O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə56/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

Shartli avlodlar usuli statistik axborot yetarli bo'lganligi sababli tug'ilish tahlilidagi eng asosiy usul hisoblanadi. Mazkur usul joriy statistik qayd etishning standart ma'lumotlariga, ya'ni ma'lum vaqt mobaynida tug'ilganlar va ayollar soniga asoslanadi. Bunda reproduktiv yoshdagi ayollar guruhi turli yilda tug'ilgan, biroq bir vaqtning o'zida yashayotgan ayollardan tashkil topgan shartli avlod sifatida chiqadi. Boshqacha qilib aytganda, agar real avlodlarga nisbatan «tengdoshlar» tushunchasi qo'llanilsa, shartli avlodlar uchun «zamondoshlar» tushunchasi to'g'ri keladi. Afti-dan, shartli avlodga kiruvchi har xil yoshdagi ayollar turli hayotiy tajriba, bolalikka moyillik va h.k. larga ega. Muayyan yillarda tug'ilish darajasi o'zgarib turganligi sababli, shartli avlodni tashkil etuvchi ayollar avlodining soni bir xil emas. Nihoyat, asosiy nikohga moyil va reproduktiv yoshdagi jinslar nomutonosibligi muayyan yosh guruhlaridagi tug'ilish miqdoriga ta'sir ko'rsatadi.
Shartli avlodlarning tug'ilish darajasi turli koeffitsientlar yorda-mida aniqlanadi. Ular ma'lum vaqt davomida (odatda, 1 yilda) tirik tug'ilganlar hamda aholining umumiy soni, shuningdek, uni jinslar, yoshlar, nikoh holatiga ko'ra taqsimlanishi o'rtasidagi mutanosiblikka asosan hisoblab chiqiladi.
Tug'ilish koeffitsientlari an'anaviy tarzda uch guruhga ajrati-ladi: umumiy, maxsus (erkaklar va ayollar) va qismli (yosh bo'yi-cha, kumuliyativ, tug'ilishlar ketma-ketligiga ko'ra va h.k.).
Tug'ilish intensivligining umumlashtirilgan ko'rsatkichlari — bu tug'ilishning yig'indi koeffitsienti hamda aholi takror barpo bo'lishining brutto-koeffitsientidir. Aksariyat koeffitsientlar an'anaviy tarzda har 1000 kishi yoki alohida yosh guruhi uchun hisoblanadi. Tug'ilishning yig'indi koeffitsienti bundan mustasno.
Tug'ilish ko'rsatkichlarini tavsiflashda tug'ilishning umumiy koeffitsientidan foydalanilib, u muayyan davrda tug'ilganlar umumiy miqdorining o'sha davrdagi aholining o'rtacha soniga bo'lgan mutanosibligini ifodalab, quyidagi formuJa yordamida hisoblanadi:

Bu yerda: n — tug'ilishning umumiy koeffitsienti; N — o'rganilayotgan davr mobaynida tirik tug'ilganlarning umumiy miqdori; / — o'rganilayotgan davr davomiyligi (yillar); p — o'rganilayotgan davrdagi aholining o'rtacha soni. Agar koeffitsient bir yil uchun hisoblansa, u holda t = 1 bo'ladi.
Masalan: 2009-yili O'zbekistonda tug'ilganlar soni 649 700 kishini, doimiy aholi soni 28 000 800 kishini tashkil etgan. U holda respublikada tug'ilishning umumiy koeffitsienti quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi:

Tug'ilishning umumiy koeffitsienti, ayniqsa, statistik qayd qilish tizimi sust rivojlangan hududlarda keng qo'llanilib, axborotni hisobiashning oddiyligi bilan izohlanadi. Tug'ilish umumiy koeffitsientining asosiy kamchiligi — aholining yosh-jinsiy tarkibi bilan uzviy bog'langanligi, aniqrog'i, surat va maxraj o'rtasidagi aniq namoyon bo'lgan farqdir. lining suratida reproduktiv yoshdagi ayollarda tug'ilgan bolalar soni tursa (ularning jami aholidagi ulushi 25 %dan 30 %gacha bo'ladi), maxraj esa jami aholi (erkak, ayoi, bolalar, mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholi va qariyalar) soniga teng. Bu yerdagi asosiy muammo qariyalar soni bilan bog'liq, ya'ni tug'ilishning keskin kamayishi aholining quyidan keksayishiga olib keladi. Shu tariqa, tug'ilishning yosh guruhlari bo'yicha intensivligi teng bo'lganda aholi tarkibida qariyalar salmog'i oshgan sari tug'ilish umumiy koeffitsienti pasayib boradi. Quyidagi jadvallarda tug'ilishning umumiy koeffitsientini baholovchi mezonlar keltirilgan.
6.2-jadval

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin