O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/12
tarix26.04.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#103038
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2.3. 
Yoshlar 
mavzularini 
yoritishda 
matbuot 
va 
jurnalistlarga 
qo’yiladigan talablar 
Yoshlar ertangi kun egalari. Yurt kelajagi. Ularga ko’rsatilayotgan e`tibor 
g’amxo’rlik kelajak uchun ham mustahkam poydevor bunyod qilish demakdir. Bu 
borada amalga oshirilayotgan har qanday mavzuga jiddiy yondashuv talab e`tiladi. 
Bugungi kunda yoshlar bilan ishlash ularni imkoniyatlari yutuqlarini, kerak bo’lsa 
muammolarini xolis yoritish OAVlari zimmasiga katta ma`sulyat yuklaydi. Bugungi 
yoshlar auditoriyasining didi, tanlovi o’sib bormoqda. Yildan-yilga ommaviy axborot 
vositalarini soni bilan birga sifati oshib borayotganiga barchamiz guvoh bo’lib 
turibmiz. 
Ommaviy axborot vositalarining asosiy bo’g’ini hisoblangan bosma nashrlarda 
aynan yoshlar mavzularini yoritish masalasiga e`tibor qaratadigan bo’lsak, o’z 
o’rnida haqli savol tug’iladi. Bugungi o’quvchi yoshlar nima uchun matbuotga 
nisbatan boshqa OAVlarga murojat qilishni afzal ko’rishadi? Bunga bir qancha 
misollarni ko’rsatishimiz mumkin albatta, birinchidan matbuotlar bir haftada bir yoki 
ikki marta nashr qilisnishi, ikkinchidan televizor orqali jarayonlarni guvohi bo’lishi, 
uchinchidan boshqa mashg’ulotlar bajarish bilan birga radio tinglash, internetni bir 
tugmasini bosish orqali axborotga ega bo’lish bularning barchasi har bir ommaviy 
axborot vositalarining o’ziga xosligi va yo’nalishidir. Matbuot haqida so’z ketganda 
shuni 
unutmasligimiz 
kerakki, 
undan 
nafaqat 
axborot 
olamiz, 
balki 
savodxonligimizni oshirish uchun ham foydalanamiz. Mutaxassislarni fikricha, 
gazeta boshqa OAV nisbatan ishonchlilik darajasini katta yoshli o’quvchilar yuqori 
qo’yishlariga sabab uni bir paytni o’zida ham ko’rib ham qo’l bilan ushlab ko’rish 
imkoniyatini berishidadir. 
32
Uz.mcs.uz. 


49 
Bitiruv- malakaviy ishimizda tahlil qilinayotgan “Marifat” va “Turkiston” 
gazetalariga qisqacha tasnif beradigan bo’lsak, “Ma`rifat” xalq ziyolilari gazetasi, 
O’zbekiston Xalq ta’limi vazirligi, O’zbekiston Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi, 
O’zbekiston Ta`lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika 
kengashi muasisligida haftada ikki marta chop etiladi. Gazeta 16 sahifadan iborat 
bo’lib mavzulari ko’lami keng. Asosan ta`lim sohasiga tegishli masalalar, tahliliy 
materiallar, hududiy va jahon yangiliklari muntazam berib boriladi. “Turkiston” 
gazetasi o’z oldiga respublika yoshlarini axborot bilan ta`minlash, shu bilan birga 
o’sib kelayotgan yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, milliy 
qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilish vazifasini qo’ygan. 
Yuqoridagi ikki matbuot tuzilishi, yo’nalishi jihatidan bir biridan farq qilsa-da, 
yoshlar mavzulariga jiddiy yondashuvi bilan umumiy jihatlari bir qancha. 
Ma’rifat gazetasida yoshlar mavzulari, batafsil va kengroq yoritiladi, ta`lim 
sohasiga doir barcha ma`lumotlar muntazam berib boriladi. Masalan gazetaning 
2014-yil 2- avgust sonida “O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan 
2014-2015 o’quv yilida foydalanishga tavsiya etiladigan darslik va o’quv 
qo’llanmalar ro’yhati”
33
bir sahifada berilgan unda 1-9 sinfgacha bo’lgan o’quv 
qo’llanmalar nomi, mualliflari, nashr etilgan yili, ta`minlanish turi jadval asosida 
ko’rsatib o’tilgan. Bu kabi materiallar ta`lim muassasalari rahbarlari, o’qituvchilar va 
ota-onalar uchun ham bir qancha qulayliklarni yaratadi. 
Gazetaning shu sonida berilgan “Orzulari bir olam yoshlar” mavzuyidagi 
maqolada oliy ta`lim muassasiga o’qishga kirishni orzu qilgan qanchadan-qancha 
yoshlar haqida bo’lib, ularning his-hayajonlari batafsil yoritilgan. Maqolaning o’ziga 
jalb etish xususiyatlari bir talay. Maqola hajm jihatdan ko’p bo’lishiga qaramay 
o’quvchini ortidan to’xtatmay ergashtirib keladi. “Birinchi avgust tongi boshqa 
kunlardan o’zgacha otdi. Shahar metropoliteni ham, jamoat transportlari ham ishini 
har kungidan ertaroq boshladi. Ko’chalar doimgidan gavjum, qo’lida passport va 
DTM ruxsatnomasini tutgan abiturentlar imtihon o’tkaziladigan o’quv binolari tomon 
33
“Ma`rifat” gazetasi 2014- yil 2- avgust, 62-son. 


50 
shoshilmoqda. Ezgu niyatlar, hayajon, ishonch, xavotir kabi tuyg’ularning bari 
ko’nglida jo”. Maqola kirish qismi har qanday o’quvchini bir daqiqaga bo’lsa-da 
abiturentlik davriga olib kira oladi. Faktlarga to’xtaladigan bo’lsak, “2014 yil qabul 
komissiyasiga 543mingdan ziyod abiturent ariza topshirib, bir o’ringa o’rtacha tanlov 
9,4ni tashkil etdi. 2013-yil bu ko’rsatgich 8,5 2012- yili esa 7,6 bo’lgan”
34

Gazetada sohaga doir ko’plab terminlar ham beriladi. Yana shunisi e`tiborga 
loyiqki, gazeta muxbirlar ta`lim sohasi, sport yo’nalishi, ijtimoiy siyosiy mavzularni 
yoritishda o’sha sohalarning mutaxassislari kabi ilmiy yondashuvni guvohi bo’lamiz. 
“Turkiston” gazetasini yoshlar tilidan yoziladigan matbuotlar sirasiga 
kiritishimiz mumkin. Gazeta faoliyatini quydagi yo’nalishlarda ko’rishimiz mumkin. 
 Yoshlar hayotiga oid yangiliklarni berib borish; 
 Yoshlarni – huquq va manfaatlarini himoya qilish; 
 Zamonaviy bilim va kasbga ega bo’lgan yoshlar faoliyatini ommalashtirish; 
 Bugungi o’ta murakkab va tahlikali zamonda mavjud bo’lgan har qanday 
xatarlarga, zararli ta`sir va oqimlarga nisbatan ogoh, sergak va hushyor 
bo’lish borasida targ’ibot ishlarini olib borish; 
 Yoshlar muammolarini gazeta orqali ko’tarish va yechimini topishga 
ko’maklashish;
 Yoshlarimizni jamiyat hayotida ishtirokini kuchaytirishdan iborat. 
Gazetada ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy huquqiy maqolalar muntazam berib 
boriladi. Bugun dunyoga yuz tutayotgan o’zbek yoshlari xalqaro munosabatlardan 
ham xabardor bo’lishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Gazetaning 2014 yil 25 oktabr 
85-sonida “O’zbekiston – Turkmaniston: O’zaro manfaatli hamkorlikning yangi 
bosqichi” mavzuli maqolasida ikki davlat prezidentlarining tor doiradagi 
uchrashuviga bag’ishlangan bo’lib maqolada umumiylikdan qochib, sodda tilda ikki 
davlat o’rtasidagi munosabatlarga alohida to’xtalib o’tilgan. “Islom Karimov va 
Gurbanguli Berdimuhamedov mintaqada suv resurslaridan foydalanish masalalariga 
alohida e`tibor qaratdilar. Ta`kidlanganidek, suv energitika sohasiga doir masalalarni 
34
“Ma`rifat” gazetasi 2014-yil 2-avgust 62-son.


51 
hal qilishda, jumladan, transchegaraviy daryolarda yirik gidroenergetika inshoatlarini 
barpo etishda BMTning tegishli konvensiyalarida belgilab berilgan xalqaro 
me`yorlarga muvofiq ish tutish, bunday ob`ektlarning loyihalarini mustaqil xalqaro 
ekspertizadan o’tkazish zarurligi qayd etildi”
35
kabi bir qancha ma’lumotlarni 
berilishi yoshlar uchun, ham xalqaro aloqalar, ularning ahamiyati, dolzarbliginini 
o’rganib borishlari uchun judayam muhim hisoblanadi. 
Zamonaviy bilim va kasbga ega bo’lgan yoshlar faoliyati bilan keng ommani 
tanishtirish va yoshlarni ijodiy faoliyatlarini kengaytiradigan materiallarni muntazam 
e`lon qilish matbuotning bosh maqsadlaridan hisoblanadi. Shunday maqolalardan biri 
2015-yil 14-mart 21-sonda chop etilgan Zarnigor Abdumalikovaning “70 yoshda 
yetti tilni o’rganish mumkin…” nomli suhbatidir. Suhbat O’zbekistonda ilk 
mnemonist, 23 yoshli Shohrux Mirzo Rahmonov bilan uyishtirilgan. Mnemonika 
so’zi yunoncha “mnemonikon” so’zidan olingan bo’lib, eslab qolish san’ati degan 
ma’noni anglatadi. Materialning dolzarbligi bugungi zamon yoshlari dunyo tillarini 
bilishlari, o’rganishlari nafaqat ehtiyoj balki zaruriyat hamdir. Shu nuqtai nazardan 
jurnalistning tanlagan mavzuyi va o’quvchiga yetkazishi uslubi to’g’ri tanlov 
hisoblanadi. Materialda quydagi misollar berilgani har qanday til o’rganishga 
ishtiyoqi bor kishilar e`tiborini tortmay qolmaydi. “Til o’rganishda asosan yangi 
so’zlarni talaffuzini o’zingiz biladigan qofiyadosh so’zlar bilan bog’lash lozim. Misol 
uchun: ingilizcha “Pul” so’zi tortmoq ma`nosini bildiradi. Bu so’zni qanday eslab 
qolish mumkin? Siz “pull”ni o’zingiz biladigan o’zbekcha pul so’ziga bog’laysiz. 
Endi pul tortilib kelayotganini tasavvur qiling. Bu orqali esda saqlab qolish 
qobilyatingiz yanada yaxshilanadi. Bu xotiraning eng kuchli qoidasidir”
36
. Berilgan 
ma`lumotlar nafaqat chet tillarini mustaqil o’rganishning qulay usuli, balki xotiraning 
mustahkamlash uchun ham ahamiyatli ekani muhim xususiyati deyishimiz mumkin. 
Sotsiologlarning e’tirof etishicha, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy axborotlar qancha 
ko‘p to‘plansa, jamiyatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy o‘sishi shuncha tezlashadi. 
Modomiki, jurnalistika shu turdagi axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tartibga solish, 
35
“Turkiston” gazetasi 2014-yil 25- oktabr 85-son. 
36
“Turkiston” gazetasi 2015-yil 14- mart 21-son.


52 
tahlil qilish bilan shug‘ullanar ekan, shunjay xulosa chiqarish mumkin: 
jurnalistikaning sifati qanchalik yuqori bo‘lsa, u o‘ziga yuklangan vazifani 
shunchalik to‘liqroq bajaradi, jamiyat shunchalik samarali va tez rivojlanadi, davlat 
institutlari va hokimiyat boshqaruv vazifasini to‘liqroq bajaradi, jamiyat rivoji, 
istiqbolini oldindan aytib, uning rejalarini ishlab chiqadi. 
E'tiborli jihati – hozir dunyoda turli yo‘nalishdagi gazeta va jurnallar 
miqdorining sezilarli o‘sishi kuzatilmoqda. “Mass-media bo‘yicha mashhur 
mutaxassis Maykl Konniff aytgan edi: “XX asr oxirlaridayoq Amerika kunlik 
gazetalarining davri tugagandek tuyulgandi. Lekin bunday bo‘lmadi. Gazetalar 
elektron-axboriy revolyusiyaning asosida turadi. Ular iste'molchilarga yangiliklar 
tasmasi, savdo-sotiqqa oid axborot mahalliy telefon abonentlari foydalana oladigan 
audiomatnlar va xatto, juda ko‘p axboriy vositalar xizmatini taklif etmoqdalar”.
37
Bugun an’anaviy vaqtli nashr bilan bir qatorda yakka tartibli jurnalistika 
yuzaga kelib, samarali rivojlanmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda jamiyat fikrini 
shakllantirish jarayoniga tobora ko‘proq ta'sir o‘tkazayotgan o‘nlab elektron gazeta 
va jurnallar mavjud. 
Bugun an'anaviy vaqtli nashr bilan bir qatorda yakka tartibli jurnalistika 
yuzaga kelib, samarali rivojlanmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda jamiyat fikrini 
shakllantirish jarayoniga tobora ko‘proq ta'sir o‘tkazayotgan o‘nlab elektron gazeta 
va jurnallar mavjud. Bu jarayon kelgusida yanada kuchga kiradi. “Maykrosoft”ning 
tashkilotchisi Bill Geyts e'tirof etganidek, yaqin kelajakda kompyuter va internet 
barcha uchun baravar bo‘ladi va uni sotib olish darslikdan arzonroq va qulayroq 
bo‘lib qoladi”.
38
Yangi axborot texnologiyalar bizning hayotimizda so‘zsiz ijobiy rol bajarish 
chog‘ida nopok kishilar qo‘lida buzg‘unchilik g‘oyalarga ham xizmat qilishi 
mumkin. Avvaldanoq matbuot yakka hokimlik qilib kelgan. Buni isbotlovchi yetarli 
darajada ko‘p adabiyotlar mavjud.
37
Allambergenova P. Ochiq axborot tizimlarida axboriy-psixologik xavfsizlik.Ma`ruzalar matni. Toshkent. 2007-y
38
O`sha manba.-B.-34


53 
Ba'zi so‘nggi hodisalar ham bunga guvoh bo‘la oladi. AQSH Kongressidagi 
oxirgi saylovoldi kompaniyasini eslash kifoya. Xuddi shunday hodisa Iroq harbiy 
kompaniyasi-respublikachilar va dokratlar tomonidan turlicha talqin etilgan. 
Siyosiy shaxslar, davlat arboblari, yozuvchilar, olimlar, bir so‘z bilan aytganda
(o‘ta ahamiyatli shaxslar) obro‘sini to‘kish uchun xizmat qiladigan Internet saytlari 
va portallarini ham eslab o‘tish joiz. 
Yuqorida aytilganlar jamiyat hayotida OAVning naqadar muhim o‘rin tutishi, 
hokimiyat va xalq ularga qanchalar umid bog‘lashini yana bir bor isbotlaydi. Shu 
o‘rinda O‘zbekiston ham mustasno emas. 
Mustaqilligimiz e'lon qilingan kundan e'tiboran davlat va jamiyat nashr rivoji, 
radio va televidenie, axborot agentliklariga katta e'tibor qarata boshladi. Agar 90 
yillar boshlarida respublikada 200 ga yaqin vaqtli matbuot nashriyotlari faoliyat 
ko‘rsatgan bo‘lsa, bugunga kelib ularning soni 1000 dan oshdi. 
39
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida OAVga maxsus o‘rin berilgan. 
Ularning erkin va to‘laqonli rivojlanishi uchun maxsus qonunlar ishlab chiqilgan. 
Jamiyatimizda jurnalistikaning ahamiyatini o‘stirish, uni qonun chiqaruvichi, ijro 
etuvchi va sud hokimiyati bilan bir qatorga qo‘yish va uni “to‘rtinchi hokimiyat”ga 
aylantirish uchun davlat siyosati darajasidagi qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
1996-yil O‘zbekiston Xalqaro Internet tarmog‘iga ulandi. Hozirda ko‘plab OAV 
kanallari internetda o‘z versiyasiga ega. Elektron gazetalar ham paydo bo‘ldi. Jahon 
jurnalistikasi tizimiga qo‘shilish jarayoni yuzaga keldi. Bugungi kunda nafaqat 
bizning auditoriya xorijiy OAVdan foydalanadi, balki internet orqali bizning gazeta 
va jurnallarimizni o‘qish, radiomizni eshitish, telekanallarimizni ko‘rish imkoniyati 
mavjud. Bu holat jamiyatimizni yanada ko‘rimli, yanada ochiq-oydin qiladi. Endi 
xorijda qiziqqan institutlar va doiralar sodir bo‘layotganini tahlil qilishlari, keyin 
nimalar bo‘lishi haqida o‘zlari tahmin qilishlari, jamiyatimiz uchun u yoki bu 
taraqqiyot ssenariylarini tuzishlari mumkin. 
39
O’sha banba.-B.-39. 


54 
Bularning barchasi O‘zbekiston Respublikasi axborot kanallari zimmasiga 
ulkan ma'suliyat yuklaydi. Tahririyat jamolari, OAV xodimlari, agar OAV o‘zlari 
hayotimizdagi muammoli masalalarni ko‘tarib chiqmas ekan, vujudga kelayotgan 
qarama-qarshi fikrlar imkoniga yordam berishga harakat qilmas ekan, u holda buni 
hozir sodir bo‘layotganidek-opponentlarimiz amalga oshirishlari mumkinligini 
anglab yetishlari lozim.


55 
XULOSA 
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan buyon o’tgan davr mobaynida siyosiy 
va iqtisodiy sohada katta yutuqlarga erishdi. Yoshlarning huquqiy kafolati davlat 
siyosati darajasiga ko’tarildi. Bu borada amalga oshirilgan ishlarni o’rganish bitiruv 
malakaviy ishimizni asosiy mazmuni hisoblanadi. Har qanday yangilik, axborotni 
xolis va tezkor ommaga yetkazishda omaviy axborot vositalari ko’prik vazifasini 
bajaradi. OAV jamoatchilik fikrini shakllantirish, fikrlar xilma-xilligi, qarashlar rang-
barangligini ta`minlash, fuqarolar ijtimoiy faollikni oshirish, jamiyatda adolat 
mezonlarini qaror toptirish, ochiq fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etilishida 
muhim vosita bo’lib hisoblanadi. Axborot texnologiyalari asrida OAVning aholi 
barcha qatlamlarini ijtimoiy-siyosiy, huquqiy tafakkurini shakllantirishga, ular 
faoligiga ta`sir darajasi kengayib bormoqda. “OAV tafakkurimizni shakllantiradi, - 
deb yozadi E.Dennis,- fikrlarimiz va qarashlarimizga ta`sir ko’rsatadi, ma’lum xulq-
atvor turlariga, masalan, ma`lum nomzod uchun ovoz berishimizga turtki beradi”
40

Kuz`men esa, “jamoatchilik fikriga ommaviy tus bera olgani tufayli OAV uni 
boshqarishga va xatto yo’lga solishga qodir”
41
, -deb ta`kidlaydi. 
Boshqa olimlar fikriga ko’ra, matbuot qarashlarni vujudga keltirishda ham uni 
tarqatishda ham bevosita ishtirok etadi, ya`ni u jamoatchilik fikrini ifodalamaydi 
balki uni vujudga keltiradi, tarix ma`lum davrlarida OAV siyosiy ta`sirining kuchi
davlat hokimiyatini kuchi bilan tenglashtirilgani ko’rsatiladi. Shu nuqtai nazarda ham 
demokratik davlat shakllanishida, ijtimoiy-siyosiy bilimlari chuqur yoshlarni 
tarbiyalashda OAVlarining bir qator vazifalari bor. Shu o’rinda barkamol avlodni 
tarbiyalashda matbuot ahlining haqqoniy so’zi muhim ahamiyatga ega. 
Bitiruv malakaviy ishimizning ob`ekti ikki yirik terajdagi respublik nashrlar 
“Ma`rifat” va “Turkiston” gazetalarining 2014-2015 yil tahlamlari asosida mavzu 
doirasida o’rganib chiqdik. Ta`lim sohasiga ixtisoslashgan “Ma’rifat ”gazetasi 
mamlakatimiz taraqqiyoti bilan birga o’sayotgan keng auditoriyani qamrab 
olayotganini guvohi bo’ldik. 
40
Dennis E., Merill D. Besede o mass-media. – M.: Vagrius, 1997. – s. 139.
41
Kuz`min O.V. Sotsiologiya obshestvennovo mneniya. – Novosibirsk, 1996.- s.34.


56 
Yoshlar tilidan so’zlovchi “Turkiston” gazetasi kompozitsion jihattan sodda, 
ixcham, uslubiy ravon va tushunarli tilda mavzularni yoritadi. 
Bitiruv malakaviy ishimizning birinchi bobida yoshlarga oid mavzularni 
matbuotda yoritilishini o’rganib chiqib shunday xulosaga keldik: har ikki matbuotda 
yoshlar masalalariga keng o’rin ajratilgan. Bir qancha na`munali maqolalarni 
yuqorida tahlil qildik. Misol uchun “Ma`rifat” gazetasida “Qaror va ijro” sahifasida 
yangi qarorlarga sharh va ijrosi tafsilotlari keng yoritilib kelingan. “Turkiston” 
gazetasi “Yoshlarga oid davlat siyosati – amalda” sahifasi asosan yoshlarni 
bandligiga qaratilgan materialllar nashr qilingan. 
Ikkinchi bob matbuotda yoshlarning ma`naviy immunitetini mustahkamlash va 
sport mavzularini yoritishda mahorat masalalarini atroflicha o’rganib chiqdik. 
Birinchi bobimiz mavzulariga nisbatan “Ma`rifat” gazetasida ushbu bob doirasidagi 
mavzular ko’proq yoritilganini ko’ramiz. Turkiston gazetasida ham tahliliy 
materiallar ko’proq e`lon qilinisa maqsadga muvofiq bo’lardi. 
Mavzuni o’rganishimiz jarayonida quydagi takliflar tug’ildi: 
 Iqtisodiyot, siyosatda muntazam o’zgarmaydi biroq yoshlar mavzularida 
qolipga tushib qolish mumkin emas, har kuni, har soat, ildamlash zarur. 
 Yoshlarga yoshlar tilidan murojat qilish kerak. 
 Muallifsiz axborot agentliklari materiallarini ko’chirib matbuotga 
joylashtirish orqali ko’pchilik yoshlarda matbuot ham “internet 
ma’lumotlarini oladi” degan qarashlarini keltirib chiqaradi. Natijada 
to’g’ridan to’g’ri internetga murojaat qilishni afazal ko’rishiga yo’l 
qo’ymaslik. 
 Nashrlarning on-line variantlarini rang-baranglashtirish darkor. 
 “Turkiston” gazetasi sahifalarida tahliliy materiallarni son va sifatini 
ko’paytirish lozim. 
 “Turkiston” gazetasida yoshlar huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat 
qiladigan sahifa tashkil etish kerak. 


57 
 Yoshlar jurnalistikasi bo’yicha mutaxasis tayyorlash muhim masalalardan 
biru hisoblanadi.
Biz kichik tadqiqotimiz davomida 100 kishidan iborat 15 yoshdan 30 
yoshgacha bo’lgan, Nizomiy nomidagi Pedagogika universiteti, O’zbekiston davlat 
jahon tillari universiteti va 1- Toshkent pedagogika kolleji talabalari o’rtasida 
quyidagi savollardan iborat so’rovnoma o’tkazdik:
1.Yoshlar matbuotidan qaysi gazetani muntazam o’qib borasiz? Degan 
savolimizga 25% yoshlar “Turkiston”, “Ma’rifat”, “Diyor”gazetalari va “Yosh kuch” 
jurnali, 55 % “Darakchi”, “Sug’diyona”, “Bekajon”, gazetalari, 10 % yoshlar 
matbuoti juda oz deb deb keltirishgan, 10 % muntazam kuzatib boradigan 
matbuotlari umuman yo’qligini ko’rsatishgan. 
2. “Ma’rifat” va “Turkiston” gazetalarini kuzatib borasizmi? “Ma’rifat” 
gazetasi 45 %, “Turkiston” 30 %, har ikkala matbuotni kuzatib boruvchilar 25 % 
tashkil etdi.
3.Yoshlar huquqiy savodxonligini oshirishda qaysi matbuotni faol deb bilasiz? 
45 % yoshlar “Huquq olamida” gzetasiga, 35 % “Xalq so’zi”,“Ma`rifat” “Turkiston”, 
“Inson va huquq”, 15 % yuqoridagi talablar darajasidagi matbuot yo’q deb javob 
berishgan, 5 % yoshlar “Shunday matbuot bormi o’zi” degan savol bilan murojat 
qilishgan. 
4. Yurtimiz yoshlar matbuotining yutuqlari nimalardan iborat deb o’ylaysiz?
55 % yoshlar “Shou- biznes” va yoshlarga berilayotgan e`tibor, tezkor yoritiladi, 35 
% yoshlar turli mavzular, 10 foiz yoshlar yutuqlari yo’q degan javoblarni berishgan. 
5.Respublikamiz matbuotlarida, yana qanday yoshlar mavzularini yoritilishini 
hohlardingiz? kabi savollardan iborat so’rovnoma natijalariga ko’ra yoshlarning 
takliflari quyidagicha bo’ldi: 
 Yoshlarni jahon siyosiy jarayonlaridan ko’proq xabardor etish; 
 Qonun, qaror, dasturlarni yoshlar tilidan yozish; 
 Ta`lim sohasiga oid xususan chet elda ta`lim olish masalalaridagi 
mavzularni ko’paytirish; 


58 
 Tanlovlar bu boradagi ko’rsatmalarni e`lon qilish;
 Yoshlar ma`naviy olamini boyitishga xizmat qiladigan jahon adabiyoti 
durdonalarini muntazam e’lon qilib borish; 
 Yoshlarni qiziqtiradigan mavzularda matbuot tomonidan tanlovlar 
o’tkazish. 
O’tkazilgan kichik tadqiqotimiz umumiy natijalariga ko’ra demokratik davlat 
qurishda yoshlarni huquqiy savodhonligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Yoshlar matbuotida yoshlar siyosatini yoritish, bilan birga huquqiy bilimlarini 
oshirishga xizmat qiladigan materiallar, sahifalar ko’proq yoritilishi maqsadga 
muvofiq bo’lar edi. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin