Aholi qarish jarayonining rivojlanish darajasiga ko'ra keksalik tasnifi*
Bosqich
Qariyalar salmog'i (60
yosh va undan yuqori),
% hisobida
Qarish bosqichlari va
aholining keksayish
darajasi
I
8 dan kam
demografik yosh
II
8-10
qarish bo'sag'asida
III
10-12
haqiqiy qarish
IV
12 va undan yuqori
demografik qari
12-14
demografik qarilikning boshlang'ich bosqichi
14-16
demografik qarilikning o'rtacha bosqichi
16-18
demografik qarilikning baland darajasi
18 va undan yuqori
demografik qarilikning juda baland darajasi
Muayyan hududda aholining keksayishi jarayonining rivoj-lanish darajasini baholashda belgilangan yosh chegarasidan yuqori yoshdagi aholi salmog'i ko'rsatkichidan foydalaniladi. Mazkur ko'rsatkichning ortib borishi bilan shu hudud aholisi demografik nuqtai nazardan qari hisoblanishi mumkin. Shu munosabat bilan ko'p mamlakatlardagi olimlar demografik qarilik to'g'risidagi masalani kcrtarmoqda. Masalan, fransuz demograflari Jaklin Bojyo-Garae va E.Rosset demografik qarilikni to'rt bosqichga ajratishni taklif qilgan (4.7-jadval).
4.7-jadval ma'lumotlari shuni ko'rsatadiki, muayyan hudud aholisi tarkibida qariyalar ulushi 8 %dan kamni tashkil qilsa, bu hudud aholisi demografik yosh, 12 %dan ko'p bo'lsa demografik qari hisoblanadi. Hozirgi kunda bu holat asosan iqtisodiy rivoj-langan mamlakatlar, jumladan Germaniya (24%), Frantsiya (23,7%), Buyuk Britaniya (20,3%) va shu kabilarda kuzatilayot-ganliginingguvohi bo'lamiz.
BMT demograflari demografik qarish darajasini baholash maqsadida uch bosqichli shkala ishlab chiqqan (4.8-jadval).
4.8-jadval Aholining keksayish shkalasi
Bosqich
65 va undan yuqori
yoshdagilar ulushi, %
hisobida
Aholining qarish darajasi
I
4 dan kam
demografik yosh
II
4-7
qarish bo'sag'asida
III
7 dan yuqori
demografik qari
Jadvaldan ko'rinib turibdiki, BMT demograflari aholining keksayish darajasini baholash uchun keksalik yoshining boshlanish chegarasini asos qilib olgan va unga ko'ra, aholining yosh tarkibida 65 va undan yuqori yoshdagilarning ulushi 7,0 foizdan oshsa, hudud aholisi demografik qari hisoblanadi. Agar dunyo mamlakat-larini ushbu tasnif bo'yicha guruhlarga ajratsak, quyidagi holatni ko'ramiz. Unga ko"ra:
• 61 mamlakat aholisi demografik qari;
58 mamlakat aholisi demografik qarish bo'sag'asida;
73 mamlakat aholisi demografik yosh;
23 mamlakat haqida ma'lumot yetarli darajada emas1. Endi yiiqoridagilarga asoslangan holda, O'zbekiston aholisining
keksayish darajasini baholaydigan bo'lsak, frantsuz demograflari tasnifi bo'yicha 60 va undan yuqori yoshdagilar aholining 6,0 foizini tashkil etadi va respublika aholisi demografik nuqtai nazar-dan yosh, BMT demograflari tasnifi bo'yicha esa 65 va undan yuqori yoshdagilar aholining 4,5 foizini tashkil etadi va respublika aholisi demografik qarish bo'sag'asida turibdi.
Aholining keksayishi juda uzoq vaqt davomida aholining takror barpo bo'lishidagi o'zgarishlar, aholi migratsiyasi va urushdan keyingi sanitar-demografik holatlar kabi murakkab omillar tufayli sodir bo'ladi. Bugungi kunda aholi keksayishi jarayonining quyidan yoki yuqoridan rivojlanib borishiga qarab «quyidan keksayish» va «yuqoridan keksayish» kabi turlarga ajratiladi: