12.4. O'lim tendentsiyalarini istiqbolli baholash usullari Demografik prognozlashtirishda o'lim ko'rsatkichlarining istiqboldagi dinamikasi bo'yicha gipotezalarni ishlab chiqish dolzarb hisoblanadi. Burring uchun necha yoshda, qancha yil va qanday sabablar oqibatida insonlarning o'rtacha hayot davomiyligi o'zgarishini hisoblab chiqishimiz lozim bo'ladi. Faqat shunday holatdagina prognozlar yosh va jins, sabablar bo'yicha oiim ko'rsatkichlarining chuqur tadqiqiga asoslanadi.
Aholi o'limining yosh-jins ko'rsatkichlarining istiqboldagi o'zgarishlarini inobatga oladigan turli usullar mavjud. Bunday usullardan biri tarixiy analogiyalar (o'xshashliklar) usulidir. Bu usul muayyan vaqtda biron-bir mamlakat yoki hudud aholisining yoshi va jinsi bo'yicha o'lim ko'rsatkichlarining shunday taqsimo-tini tanlashi kerakki, unga ko'ra, u istiqbolli hisob-kitob qilina-yotgan aholining zamonaviy o'lim ko'rsatkichlari, uning istiqboldagi dinamikasini aniqlash uchun eng yaxshi analog bo'lib xizmat qilsin. Bunday analog sifatida istiqbolli baholash amalga oshirilishi uchun tahlil qilinayotgan ko'rsatkichlarga o'zining yosh-jins taqsimoti tavsifi bo'yicha eng yaqin bo'lgan o'lim ko'rsatkichlari tanlanadi. O'lim dinamikasining istiqbolli hisob-kitoblarida tarixiy analoglar usulining qo'llanilishi juda ham sodda bo'lib ko'rinsa-da, aslida bu juda murakkab masaladir. Amaliyotda kamdan-kam hollarda mos tushadigan tanlovni amalga oshirish mumkin bo'ladi, chunki o'limning yosh-jins ko'rsatkichlari muayyan bir aholining yosh-jins taqsimoti xususiyatlariga bog'liq bo'ladi va biron-bir yosh guruhidagi o'lim darajasi keyingi guruhdagi u yoki bu o'lim darajasini oldindan belgilab beradi. Shuning uchun istiqbolli hisob-kitob qilinayotgan aholi uchun haqiqatda o'limning yosh-jins
ko'rsatkichlari o'rtasidagi boshqacha bog'Iiqlik xos bo'lgan o'lim ko'rsatkichi mos tushadigan boshqa aholini tanlab olish mumkin emas. Ko'rsatib o'tilgan sabablarga ko'ra, tarixiy analogiyaJar usuli faqatgina tadqiq etilayotgan aholi o'limining istiqbolli dinamikasini baholashning juda ham o'xshash bo'Jgan usuli sifaticla qo'llaniladi.
Aholi o'lim darajasining istiqbolli dinamikasini aniqlash uchun hozirgi kundagi yetarli darajada keng qo'llanilayotlan usullardan yana biri — ekspert baholashlar usulidir. U tibbiyot va sog'liqni saqlash mutaxassislarining aholining o'limi va kasallanishi dinamikasining taxminiy istiqboli haqidagi fikrini bilish uchun imkoniyat sifatida, shu jumladan, inson o'limining eng keng tarqalgan va eng og'ir sabablariga qarshi kurash bo'yicha tadqiqot yo'nalishlari sifatida qo'llaniladi. Ushbu usul shunisi bilan yaxshiki, u istiqbolli hisob-kitoblarda, birinchidan, o'lim ko'rsat-kichlarining istiqboldagi o'zgarishlariga nisbatan qo'llaniladigan gipotezalar haqida asosli tarzda gapirish imkonini, ikkinchidan esa ayrim yosh-jins guruhlarida yoki ayrim sabablar bo'yicha o'lim natijasida aholi ko'rayotgan yo'qotishlarni baholash nuqtai nazaridan o'limni prognozlashtirish imkonini beradi.
Sabablar bo'yicha aholi o'limini prognozlashtirish mashhur frantsuz demograflari D.Burjua-Pisha va R.Presslarning ishlariga asoslaniladi. Ushbu mualliflar o'limning ekzogen omillariga rivojlanishning tug'ma nuqsonlari bilan bog'liq bo'lgan kasalliklarni kiritgan va ularni davolab bo'lmaydi, shuningdek, ular ushbu kasallikiar tibbiyot va sog'liqni saqlash sohasidagi rivojlanishga hech qanday bog'liq bo'lmaydi, deb ta'kidlashgan. O'limning endogen sabablariga keladigan bo'lsak, bu real hayotda yo'q qilinishi mumkin bo'lgan sabablar hisoblanadi.
O'lim sabablarining tahliliga asoslangan ko'rsatkichlar yosh-jins dinamikasining istiqbolli hisob-kitoblari, shuningdek, o'lim sabablarini qisman yoki to'liq yo'qotilish imkoniyatlarini inobatga olinishi u yoki bu yoshga yetganlar uchun o'rtacha hayot davomiyligi necha yilga qisqarishi yoki uzayishini ko'rsatib beruvchi miqdoriy natijalarni olish uchun asos boia oladi.
Ayrim yosh-jins guruhlari uchun o'lim ko'rsatkichlarining istiqbolli dinamikasini bevosita miqdoriy baholash aholining
kutilayotgan o'rtacha hayot davomiyligi va o'lim jadvallari ko'rsatkichlaridan binning tahlili asosida amalga oshiriladi. Ko'pincha bunday holatlarda o'lib ketish ehtimoli (qx) ko'rsatkichi asosida u yoki bu o'lim sababidan o'limning pasayishi (ko'payishi) yoki to'liq yo'q bo'lib ketishi samarasining hisob-kitoblari qo'llaniladi. Bunda xulosalar quyidagi yo'nalishlarda amalga oshiriladi. Agar berilgan yosh-jins guruhi uchun {q) o'lim ehtimoli
o'limning ayrim sabablari bo'yicha ehtimollardan qx,qx,qx,.... iborat bo'ladi, deb taxmin qilsak, bunda ushbu umumiy ehtimolni qisman ehtimollarning yig'indisi sifatida tasavvur qilish mumkin:
Yosh-jins guruhlari bo'yicha aholi o'limining pasayishini hisob-kitob qilish yuqorida keltirilgan formula qatori A.Boyarskiy tomonidan taklif etilgan hisob-kitoblar bo'yicha amalga oshiriladi va quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:
Bu yerda: qx — muayyan bir o'lim sababidan vafot ctishning pasayishini hisobga olgan holdagi x yilga teng bo'lgan yoshdagi o'lim ehtimoli; Qx — x yoshdagi barcha oiimlardan berilgan o'lim
sababining ulushi; qx — o'lim jadvallari bo'yicha x yilga teng
bo'lgan yoshda o'lim ehtimoli.
Berilgan har bir o'lim sabablari kasallik (har 1000 kishiga to'g'ri keladigan kasallanganlar soni) va o'lim holati bilan aniqlanadi.
U yoki bu profilaktik tadbirlar natijasida kasallanishning kamayishi bir qator holatlarda miqdoriy jihatdan aniqlanishi mumkin. Masalan, bezgakni to'liq bartaraf qilishni oldindan rejalashtirish mumkin yoki u bilan kasallanishni muayyan bir miqdorga u yoki bu tumanlarda mos ravishdagi suv havzalariga ishlov berish va boshqa tadbirlarni qo'llash orqali kamaytirish mumkin. Yuqumli kasallik bilan og'rigan bemorlarni majburiy gospitalizatsiya qilishni kiritishda awalgi gospitalizatsiya qilishning,
kasallikning qanchaga kamayganligi tajribasini umumlashtirish asosida amalga oshirilishi mumkin. Profilaktik emlashlarni kiritishda va uning keng qo'llanilishini amalga oshirishda qanchalik miqdorda kasallikni kamaytirishga qodir ekanligi ma'lum.
Shunday qilib, kasallanish va o'limni kamaytiruvchi chora-tadbirlarning samaradorligini birgalikda olib borish orqali ayrim sabablar (kasalliklar) bo'yicha o'lim darajasining umumiy miqdo-rini kamaytirishni baholash mumkin.