O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Nikohga kirishning o'rtacha yoshi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə42/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

Nikohga kirishning o'rtacha yoshi — nikoh harakatining asosiy tavsiflaridan biri bo'lib, aholini ro'yxatga olish va shu yLli nikohdan o'tgan shaxslarning yoshlari haqidagi ma'lumotlarni o'zida jamlagan joriy xisob-kitoblar asosida topiladi. Buni bir necha ko'rsatkichlar orqali hisoblash mumkin.
1. O'rtacha arifmetik yosh. Bu ko'rsatkichning suratida turli yoshlarda tuzilgan nikohlar yig'indisi, maxrajida esa nikohdan o'tganlarning umumiy soni turadi:

bu yerda: x — individning nikohga kirish yoshi; Bx — x yoshda nikohdan o'tganlar soni.
Bu ko'rsatkichdan O'zbekiston Davlat statistika qo'mitasida va uning hududiy boshqarmalarida foydalanadi.
2. O'rtacha mediana yoshini aniq bir yilda tuzilgan nikohlarni 100 000 ta nikohga taqsimlab topiladi. Shunda bu ko'rsatkich 100 000 umumiy nikohlaming 50000 tasi nikohga kirish yoshiga mos keladi. Bu ko'rsatkichni hisoblash zamirida awalgi va keyingi yoshlar o'rtasida nikohlar barobar taqsimlanadi, degan taxmin yotadi.
Nikoh holatini tahlil qilishda o'rtacha moda yoshi ko'rsat-kichlaridan ham foydalaniladi. O'rtacha moda yoshi deganda, nikohlaming eng katta qismi tuzilgan yosh nazarda tutiladi. Masalan, O'zbekistonda o'rtacha nikohga kirish yoshi 1930-yillarning o'rtalaridan to ikkinchi jahon urushi boshlanguniga qadar oshib borishga moyil bo'lgan. Urushdan so'ng u bir muncha pasaydi. Biroq, bu pasayish uzoq davom etmadi va ikki yil davomida (1948-1950) nikoh bozoridagi katta mutanosiblik ta'sirida o'rtacha nikohga kirish yoshi erkak va ayollarda ikki
yoshga kattalashdi. Bugungi kunda esa nikohga kirishning o'rtacha yoshi yil sayin oshib bormoqda.
Nikoh bozorida juft tanlashga ta'sir etuvchi ijtimoiy, demo-grafik, madaniy va boshqa omillarni tahlil qilishda nikoh indeksidan foydalaniladi.
Nikoh indeksi — demografik ko'rsatkich bo'lib, nikohdagi juftlikning biron bir belgisi (yoshi, millati, ma'lumoti, daromadi va h.k.) ga qarab tanlash darajasini o'lchash uchun qo'llaniladi. Nikohning gomogamiya (tortilish, intilish) va geterogamiya (qo-chish) indekslari farqlanadi. Bu indekslar M.V. Ptuxa tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, ularni tuzishda erkaklar va ayollar uchun alohida nikohlarni joriy ro'yxatga olishning quyidagi formula asosida hisoblangan ma'lumotlaridan foydalaniladi:
S' = (A T - CL) I L(T - C); S" = (AT-CD, / C(T - L) (5.4.) Bu yerda: S', S" — erkaklar va ayollar uchun gomogamiya indekslari; L, C — nikohga kirgan ayollar va erkaklar soni; A — ulaming orasidagi nikohlar soni; T— nikohlarning umumiysoni. Ikkala jins uchun gomogamiya indeksi ayollar va erkaklar uchun topilgan indeksning geometrik o'rtacha qiymati bo'yicha aniqlanadi. Gomogamiya indeksi +1 dan 0 gacha, ya'ni juftlikning ushbu xususiyatlariga nisbatan maksimal moyillikdan butunlay befarqlikkacha o'zgarib turadi. Agar nikoh juftlarini tiklashda ma'lum guruhdagi juftlikning nikohiga nisbatan salbiy munosabat kuzatilsa, ya'ni {AT- CL)<0, geterogamiya indeksi quyidagicha aniqlanadi: a = (AT- CL)/CL = AT/CL ~ 1.
Shunday qilib, aholining nikoh tarkibini tahlil qilishda nikohning umumiy, maxsus, yosh va yig'indi koeffitsientlari hamda nikoh indeksidan foydalaniladi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin