Pushtlilik — aholi tug'ilishi va takrorbarpo bolishining asosi, muayyan sondagi farzandlarni dunyoga keltirishning biologik qobiliyatidir. An'anaviy ravishda, pushtlilik ayolning dunyoga keltira oladigan farzandlar soni bilan o'lchanib, er va xotinning irsiy xususiyatlari va salomatligi, shuningdek, ulardagi biologik jihatlarning bir-biriga mos kelishi bilan (biologik yoki irsiy moslashuv) bog'liq boiadi. Nazariy jihatdan qaraganda, yakka homilali tug'ilishlar soni juda katta, ya'ni 0-35 atrofida bo'lishi mumkin. Biroq, pushtlilik maksimumi kam hollarda amalga oshadi va bunga tabiiy (tug'ishdan keyingi tozalanish) hamda keyinchalik paydo bo'ladigan omillar (tug'ishdagi asoratlar, abortlar tufayli sog'liqni yo'qotish) sabab bo'ladi.
Pushtlilikni real baholashning bevosita usullari mavjud emas. U bilvosita hisoblanadi yoki farzand bo'lish ehtimoli — urug'-lantirish orqali yoki tabiiy tug'ilish orqali, nikohda bo'lgan ayol-lardagi tug'ilishni hisobga olish vositasida, bunda er va xotinning umumiy salomatligi va homiladorlikning oldini oluvchi vositalardan foydalanmaslik hamda abort qilmaslik shartlari hisobga olinadi. Ushbu ma'noda tabiiy tug'ilish reproduktiv mayl variantlaridan biri sifatida talqin etilishi mumkin. Mavjud baholarga ko'ra, insonning o'rtacha pushtliligi 13 tadan 17 tagacha bo'lib, bunda ayol doim nikohda turib, farzand ko'rishiga tabiiy va sun'iy to'siqlar bo'lmasligi lozim. Mazkur sharoitlar ideal hisoblanib, real hayotda uchramaydi (masalan, erkaklarning yuqori o'limi
sababli). Shu bois, 10-12 ta tug'ilish butun hayot davomida yoki 12-15 ta tug'ilish haqiqatga yaqinroq (bunga o'lik tug'ilgan chaqaloqlar va abortlar ham kiradi). Tabiiy tug'ilishning biologik chegarasi ushbu doirada belgilanadi.
Reproduktiv yosh mobaynida pushtlilik 15 yoshdan 50 yoshgacha davom etadi. Pushtlilikning maksimal ko'rsatkichlari 20-30 yosh oralig'ida kuzatilib, so'ng asta-sekin pasayib boradi.
Oila muhitida tug'ilishni cheklash amaliyoti bo'lmagan hollarda tabiiy tug'ilish chegaralari nikohning ijtimoiy mayl (birinchi nikohga kirish yoshi, qayta nikohga kirishning tarqalgani) me'yor-lari asosiy nikoh yoshlari va reproduktiv davrdagi jinslar mutano-sibligi (15-49 yosh), shuningdek, ushbu aholi guruhlaridagi o'lim darajalari bilan tartibga solinadi. Bu ko'rsatkichlarning ijobiy mutanosibligi sharoitlarida tug'ilish darajasi bir nikohga o'rta hisobda 8 tadan to'g'ri keladi.
Pushtlilik reproduktiv mayl, awalo, reproduktiv salomatlik omillaridan biri hisoblanadi. Aholining kam farzandli oila modeliga intilishi sharoitlarida mavjud pushtlilik juda baland bo'lib, hozirgi oilalarda tug'ilishni ongli tarzda rejalashtirish (oiladagi farzandlar sonini tartibga solish) keng tarqalgan. Shu nuqtai nazardan tabiiy tug'ilish konsepsiyasi rivojlangan mamlakatlarga xos reproduktiv maylning gipotetik modeli sifatida namoyon bo'ladi.