz turli kasbga bepul o‘qitilgan. Iste'dodli 
yoshlarni ijodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, joriy yilning 4-9 yanvar 
kunlari Toshkent shahrida Samarqand Davlat Universitetining 70 nafar faol talabalari 
ishtirokida “Kamolot – kelajak tayanchi” shiori ostidagi qishki faollar maktabi 
o‘tkazildi. Tadbir rejasida belgilangan mavzular bo‘yicha faol talabalarga “O‘quv 
uslubiy 
markaz” 
NTM 
xodimlari 
tomonidan 
rejali 
seminar-treninglar 
tashkillashtirilgan.
13
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 112-
sonli majlis bayoniga asosan Harakatning quyi tizimlari tomonidan iyun'-iyul oylari 
davomida Respublikamizning barcha hududlarida “Yurt kelajagi” iqtidorli yoshlar 
respublika tanlovining mahalliy hamda hududiy saralash bosqichlari tashkil etildi. 
60 230 nafar yoshlar tanlovning mahalliy bosqichlarida ishtirok etish istagini 
bildirib murojaat qilgan bo‘lib, ulardan 606 nafar hududiy bosqichlarda g‘oliblikni 
qo‘lga kiritib, tanlovning respublika final bosqichiga yo‘llanma oldi. 
13
www.kamolot.uz 


26 
Iqtidorli yoshlar tanlovining respublika bosqichi 10-16 avgust kunlari 
Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanida joylashgan “Lochin” oromgohida tashkil 
etildi. 
O‘quvchi-talabalarning yozgi ta'til davomidagi bo‘sh vaqtlarini foydali 
mehnatga jalb etish, mahallalardagi vaqtincha ishsiz yoshlarni ish bilan ta'minlash va 
ularning mamlakatimizda bo‘layotgan bunyodkorlik ishlarida ishtirok etishida 
ko‘maklashish maqsadida “Bunyodkor” yoshlar mehnat harakati faoliyatini tashkil 
etildi. 
“Bunyodkor” yoshlar mehnat harakati loyihasida 18 246 nafar mahallalardagi 
vaqtinchalik ishsiz yoshlar va 11 891 nafar oliy va o‘rta maxsus ta'lim 
muassasalarining o‘quvchi-talabalari jami 30 137 nafar yoshlar hududlardagi mavjud 
mehnat ob'ektlarda (qurilish va ta'mirlash, pedagogika, ishlab chiqarish va xizmat 
ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi) sohalarida faoliyat olib bordilar. 
Yil davomida “Bunyodkor” yoshlar mehnat harakati loyihasida 4 220 nafar 
mahallalardagi vaqtinchalik ishsiz yoshlar mavjud mehnat ob'ektlarida ish faoliyatini 
olib borishgan. 
Harakatning oliy ta'lim muassasalari talabalari orasiga yanada chuqurroq kirib 
borishini ta'minlash va ta'sirini oshirish, talabalarning Harakat faoliyatiga intilishini 
kuchaytirish, talabalarning jamoat ishlari va Harakat faoliyatidagi faolligi, 
tashabbuskorligini rag‘batlantirish maqsadida oliy ta'lim muassasalari talabalari 
o‘rtasida “Kamolot stipendiyasi” tanlovi tashkil qilingan bo’lib, Respublikamizdagi 
60 ta oliy ta'lim muassasalaridan 384 nafar talabalar ishtirok etish uchun ariza-anketa 
bilan bilan murojaat qildi. Shundan 55 nafar talaba saralab olinib, “Kamolot 
stipendiyasi”ga tavsiya etilgan. 
2014-yil 4-dekabr kuni “Turkiston” saroyida mamlakatimiz taraqqiyotiga 
munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh yoshlarga “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak 
nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 
O‘zlarining fidokorona mehnatlari bilan mamlakatimizning xalqaro 
maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzini oshirishga munosib hissa qo‘shayotgan, 


27 
jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy hayotida faol ishtirok etib, 
professional mahorati va yorqin iste'dodini namoyon qilib kelayotgan 28 nafar yoshlar
2014-yil 4-dekabr kuni “O’zbekiston belgisi ko’krak nishoni” bilan taqdirlandilar. 
26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan 
“Giyohvandlik – asr vabosi!” shiori ostida targ‘ibot, aprel-dekabr oylari davomida 
aksiya doirasida OIV/OITS, giyohvandlikni oldini olish mavzusida Respublika 
bo‘ylab jami 1 740 dan ziyod informatsion mini-sessiyalar tashkil qilinib, 39 365 
nafar yoshlar qamrab olindi. Informatsion mini-sessiyalarda 40 000 dan ziyod “Biz-
sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusidagi maxsus informatsion bukletlar 
tarqatildi hamda informatsion mini-sessiyalar tashkil etilgan joylarda informatsion 
plakatlar joylashtirildi. Shu bilan bir qatorda “1-dekabr – Xalqaro OITSga qarshi 
kurash kuni” munosabati bilan joylarda 920 dan ziyod targ‘ibot tadbirlari tashkil 
etilib, 425 mingdan ziyod yoshlar qamrab olingan. 
Biz “Kamolot” YIH harakatining bir yilik faoliyati bilan tanishib, harakatning 
yoshlar hayotidagi ahamiyati nechog’lik muhim ekanligi yuqorida keltirilgan faktlar 
orqali ko’rishimiz mumkin. “Turkiston” gazetasida 2014-yil davomida “Kamolot 
loyihalari”, “Kamolot ko’zgusi”, “Kamolotda mehmonda”, ruknlarida o’tkazilgan 
tadbirlar muntazam yoritilgan. “Kamolot” ko’zgusi va “Kamolot” loyihalarida
umumiy jihatlar qolipdan chiqa olmaslik yaqqol ko’zga tashlanadi. Yoshlar matbuoti, 
yoshlar hayotini ko’zgusiga aylanishi aylanishi kerak. Bunga erishish uchun kichik 
mavzularga ham o’ziga xos yondashuv va izlanish talab etilishini yoshlar matbuoti 
bosh mezon biilishlari talab etiladi 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin