Yuqoridagi jadvaldan ko'rinib turganidek, demograf olim B. Urlanis inson umrini mehnatga yoshigacha bo'Igan, mehnat yoshi va mehnatdan keyingi davrlarga ajratgan.
Odatda, yosh tarkibi aholining jinsiy tarkibi bilan birgalikda tuziladi va ko'rib chiqiladi. Bu holda u aholining yosh-jinsiy tarkibi
86
deb nomlanadi, u har bir jinsning yoshlar bo'yicha taqsimlanishini, har bir yoshda yoki har bir yosh guruhlarida jinslarning nisbatini ko'rsatib beradi.
4.4. Aholining yosh-jins piramidasi va takror barpo bo'Iishi Aholining yosh va jinsiga ko'ra tarkibini birgalikda va yaqqol namoyon etish uchun yosh-jins piramidasi tuziladi.
Yosh-jins piramidasi ikki tomonlama chiziqli diagrammani o'zida aks ettirib, undagi aholi yosh va jins bo'yicha birgalikda taqsimlangan, bunda grafikning bir tomonida (o'ngdan) ayol jinsli aholi, ikkinchi tomonda esa (chap tomonda) erkak jinsli aholi aks ettiriladi. Diagrammaning vertikal o'qi yosh shkalasini o'zida namoyon etib, u bir yoki besh yillik intervallarga bo'linib, 0 yildan boshlanadi va yu'qori yosh yoki ochiq yosh intervali bilan tugallanadi.
Gorizontal chiziqlar o'zida berilgan yosh va jinsdagi aholining umumiy sonini; aholining umumiy sonidagi berilgan yosh va jinsdagi aholining ulushini; berilgan yosh va jinsdagi aholi sonidagi faqat ushbu jinsning ulushini aks ettiradi. Bunda gorizontal chiziqlar maydoni (yoki teng miqdorda taqsimlangan yosh intervallarining uzunligini) aytib o'tilgan ko'rsatkichlarga teng bo'ladi.
Piramidalar aholining turli qismlarini qiyoslash va uning yosh-jins tarkibi xususidagi qiyosiy ma'Iumotlarni olish maqsadida guruhlarning yosh-jins miqdori yoki ushbu sonlarning jami aholidagi ulushidan foydalanilgan holda tuziladi.
Yosh-jins piramidasi aholining muayyan vaqtdagi holatini aks ettiradi. Shuning uchun piramidadagi chiziqlarning nisbiy uzunligi bo'yicha tug'ilish va o'lim jarayonlarining aholining yosh tarkibiga ta'siri, aholi takror barpo bo'lishining istiqboldagi tendentsiyalari haqida tasawurga ega bo'lish mumkin. Masalan, muayyan bir yilda tug'ilganlar soni qo'shni yillarnikidan ko'p bo*lsa piramida bo'rtiq, agar tug'ilganlar soni qo'shni yillarnikidan kam bo'lsa
botiq shakiida namoyon bo'Iadi. Ushbu deformatsiya yetuk va keksa yoshdagilar orasidan o'tayotib, deyarli butun yuz yillik davr davomida, toki ushbu tug'ilganlar jamlanmasining o'lib yo'q bo'lmaguniga qadar saqlanib qoladi.
4.1 va 4.2-rasmlarda O'zbekiston Respublikasi aholisining yosh-jins piramidasi keltirilgan.
4.1-rasmdan ko'rinib turganidek, 1991 yili O'zbekiston Respublikasi aholisining yosh-jins piramidasi bo'rtiq shakliga ega bo'lgan. Ya'ni, mazkur yili aholining yosh-jinsiy tarkibida 0-4, 5-9, 10-14, 15-19 yosh guruhidagi erkak va ayollarning soni yuqori bo'lgan.
Bozor munosabatlariga o'tish sharoitida yillar davomida shakllangan qadriyatlar, urf-odatlarda o'ziga xos o'zgarishlar ro'y berayotganligi. xalqning munosib turmush sharoitini yara-tishga intilishi, omma o'rtasida homiladorlikdan saqlovchi tibbiy vositalarning keng tarqalishi, ayollarning ijtimoiy ishlab chi-qarishda bandligining ortishi, har bir oila o'z iqtisodiy im-koniyatlaridan kelib chiqqan holda farzandlar tug'ilishini nazorat etishi kabi ijtimoiy-iqtisodiy va demografik omillar respublikada
tug'ilish ko'rsatkichlarining pasayishiga olib kedi. Natijada aholining yosh tarkibida mchnatga layoqatli yoshgacha bo'lgan aholi soni kamaydi. Bu holat 4.2-rasmda yaqqol o'z aksini topgan.
4.2-rasmdan ko'rinib turibdiki, 2009 yili respublikada aholining yosh-jins tarkibida 0-4, 5-9 yosh guruhidagi erkak va ayollar soni keskin kamaygan, aksincha 10-14, 15-19 va 20-24 yosh guruhidagilar soni ortgan.
Demografiyada yosh-jins piramidalaridan foydalanishning eng muhim jihatlaridan biri — bu aholining takror barpo bo'lishi va yosh tarkibining o'zaro aloqadorlikdagi tahlilidir.
Aholining progressiv, statsionar va regressiv yosh tarkiblari 1894 yilda shved demografi A.G.Sundberg tomonidan birinchi marta ilmiy iste'molga kiritilgan.
Ma'lumki, progressiv yosh tarkibida aholi soni ko'payadi, slatsionarda aholi o'z sonini o'zgartirmaydi, regressivda esa qisqaradi. Aholining yosh tarkiblari 0-15 yoshdagi bolalar hamda 50 yoshdan va undan yuqori yoshdagi «qariyalar» ulushi bilan
farqlanadi. A.G. Sundbergning tasnifi bo'yicha, progressiv yosh tarkibida bolalar ulushi 40, qariyalar esa 10 foizni; mos ravishda statsionarda — 27 va 23; regressivda esa 20 va 30 foizlarni tashkil qiladi (4.5-jadval).
4.5-jadval Aholi yosh tarkibining turlari,%
Yosh guruhlari
Yosh tarkibi
progressiv
statsionar
regressiv
0-14
40
27
20
15-49
50
50
50
50 va undan yuqori
10
23
30
Aholining mazkur yosh tarkibi turlariga yosh piramidasining turlari mos keladi. Aytish joizki, yosh piramidasining turlari 1930 yillarda nemis statistigi F.Burgderfer tomonidan taklif qilingan.
Aholining yosh tarkibini iqtisodiy baholash nihoyatda muhim. Chunki, aholining iqtisodiy farovonligi mehnatga qobiliyatli yoshdagi ishdagi band bo'lgan aholining soni bilan bog'liq. Shu nuqlai nazardan mehnatga layoqatli yoshdagi aholiga tushadigan demografik yukni o'rganish lozim.
Demografik yuk koeffitsienti 3 turga ajratiladi:
bolalar va qariyalarning yig'indi yuk koeffitsienti. Ma'lumki, demografik yuk koeffitsienti tadqiqotchi tomonidan
qabul qilingan yosh guruhiga bog'liq. Masalan, taniqli demograf Ernst Kan demografik yuk koeffitsientini hisoblashda nemis statistikasida qabul qilingan quyidagi yosh guruhlari sxemasiga asoslangan:
bolalar (0-14 yosh);
mehnatga layoqatli yoshdagi aholi (15-64 yosh);
qariyalar (65 yosh va undan yuqori).
Nemis demografi bu yosh guruhlari sxemasidan kelib chiqib, 15-64 yoshdagi aholiga to'g'ri keladigan demografik yukni hisoblagan. Bu ko'rsatkich quyidagi ko'rinishda namoyon bo'ladi:
2. Qariyalarning demografik yuk koeffitsienti
1. Bolalarning demografik yuk koeffitsienti
bu yerda: Z„_14 — 0-14 yoshdagi aholi soni; LI5_M— 15-64
yoshdagi aholi soni; L65+ — 65 va undan yuqori yoshdagi aholi soni1.
O'zbekiston Respublikasi milliy statistikasida mehnatga layoqatli yoshdagi aholiga 16-54 yoshdagi ayollar va 16-59 yoshdagi erkaklar kirganligi bois demografik yuk koeffitsienti quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi:
1. Bolalarning demografik yuk koeffitsienti O'zbekiston belgilangan ayol va erkaklarning mehnatga layoqatlilik yosh chegarasidagi farq hisobga olingan holda quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
bu yerda: L0_IS— 0-15 yoshdagi bolalar soni; Llf>_54+ L[6_59 — 16-54 yoshdagi ayollar va 16-59 yoshdagi erkaklar sonining yig'indisi.
2. Qariyalarning demografik yuk koeffitsientini hisoblashda ham yuqoridagi holat e'tiborga olinadi va qariyalarning demografik yuk koeffitsienti quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
K yu.k. = 7-^^S±__ x 100, (4.6)
bu yerda: L5S++L6I)+— 55 va undan yuqori yoshdagi ayollar hamda 60 va undan yuqori yoshdagi erkaklar sonining yig'indisi; i6-54+A6-59 — 16-54 yoshdagi ayollar va 16-59 yoshdagi erkaklar sonining yig'indisi.
3. Demografik yukning yig'indi koeffitsientini aniqiashda quyidagi formuladan foydalaniladi: