f(t,x) tirik tug'ilganlar orasidan qiz bolaiarning hissasiga
qo'shilishi va aniqlanishi oldidan o'lim jadvalidagi Lxay ayollarning mos ravishdagi soniga ko'paytirish orqali aniqlanadi.
Takror barpo bo'lishning brutto va netto ko'rsatkichlari bir yilda tug'ilgan ayollar o'zlarini miqdoriy jihatdan qanchalik takror barpo qilishlarini ko'rsatib beradi.
Shunday qiiib, kogort tahiiiida ikki xii: intervaiii va kumuiyativ ko'rsatkichlardan foydalaniladi. O'z navbatida, intervaiii ko'rsatkichlar ma'lum bir yosh intervalidagi kogort ayollarining mahsuldorligini tavsiflasa, kumuiyativ ko'rsatkichlar esa ayollarning ushbu yoshga yetgunigacha bo'lgan butun umri davomidagi mahsuldorligini, ya'ni x aniq yoshdagi mahsuldor-likning jami kattaligini tavsiflab beradi.
Kogortli tahlil yordamida mahsuldorlikning istiqboldagi ko'rsatkichlari dinamikasiga nisbatan gipotezalarni shakllantirish mumkin. Biroq, bunda ushbu kogortdagi ayollar o'zlarining yoshJari mahsuldorligining oxiriga yetgan bo'lishlari yoki yuqorida ta'kidlanganidek, maksimal mahsuldorlik yoshidan o'tib ketgan bo'lishlari kerak. Faqat shu holatdagina tugallanmagan mahsul- dorlikka ega bo'lgan ayollar uchun mos ravishdagi koeffitsient-larning asoslangan ekstrapolyatsiyasini amalga oshirish mumkin.
Kutilayotgan bolalar soni, bolalarning ideal soni ayollar orasida so'rovnoma o'tkazish yo'li bilan olinadi va ular tug'ilish tenden-tsiyalarini prognozlasbtirishda qoilaniladi. Ko'pincha ushbu ko'rsatkich oilaning bolalar soniga nisbatan rejalari amalga oshirildimi yoki oshirilmaganligiga, shuningdek, ushbu kogortning nikoh davomiyligi bo'yicha qaysi davrida amalga oshirilishiga bog'liq bo'ladi.
Umuman olganda, tahlilning kogort uslubi, birinchidan, mahsuldorlikka ta'sir qiladigan omillarni aniqlashga, ikkinchidan esa:
demografik prognozlarda oilaning yakuniy kattaligi chega-ralarini aniqlashga;
oilaning yaqin kelajakda qancha farzand ko'rishi haqidagi gipotezalarni ishlab cliiqishga;
aholining turli guruhlari va qatlamlarida vujudga kelgan bolalarga bo'lgan ehtiyoj haqidagi ma'lumotlar asosida demografik siyosatning samarali yo'llari va yo'nalishlarini ishJab cliiqishga yordam beradi.
Ma'lumki, oldinlari mahsuidorlikning kutilayotgan o'zga-rishlarini joriy statistik qayd etish va ro'yxatdan o'tkazish ma'lumotlariga asoslangan. Biroq, hozirgi vaqtda ko'pgina mamlakatlarda mahsuldorlikni o'rganish masalalariga ro'yxatga olish varaqalarida ko'p o'rin ajratilishiga qaramay, ushbu ma'lu-motlar aholining rivojlanishini tavsiflovchi prognozlarini tuzish uchun yetarli bo'lmayapti, chunki ro'yxatga olish varaqasidagi savollaming ro'yxati chcklangandir.
Shu bilan birga, reproduktiv mayl, qadriyatlar tizimi va bolalarga bo'lgan ehtiyojning, ya'ni demograflar ancha vaqtlardan beri umuman shug'ullanmagan hodisalarning tug'ilishning istiqboldagi darajasini shakllanishiga qanchalik katta ta'sir ko'rsatishi ravshan bo'lib qoldi. Aynan shuning uchun kogort tadqiqot dasturlari oxirgi yillarda dunyoning ko'plab mamla-katlarida borgan sari ko'proq qo'llanmoqda. Ularga mamlakatda tug'ilishning u yoki bu darajasini shakllantiru'vchi «tug'ilish muammosi atrofidagi ma'naviy muhit"ni aniqlashga imkon beruvchi savollar ham kiritilmoqda. Ular — tug'ilishni boshqarish imkonini beradigan chora-tadbirlarning majmuasi boiib, borgan sari oilada bolalarning kutilayotgan va ideal soni o'rtalaridagi farqlanishlarning kamayishiga olib keltnoqda.
Tug'ilganlar sonini yanada to'liqroq hisoblash uchun takror barpo bo'lish tartibi ko'rsatkichlarining kengaytirilgan tizimidan foydalanish kerak bo'ladi, unda har bir yosh uchun ayollarning tug'ilishi nikohlilik (nikoh davomiyligi bilan ham) va tug'ilgan bolalar miqdori bilan bog'langan bo'ladi. Biroq, bunday kengaytirilgan tizimni hosil qilishda bir qator qiyinchiliklar bilan to'qnash kelamiz. Elektron texnikaning paydo bo'lishiga qadar to'siqlardan biri uni hisoblashning juda ham murakkabligi bo'lgan. Ko'rsatkichlarni yetarli darajada detallarga ajratish bilan ushbu maqsadga erishish uchun oilalar bo'yicha hisoblashni amalga oshirish mumkin. Lekin, bu yerda qiyinchiliklar yanada ko'proq. Kogortlar usuli amaliy jihatdan aniq hisoblashga nisbatan yaqin kelish imkonini beradi. Bu yerda hisoblashning asosi bo'lib boshlang'ich davrga nisbatan ayollarning turli kogortlari tomonidan
erishilgan tug'ilishlar soni xizmat qilib, unda ayollaming umumiy tug'ilishlar soni va uning yillar bo'yicha taqsimoti taxmin qilinadi.
Ushbu usul agar oiladagi bolalarning umumiy belgiiangan miqdori yosh-jins tug'ilishlarga nisbatan barqaror bo'lsa, u holda yosh-jins tug'ilishlar usulini qo'llashga nisbatan afzallikga ega. Biroq, kogort usuli bo'yicha hisoblash nisbatan yaqin kelajak uchun aniq natijalar berishi mumkin. Hisoblashga boshlang'ich davrda hali bolalik yoshida bo'lgan va hali tug'ilmagan avlodlarning kiritilishini qo'shilishi bilan ahamiyatli darajadagi mavhumlik unsuri vujudga keladi.
Tug'ilish darajasining istiqbol ko'rsatkichlarini aniqlashda yoshni siljitish uslubining o'rni katta. Bu uslub bilan prognoz amalga oshirilganda, prognoz qilinayotgan davr boshidan keyingi yil uchun tug'ilganlarsoni, ya'ni «R» yoshdagilami aniqlash lozim bo'ladi. Masalan. prognoz qilinayotgan davr 2010 yildan boshlansa,
yilda tug'ilganlar, ya'ni «0» yoshdagilar miqdori aniq, ular
yilda 1 yoshga to'ladi. Lekin, 2011 yil uchun tug'ilajak bolalar sonini aniqlash uchun reproduktiv yosh guruhlaridagi ayollar sonini shu yosh guruhidagi tug'ilish koeffitsicntiga ko'paytiriladi va keyingi yili shu guruhdagi har 1000 ta ayol nechta farzand ko'rishi aniqlanadi. Masalan, 2010 yilda 15-19 yoshli ayollar «X» ni tashkil ctgan. Shu yili 15-19 har 1000 ta ayolga
nisbatan «U» farzand tug'ilgan. Demak, Xjm9^iofo'9 = %m11'9 ga teng. Ana shunday uslub bilan har bir yosh guruhida keyingi 2011 yilda tug'ilajak bolalar soni aniqlanadi. Har bir yosh guruhida tug'ilishi mumkin bo'lgan bolalar soni aniqlanib, hammasi qo'shiladi:
Mazkur yo'l bilan 2011 yilda tug'ilishi kutilayotgan bolalar soni aniqlanadi.
Shu tariqa keyingi prognoz qilinayotgan yillar uchun ham tug'iladigan bolalar soni aniqlanadi. Buning uchun yosh guruhlari bo'yicha tug'ilish koeffitsentlari, tug'ilishdagi o'zgarishlar, o'lim holatlari, migratsiya, aholining reproduktiv maylidagi o'zgarishlar hisobga olinishi kerak.
Shunday qilib, kogort tadqiqotlarining natijalari demografik tahlilda borgan sari kengroq qo'llanilmoqda, bu esa, o'z navbatida, demografik prognozlashtirishda tug'ilish tendentsiyasining istiqbollarini asoslash uchun ularning ahamiyatining oshirishni belgilab bermoqda.