인간명사: 사람, 학자, 어머니, 아버지, 어린이, 어른, 누나
Shaxs tavsifi nomlari: odam, olim, ona, kattalar, opa.
사람은 먹은 것에 대하여 지나치게 집착해서는 안 된다.
Odam yeyishga mukkasidan ketishi mumkin emas.
Bu guruhga kiruvchi so’zlarning barchasi jonli otlarga kiradi. Koreys tilida bu guruhning hurmat shakllari ham mavjud. Bu guruh juda keng lug’aviy-ma’noviy guruhlarga ega:
연령순적: 아이, 아기, 어른 어린이, 소년, 소녀, 성년
Shaхsni yosh jihatdan tavsiflоvchi lug’aviy-ma’nоviy guruhlarga: qari, o’smir,
o’spirin, yoshi katta odam.
Koreys tilida shunday qo’shimchalar borki, ular ot, sifat, fe’l, son turkumidagi so’zlarga qo’shilib otlarni yasab keladi. Bu qo’shimchalar so’zga qo’shilgandan so’ng, har xil lug’aviy-ma’noviy guruhlarga tegishli so’zlarni hosil qiladilar. Ulardan kasb yasovchi, odam belgilarini, ruhiy holatini, ijtimoiy holatini, laqabini ko’rastib keluvchi ot so’z turkumidagi so’zlarni hosil qilish mumkin. Bu qo’shimchalarga: -꾼 qo’shimchasi o’zbek tilidagi –chi qo’shimchasiga to’g’ri keladi. U sifat, fe’l, ot, son so’z turkumlaridan kasb-hunar egasini yasash xususiyatiga ega: 농사꾼, 사기꾼, 사냥꾼, 씨름꾼, 일꾼, 장꾼, 장사꾼, 재주꾼, 주정꾼,
파수꾼, 품팔이꾼, 나무꾼, 술꾼, 지게꾼, 등. Dehqon, yolg’onchi, ovchi, kurashchi, ishchi, soya qiluvchi, savdogar, iqtidorli, karaxt odam, qorovul, qo’l ostida ishlovchi, daraxt kesuvchi, spirtli ichimliklarni ko’p ichuvchi va boshqalar. - 꾸러기, -뱅이, -장수, -장이 qo’shimchalari yordamida har xil so’z turkumlari yordamida ot so’z turkumining bir lug’aviy-ma’noviy guruhlarni tashkil qiluvchi so’zlarni hosil qilish mumkin. Bu qo’shimchalar yordamida, asosan, insonning belgilarni ko’rsatuvchi otlarni yasashimiz mumkin: 말썽꾸러기, 심술꾸러기, 욕심꾸러기, 익살꾸러기, 잠꾸러기, 장난꾸러, 가난뱅이, 게으름뱅이, 안달뱅이, 장돌뱅이, 주정뱅이, 떡장수, 생선장수, 신기료장수, 엿장수, 갓쟁이, 개구쟁이, 관상쟁이, 거짓말쟁이, 겁쟁이, 게으름쟁이, 고자질쟁이, 고집쟁이, 그림쟁이, 깍쟁이, 난봉쟁이, 노래쟁이, 늦잠쟁이, 대장쟁이, 땀쟁이, 뚜쟁이, 멋쟁이, 미쟁이, 사진쟁이, 수다쟁이, 수선쟁이, 심술쟁이, 요술쟁이, 욕심쟁이, 월급쟁이, 익살쟁이, 잔소쟁이, 점쟁이, 중매쟁이, 트집쟁이, 등 12
XULOSA
Koreys tilida eng murakkab, sintaksis va morfologik jihatdan ko’p funksiya bajaruvchi so’z turkumi bu otdir. Koreys tilidagi ot so’z turkumi semantik jihatdan ham chuqur tahlil qilinadi. Madaniyatlararo muloqatda esa koreys milliy – madaniy so’zlarining o’rni beqiyosdir. Olib borilgan tadqiqot natijalariga quyidagi xulosalarga kelindi:
1. Tevarak – atrofimizdagi barcha jism, predmet, hodisa, shaxslarni nomlab keluvchi so’z turkumi otdir.
Koreys tilidagi ot so’z turkumida rod tushunchasi yo’qligi, egalik
qo’shimchalari bilan turlanmasligi bilan boshqa tillardagi ot so’z turkumlaridan farq qiladi.
Koreys tilidagi ot so’z turkumiga ko’plik qo’shimchasini qo’shmasdan ham ko’plik ma’noda qo’llash mumkin.
Koreys tilidagi ot gapda barcha gap bo’laklari rolida keluvchi yagona so’z
turkumidir.
Koreys tilidagi ot so’z turkuminining semantik jihatlarini uning grammatik xususiyatlaridan ajratgan holda o’rganish mumkin emas.
Koreys tilidagi ot so’z turkumini koreys tilshunoslari turlicha tasniflagan
bo’lsalar – da, ularning umumiy jihatlari quyidagichadir. Koreys tilidagi ot so’z turkumi mustaqil va tobe, atoqli va turdosh, jonli va jonsiz, sanaladigan va sanalmaydigan, aniq va mavhum otlarga bo’linadi.
Mustaqil, turdosh, jonli va jonsiz, aniq otlarni ham o’z navbatida sanaladigan va sanalmaydigan guruhlarga bo’lish mumkin.
Jonli va jonsiz otlarga esa o’z navbatida, mustaqil, atoqli va turdosh,
sanaladigan va sanalmaydigan, aniq va mavhum otlarni kiritishimiz mumkin.
9. Koreys tilidagi ot so’z turkumini semantik tahlil qilish jarayonida uni mustaqil va tobe, sanaladigan va sanalmaydigan, jonli va jonsiz turlarga bo’ldik. Bu guruhlar ot so’z turkumining grammatik jihatlarini ham ochib beradi. Chunki ular qo’shimchalarning qo’shilishi yoki qo’shila olmasligi, gapda mustaqil qo’llanila olishi yoki olinmasligi bilan bir – biridan farq qiladi.
Dostları ilə paylaş: |