O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə40/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

Nikoh holati — demografik tahlildagi aholining muhim tarkibiy tavsifi bo'lib, muayyan vaqtdagi nikoh jarayonidir. Nikoh holati nikoh yoshida bo'lgan erkak va ayollar mutlaq sonining aholining o'rtacha yillik soniga nisbati orqali aniqlanadi. Mazkur ko'rsatkich aholining ro'yxatga olish ma'lumotlariga ko'ra aniqlanadi. Masalan, 1897 va 1926 yillarda o'tkazilgan aholi ro'yxatida nikoh holatining quyidagi turlari inobatga olingan: hech qachon nikohda bo'lmaganlar, nikohdagilar, bevalarva ajrashganlar. 1979 va 1989 yillarda o'tkazilgan aholi ro'yxatlarida ajrashganlar, lekin amalda birga yashayotgan shaxslar turkumi qo'shilgan. Bundan tashqari, 1939, 1959 va 1970 yildagi ro'yxatlarda aholi faqat nikohda bo'lganlar va nikohda bo'lmaganlarga ajratilgan.
Aholining nikoh holatiga aholining yosh-jinsiy tarkibi, birinchi nikohdan o'tuvchilarning o'rtacha yoshi, oldingi tug'ilish darajasi ta'sir etadi. Har bir avlod ma'lum bir tarixiy sharoitda shakl-langanligi uchun ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy omillar: aholining nikoh institutiga munosabatini belgilovchi ijtimoiy xulq me'yorlari, iqtisodiy inqirozlar, ijtimoiy va siyosiy ziddiyatlar (urush, inqilob, qatag'on) nikoh holatiga ta'sir ko'rsatadi.
Nikoh holatiga yosh tarkibining ta'sirini belgilovchi eng qulay ko'rsatkich — bu nikohning u yoki bu holatidagi o'rtacha yashash muddatidir. Masalan, nikoh holatidagi o'rtacha yashash muddatini aniqlash uchun nikohda turgan ayollar va erkaklar sonini, o'zlari mansub bo'lgan yosh guruhlarining intervali kattaligiga ko'pay-
tirilib, hosil bo'lgan ko'paytmalar qo'shiladi. Biroq, bu usul bilan hisoblangan ko'rsatkichlarda nikoh holatiga o'limning ta'siri hisobga olinmagan bo'ladi. Mazkur ko'rsatkich nikohda turganlar haqidagi ma'lumotlarni standartiash imkonini beradi, shu sababii ulardan qiyoslash uchun foydalanish mumkin. Bu interval, ko'pincha 15-49 yoshdagi ayollarning reproduktiv vazifalarini amalga oshirishlarini nikohda turganliklarining davomiyligiga bog'liqligini hisoblash uchun qo'llaniladi.
Mutlaq nikohsizlik darajasi odatda aholining 50 yoshgacha bo'lgan va hech qachon nikohda bo'lmagan ayol va erkaklar soni bilan tavsiflanadi. Bu ko'rsatkich tadqiqot olib borilayotgan avlodlarning qancha qismi nikohga kirmaganligini ko'rsatadi (5.2-jadval).
5.2-jadval Mutlaq nikohsizlik darajasi mezoni



Mutlaq nikohsizlik ko'rsatkichi, %

Nikohsizlik darajasi

5 dan kam

past

5-9

o'rtacha

10 va undan yuqori

vuqori

Bugungi kunda O'zbekistonda aholining mutlaq nikohsizlik darajasi past hisoblanadi, ya'ni 5,0 foizdan kamni tashkil etadi. Aholi ro'yxati ma'lumotlaridan olingan hisob-kitoblar shuni ko'rsatadiki, turli yoshdagi ayollar (real avloddagi) orasida mutlaq nikohsizlik darajasi faqat urush yillari va undan keyingi nikoh bozorining deformatsiyasi davridagina yuqori bo'lgan.
Nikohga kirishning umumiy chastotasini o'lchovchi ko'rsat-kichlarga nikohning umumiy va maxsus koeffitsientlari kiradi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin