Mashina silkinib oldinga intildi (S.Ahmad).
Ravishdoshlarning –gach (-kach, -qach), -gani (-kani, -qani), guncha (-kuncha, -
quncha) affikslari yordamida hosil qilingan shakllari tuslanmaydigan ravishdoshlar
sanaladi: etgach, ekkach, chiqqach; etgani, ekkani, chiqqani; etguncha, ekkuncha,
chiqquncha kabi. Masalan: Sultonali tong otguncha ikki go`dakning qo`ynini puch
yong`oqqa to`ldirib chiqqan (A.Qodiriy). Uzun, qorong`i yo`lakka chiqqach, Unsin
to`xtadi (O). Siz bilan maslahatlashgani keldim (B.Rahmonov).
d) zamon ma’nosini ifodalaydi. Ravishdoshning zamon ma’nosini ifodalashi nisbiy
zamon sanaladi. CHunki ravishdoshning zamoni shu gapdagi tuslangan fe’lning
zamoniga nisbatan belgilanadi.
Ravishdoshlar zamon ma’nosiga ko`ra uchga bo`linadi: o`tgan zamon ravishdoshi,
hozirgi zamon ravishdoshi, kelasi zamon ravishdoshi.
O`tgan zamon ravishdoshlari fe’l o`zak-negiziga –b (-ib), -gach (-kach, -qach)
affikslarini qo`shish bilan hosil qilinadi: qolib, o`qib, qolgach, o`qigach kabi.
23
-b (-ib) affiksi bilan yasalgan ravishdosh tuslangan fe’l ifodalagan asosiy
harakatdan ilgari bo`lgan harakatni yoki asosiy harakatdan oldin boshlangandek
ko`rinsa ham ammo u bilan bir vaqtda yuz bergan harakatni anglatadi. Masalan:
Zulfiya javob so`rab keldi gapida javob so`rab ravishdoshi asosiy harakatdan (keldi
harakatidan) oldin ro`y bergan harakatni bildirsa, u kulib gapirmoqda gapida esa
kulib ravishdoshi asosiy harakat (gapirmoqda harakati) bilan bir vaqtda yuz
beradigan harakatni anglatadi.
-b (-ib) affiksi bilan yasalgan ravishdosh tuslanganda, o`tgan zamon hikoya fe’lini
hosil qiladi.
Fe’l negiziga –gach (-kach, -qach) affiksini qo`shish bilan yasalgan ravishdosh
tuslanmaydigan ravishdosh bo`lib, u tuslangan fe’l ifodalagan harakatdan ilgari
uning bajarilishi (yoki bajarilmaslik) sababi yoki paytini ko`rsatadigan harakatni
anglatadi. Masalan: Uch-to`rt kun mehmondorchilikda yurishgach, maktabdan
qaytdilar (P.Tursun). Zorlanishdan, ichni eyishdan boshqa hech nima qo`lidan
kelmagach, nima qilsin (M. Ismoiliy).
Hozirgi zamon ravishdoshi fe’l o`zak-negiziga –a, -y affikslarini qo`shish bilan
hosil qilinadi: bora-bora, ishlay-ishlay kabi.
Bu affikslar bilan yasalgan ravishdosh tuslangan fe’l ifodalagan asosiy harakat
bilan bir vaqtda ro`y beradigan harakatni anglatib, uning bajarilish holati, paytini
ko`rsatadi. Masalan: Toma-toma ko`l bo`lur, hech tommasa cho`l bo`lur (Maqol).
Tog` oralig`idagi qalin qor eriy-eriy odam bemalol kira oladigan g`or bo`lib
qolibdi (S.Anorboev).
Bu affikslar bilan yasalgan ravishdoshlar nutqda odatda, takroriy so`z shaklida
qo`llanadi. YAkka holda ishlatilganda, ravishdosh anglatgan harakatdan tuslangan
fe’l anglatgan harakatga tezlik bilan o`tilganlik ma’nosi hosil bo`ladi.
Masalan: Sultonmurod kela o`qishga kirishdi.
Hozirgi zamon ravishdoshi tuslanib, hozirgi-kelasi zamon fe’lini hosil qiladi.
Masalan: Sada tagidagi hovuzning suvida yaproqlar suzadi (S.Z.).
Kelasi zamon ravishdoshlari fe’l negiziga –gani (-kani, -qani), -guncha (-kuncha, -
quncha) affikslarini qo`shish bilan yasaladi: o`qigani, tinchiguncha kabi.
Bu affikslar bilan yasalgan ravishdoshlar tuslanmaydi. Fe’l negiziga –gani (-kani, -
qani) qo`shish bilan yasalgan ravishdosh tuslangan fe’l ifodalagan harakatdan
so`ng bajarilishi maqsad qilib olingan harakatni anglatadi. Masalan: Men bugun
yuragimni ochib gapirgani keldim (U.).
24
Fe’l negiziga –guncha (-kuncha, -quncha) affiksini qo`shish bilan yasalgan
ravishdosh tuslangan fe’l ifodalagan harakatning davom qilish vaqtining o`lchovi
sifatidagi harakatni ifodalaydi. Masalan: Yo`lchi so`zlaguncha, Tantiboyvachcha
Dostları ilə paylaş: |