O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Aholining oilaviy tarkibini



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə105/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

12.5. Aholining oilaviy tarkibini prognozlashtirish
Hozirgi kunda istiqboldagi aholining oilaviy tarkibi va oilalar miqdorini hisoblashning turli hisob-kitob usullari mavjud. Ko'pgina mamlakatlarda, masalan, Frantsiya, Irlandiya, Buyuk Britaniya va AQSHda bunday hisob-kitoblar ikkinchi jahon urushidan buyon amalga oshirilib kelinmoqda. Bunda qo'llana-liyotgan hisob-kitoblar usuli qo'yilgan maqsadi, shu jumladan, ma'lumotlar bazasining mavjudligi bilan ham farqlanadi. Bundan tashqari, usullarning o'zlari ham ancha oddiy yoki murakkab boiishi mumkin. U yoki bu usulni tanlash statistik ma'lu-motlarning to'liqligiga bog'liq bo'ladi.
Nikoh — oila tarkibini istiqbolli hisob-kitob qilish usullari avlodlarning tahliliga yoki muayyan bir vaqtdagi aholi tavsiflarini ko'rib chiqishga asoslangan bo'lishi mumkin. Birinchi holatda shaxslar guruhi hayotining boshlang'ich davridan, masalan, ularning nikohga kirishi davridan to ushbu oila parchalanib ketishigacha bo'lgan davr ko'rib chiqiladi. AvlodIar bo'yicha hisob-kitoblar shaxslar jamlanmasining dinamikasida, rivojlanishida amalga oshadigan jarayonlarni kuzatish va bir vaqtning o'zida ushbu omillarni talilil qilish imkonini beradi, chunki ushbu omiilar turli demografik o'zgarishlarning kelib chiqishini taqozo qiladi. Bunda real avlodlarda kogort, shartli avlodlarda esa demografik jadvallar usuli qo'llaniladi.
Oilalarning rivojlanishini prognoz qilishda kogort usulining qo'Uanilishi qatormurakkabliklar bilan bog'liq. Awalambor, ushbu
usul oilaning hozirgi vaqtdagi emas, balki ko'p jihatdan awalgi davrga taalluqli bo'Igan hodisalarini oila hayotida vujudga kelishini ko'rsatib beradi. Bundan tashqari, kogort usulida zarur ma'lumotlarni olish bilan bog'liq bo'Igan qiyinchiliklar ham mavjud. Kogortlarni tahlil qilish uchunyig'iladigan ma'lumotlarga asoslangan oilalarning anamseptik kuzatishni amalga oshirish juda qiyin va aniq bo'lmagan ma'lumot olish xatari ham mavjud. Keyinchalik parchalanib ketadigan oilalar hayotini rctrospetiv jihatdan tahlil qilishning amalda imkoni yo'q va ular birlamchi jamlanmadan tushib qoladi. Shu bilan birgalikda, ushbu oila kategoriyalari oilaning rivojlanish qonuniyatlarining bir shakli hisoblanadi va ularni tadqiq etmasdan turib oilaning rivojlanish tendentsiyalarini to'liq va yorqin tahlilini amalga oshirish mumkin emas. Bir vaqtning o'zida migratsiya oqibatida oilaning rivojlanish jarayonini tahlil qilishda ham murakkabliklar vujudga keladi. Shunday qilib, oilalar sonining istiqbolli hisob-kitoblarida kogort usulidan foydalanish qiyinchiliklar keltirib chiqaradi, turfa va boy statistikaga ega bo'Igan bir qator mamlakatlar haligacha oilalar tarkibini va miqdorini kogort usuli bo'yicha istiqbolli hisob-kitoblarini amalga oshira olmagan.
Demografik jadvallar usulidan foydalanish esa umuman boshqa masala. Unga ko'ra, muayyan bir shaxslar jamlanmasining hayoti kuzatilib boriladi, lekin ushbu jamlanma shaxslarning gipotetik miqdorini tashkil etib, ular hayotining ma'lum bir davrining konkret alomatlari tavsiflarini o'zida namoyon etadi. Mohiyatan, aholining nikoh-oilaviy tarkibini o'rganish uchun demografik jadvallar usulini qo'llash aholining oilaviy holati va oiim jadvallarining kombinatsiyalashgan jadvallarini tuzishni nazarda tutadi.
Aholining nikoh-oilaviy tarkibini istiqbolli hisoblashda demo­grafik jadvallar usulidan foydalanish matematik-statistik modellari yordamida oilalarning vujudga kelishi va parchalanib ketishi jarayonini kuzatish va shu bilan unga ko'plab ijtimoiy-iqtisodiy omillarning ta'sir qilishini inobatga olish imkonini beradi.
Kanadalik ohm V.Illing oilalar sonini prognoz qilish uslubiyotini ishlab chiqqan va u quyidagicha amalga oshiriladi:
Јi=Ј0 + E(Mj - Df - Si + Nf), () 2.23)
bu yerda: E — istiqboldagi oilalar soni; EQ — ro'yxatga oJish
ma'lumotlari bo'yicha oilalar soni; Mi — nikohlar soni; D™ — nikohda bo'lganlar orasidagi o'lganlarsoni; S.— ajralishlar soni;
Nf — fvaqt davomidagi oilalar migratsiyasining saldosi.
Ushbu berilgan usul aholining tabiiy haralcatlanish tenden-tsiyasini inobatga olishga asoslangan, uning qo'llanilishi kelajakdagi nikoh, o'lim, ajralish. shu jumladan, prognoz qilinayotgan davrda emigratsiya va immigratsiya qilgan oilalarning soniga nisbatan ma'lum birgipotezalami qabnl qilisli va ishlab chiqilishini nazarda tutadi. Odatda, hisob-kitoblarning ushbu barcha komponentlari vaqt davomida o'zgarmas deb qabul qilinadi, biroq ushbu jara-yonlar dinamikasining tendentsiyalari ancha batafsilroq ishlab chiqilishi mumkin.
Bugungi kunda oilalar (uy xo'jaliklari) tarkibi va miqdorini prognozlashtirish uslubi keng qoMlanilib kclinmoqda. Ushbu usul birinchi marta 1930-yili AQSHda o'tkazilgan aholini ro'yxatga olish ma'lumotlari asosida uy xo'jaliklari prognozlarini ishlab chiqishda qo'llanilgan. 1950-yillarda esa ushbu usul Yevropaning ko'pgina mamlakatlarida qo'llanila boshladi, chunki bu paytga kelib aholini ro'yxatga olish ma'lumotlari asosida aholining (oila) tarkibi haqida yetarli darajada statistik to'liq va ishonchli ma'lumot-laryig'ilgan.
Oila boshliqlari koeffitsientini hisoblash usuli bo'yicha aholi­ning oilaviy tarkibini prognozlashtirish nafaqat istiqboldagi oilalar, balki ularning o'rtacha kattaligi to'g'risidagi ma'lumotlarni ham olish imkonini bcradi. Ushbu usul yordamida aholining real yosh-jins larkibining kelajakdagi oilalar va uy xo'jaliklari soni dinamika-siga ta'sir ko'rsatish darajasini baholashni amalga oshirish mumkin. Yoslilar va jinslar bo'yicha oila boshliqlarining (uy xo'jaliklari) taqsimoti istiqbolda oilalarning shakllanishiga turli ijtimoiy-iqtisodiy omillarning ta'sirini ko'rib chiqish orqali tahlilni chuqur-lashtirish imkonini beradi.
Oila boshliqlari koeffitsientini hisoblash usuli bo'yicha oilaviv holatning hisob-kitoblari aholining yosh-jins tarkibi va miqdorini prognozlashtirish ma'lumotlariga asoslangan. Ushbu hisob-kitob-lardagi birinchi qadam — bu oilaviy holat bo'yicha har bir yosh-jins guruhlaridagi aholini istiqboldagi miqdorining taqsiralanishidir. Bu taqsimlashni aks ettiruvchi koeffitsientlar yordamida amalga oshiriladi, masalan, awalgi yillar uchun. Koeffitsientlar quyidagicha hisoblanadi:
/-jinsdagi va y-yosh guruhlaridagi aholining miqdori Sr; i-jinsdagi va y'-yosh guruhlaridagi shaxslarning ^-oilaviy holati bo'lgan aholining soni S. .k ga teng bo'lsin.
Unda
bu yerda: / = 15-19, k = X (bo'ydoqlar)
20-24 B (nikohda bo'lganlar) V (bevalar)
70+ R (ajralishganlar)
Ushbu koeffitsientlar asosida aholining oilaviy holati bo'yicha tarkibi t yildan keyin quyidagicha aniqlanadi:

Hisob-kitoblarning ikkinchi bosqichi — bu oila boshliqlarining yosh, jins va oilaviy holati bo'yicha koeffitsientlarini aniqlashdir. Ushbu koeffitsientlar oila boshliqlari (uy xo'jaliklari) sonining Hj .k hisob-kitoblar uchun asos bo'ladigan xuddi o'sha yosh-jins guruhidagi va ro'yxatga olish ma'lumotlari bo'yicha xuddi o'sha oilaviy holatda bo'lgan aholining soniga nisbati sifatida aniqlanadi.
Bundan oila boshliqlari (uy xo'jaliklari)ning kelajakdagi soni
t-yildan keyin Hj j kt - Sjjtk hjjk ni tashkil qiladi.
Oila boshliqlarining umumiy soni oilalarning umurniy soni bilan mos tushadi. Xuddi shunday yo'l bilan to'liq bo'lmagan oilalar boshliqlari va yakka yashovchilarning soni hisoblab chiqiladi.
Oilalarda yashovchi oilaning boshqa a'zolarining soni barcha aholining soni va tugal, tugal bo'lmagan oilalar hamda yakka
yashovchilarning sonlari o'rtasidagi farq sifatida kelib chiqadi. Oilaning boshqa a'zolarining soni istiqbolda oilalarning o'rtacha kattaligini hisob-kitob qilishda yordam beradi. Natijada oilaning o'rtacha kattaligi t-yilda quyidagiga teng bo'ladi:
bu yerda: A'— oila boshliqlari (uy xo'jaliklari) soni; M — boshqa oila a'zolarining soni.
Oila boshliqlari koeffitsienti usuli orqali aholining oilaviy tarkibini hisob-kitob qilishdagi asosiy uslubiy muammo turli yosh-jins guruhlari uchun oilaviy holat bo'yicha ushbu koeffi-tsientlarning istiqboldagi dinamikasini aniqlashdan iborat bo'ladi. Ushbu holatda oddiygina qilib oilaviy holat bo'yicha aholi hisob-kitoblari, uning yosh-jins tarkibi bo'yicha ham bir xil deb, taxmin qilish maqsadga muvofiq. Bu istiqboldagi davrda aholining oila turlari bo'yicha tarkibidagi asosiy o'zgarishlami tavsiflaydi.
Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. Demografik prognozlashtirish deganda nimani tushunasiz?

  2. Demografik prognozlashtirishning qanday yo'nalishlarini bilasiz?

  1. Aholi harakatining istiqboldagi ko'rsatkichlarini baholash uchun qanday usullardan foydalaniladi?

  1. Demografik prognozning qanday shakllari mavjud?

  2. Prognozning tasdiqlanishi deganda nimani tushunasiz?

  3. Demografik prognozlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini tushuntirib bering.




  1. Aholi soni va tarkibini prognozlashtirishda qanday usullar qo'llaniladi?

  2. Kogort uslubining mohiyatini tushuntirib bering.

  3. Aholi o'limini prognozlashtirishda qaysi usullardan foydalaniladi?

10. Oilalarsonini prognoz qilish qanday tartibda amalga oshiriladi?

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin