1-jadval
|
명사의 종류
|
성격및정의
|
보 기
|
|
|
|
|
|
|
고유명사
|
특정한 사람이나 사물에
|
동대문,김영수,
|
쓰이는 범위에
|
|
붙여지는 이름
|
대한민국, 한라산
|
따라
|
보통명사
|
사물에 쓰이는 것
|
지하철, 학교,
|
집
|
|
|
|
|
|
|
자립명사
|
다른 말의 도움이 없이
|
하늘,사람,문,
|
|
자립성 유무에
|
|
쓰이는 명사
|
제주도, 서류,
|
가방
|
따라
|
의존명사
|
다른 말에 기대야 기능을
|
-분, -것, -만
|
|
|
|
발휘할 수 있는 명사
|
|
|
|
|
|
|
|
Ko’rib turganimizdek, muallif ot so’z turkumini ikki guruhga, ya’ni uning qo’llanishi va mustaqilligi mavjudligiga ko’ra bo’ladi. U qo’llanilishiga ko’ra guruh tarkibiga atoqli va turdosh otlarni kiritadi. Atoqli otlarga inson yoki predmetlarga berilgan nom deb ta’rif beradi. Turdosh otlarni esa predmetlarga qo’llaniladi deydi.
Mustaqilligi mavjudligiga ko’ra guruhiga mustaqil ot va tobe otlarni kiritadi. Mustaqil ot deb, boshqa so’zlar yordamisiz ishlatiladigan so’zlarga aytiladi. Tobe otlarga esa, boshqa so’zlar yordamida qo’llaniladigan otlarni kiritadi.
|
|
1 – jadval (tarjimasi)
|
|
|
|
|
|
Ot turlari
|
Ta’rif
|
Misollar
|
|
|
Inson yoki
|
Tongdemun,
|
Qo’llanilishiga
|
Atoqli ot
|
predmetlarga berilgan
|
Kimyongsu,
|
ko’ra
|
|
nom
|
Koreya, Xallasan
|
|
Turdosh ot
|
Predmetlar nomi
|
Metro, maktab, uy
|
|
|
Boshqa so’zlar
|
Osmon, odam,
|
Mustaqilligi
|
Mustaqil ot
|
yordamisiz qo’llaniladi
|
eshik, Chejudo,
|
mavjudligiga
|
|
|
hujjat, sumka,
|
ko’ra
|
Tobe ot
|
Boshqa so’zlar
|
Odam, narsa,
|
|
|
yordamida qo’llaniladi
|
faqat
|
Sin Ge Jong atoqli otlar tarkibiga joy, inson, predmetlar nomlarini kiritib, Turdosh otlarga esa qolgan barcha narsalar, predmetlar, hodisalar nomini kiritadi. Lekin bu klassifikasiya otning to’liq semantik xususiytalarini ochib bera olmaydi.
Muallif otning boshqa turlaridan ko’ra tobe otlar ustida ko’proq ishlagan. Chunki koreys tilidagi otning aynan shu turi boshqa tillardagi ot turlaridan farq qiladi. Koreys tilini o’rganayotgan inson uchun bu tobe otlarning to’liq ma’nosini tushunib olish, gapda uni qo’llay olish, qanday so’zlar bilan ishlatish qiyinchiliklar tug’diradi. Chunki ularning boshqa tillarda mustaqil ekvivalenti mavjud bo’lishi, yoki ular umuman bir qo’shimcha sifatida qo’llanilishi mumkin. Sin Ge Jongning mana shu masalaga alohida e’tibor bergani juda o’rinli.
Madaniyatlararo muloqot juda ko’p sohalarni o’z ichiga qamrab olar ekan, unda qiyoslash, tarjima, tushunish, yetqazib berish alohida o’rin egallaydi. Mana shu tushunchalarning kesishgan nuqtasida tildagi nafaqat alohida bir so’zning roli, tarjimasi, ma’nosi, balki u qanday so’zlar bilan qo’llanishi mumkinligi, boshqa til egasi buni qanday qabul qilishi ham ahamiyatga ega hisoblanadi. Biz hozir e’tiborimizni asosan otning semantik tahliliga qaratishimiz kerakligi uchun Sin Ge Jongning tobe otlarni grammatik jihatdan tahlilida to’xtalmaymiz.
Koreys tilshunoslaridan biri Li Ju Xeng (이주행) o’zining “Koreys tili grammatikasi haqida” (“한국어 문법의 이해”) kitobida koreys tili morfologiyasiga chuqur e’tibor qaratadi. U: “정의 명사란 사람이란 사물의 이름을 나타내는 품사이다. 명사는 분류 기준-사용 범위, 자립성 유무, 감정성 유무, 동태성 유무, 구상성 유무-에 따라 여러 가지로 나뉜다”7. Ya’ni u otni inson va predmetlar nomini atab keluvchi so’z turkumi deydi. Boshqa tillarda ot artikl va predloglar bilan qo’llanilsa – da, koreys tilidagi ot faqat qo’shimchalar bilan turlanadi deydi. Shuningdek, faqat ot so’z turkumi boshqa so’z turkumlar bilan bevosita aloqador bo’lishi mumkin deydi.
2.2. KOREYS TILIDAGI MUSTAQIL OTLAR SEMANTIKASINING MILLIY O’ZIGA XOSLIKLARINI O’RGANISH
Biz yuqorida koreys tilidagi ot so’z turkuminining umumiy xossalarini va uning o’ziga xosliklarini o’rganib chiqdik. Diqqatimizni, asosan, koreys tilidagi ot so’z turkumini koreys tilshunoslarining leksik jihatdan turlicha tasniflaganlari tortdi. Bunga asosiy sabab ot so’z turkumining leksik tahlili uning grammatik jihatdan bajaradigan vazifalari bilan jambarchas bog’liqligidadir. Misol tariqasida ot so’z turkumining mustaqil va yordamchilarga bo’linishida ko’rishimiz mumkin.
Masalan:
모처럼 한가하고 해서 특별 요리를 준비해 봤다.
Uzoq kutilgan dam olish kuni deb o’zgacha ovqat tayyorlab ko’rdim.
Chunki mustaqil va yordamchi turlar uning ma’nosini emas, balki qanday vazifalarni bajara olishi, gapda qanday o’rin tututishini ko’rsatib beradi. Mustaqil otlar o’zi hech qanday boshqa so’z turkumlarining yordamisiz qo’llaniladigan so’zlardir. Ularga kelishik qo’shimchalari qo’shilishi bilan sintaksis vazifalari ham o’zgaradi. U atribut so’zlar bilan aniqlanib keladi.
Masalan:
날씨도 차고 하니 조심해서 다녀오너라.
Ob – havo ham juda sovuq, ehtiyot bo’lib borib kel.
Yordamchi otlarning ham mustaqil otlar kabi funksiyalari va o’ziga xosliklari mavjud. Yordamchi otlarni hech qachon yakka holda qo’llab bo’lmaydi. U faqat mustaqil otga qo’shilib qo’shimcha ma’no berishi mumkin.
Masalan:
아무 것도 먹을 것이 없기 때문에 시장을 봐야곘다.
Yeyishga hech nima yo’qligi sababli, bozorga borishim kerak.
Yordamchi otlarning ham turlari ko’p bo’lib, ularning barchasi turli xil ma’no beradi va qanday yordamchi ot qo’shilganligiga qarab, so’zning gapda bajaradigan sintaksis vazifasi ham o’zgaradi. Biz ishimizning mana shu qismda koreys tilshunoslarining ot so’z turkumining semantik tahlillari bo’yicha turli fikrlarini umumlashtirgan holda batafsilroq ochib berishga harakat qilamiz. Bunda qo’shimcha adabiyotlardan ham foydalaniladi.
Koreys tilidagi ot so’z turkumini grammatik jihatdan mustaqil otlar va yordamchi otlar guruhiga bo’lib olib, ularning tarkibiga leksik jihatdan tahlillarini kiritmoqchimiz. Mustaqil otlar tarkibiga atoqli va turdosh, jonli va jonsiz, sanaladigan va sanalmaydigan, aniq va mavhum otlarni kiritishimiz mumkin.
Yordamchi otlar tarkibiga gapda universal, ot kesim, fe’l kesim, ravish funksiyasida keluvchi yordamchi otlar va miqdorni bildiruvchi yordamchi otlar kiradi. Yordamchi otlarni biz faqat ularning bajaradigan funksiyasiga qarab ajratishimiz mumkin chunki, ularning mustaqil ma’nolari mavjud emas. Ular faqat boshqa qo’shimcha otlarga ma’no berishi mumkin. Bu klassifikatsiya quyidagichadir:
Dostları ilə paylaş: |