O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə58/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

Tug'ilishning yosh koeffitsienti — bu x yoshdagi onalarda bir yilda tug'ilgan bolalar sonining ushbu yoshdagi barcha ayollar soniga bo'lgan munosabati bo'lib, u quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Bu yerda: Nx — x yoshli ayollarda tug'ilgan bolalar soni; W x yoshidagi ayollar soni.
Nikoh va reproduktiv mayl me'yorlarining faol o'zgarishlari sharoitida nikoh haqidagi qarashfarning o'zgarishi va rasmiy qayd qilinmagan juftliklarning keng tarqalishi sababli tug'ilish va uning yoshi bo'yicha xususiyatlarining tahlilida onaning nikohlilik maqo-mi bilan bog'liq holda tug'ilishning ro'y berishi katta ahamiyatga ega. Bunday tahlilning to'la shakli faqat aholini ro'yxatga olgan yillarda o'tkazilishi mumkin, chunki o'sha davrda turli yoshdagi ayollarning nikoh bo'yicha taqsimlanishiga doir ma'lumotlar jamlanadi. Tug'ilishning joriy qayd qilinishi faqat mazkur yildagi umumiy tug'ilganlar orasida nikohsiz tug'ilganlar ulushini aniqlash imkonini beradi.
Nikohda va nikohsiz tug'ilish holati o'rganilganda qator jihatlarni e'tiborga olish zarur. Birinchidan, ayollarning nikohlilik maqomi ularning so'zlariga ko'ra qayd qilinib, bunda hujjatlar bilan tasdiqlanish talab qilinmaydi. Biroq, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish idoralarida bola qayd etilayotganda esa onaning (ota-onaning) nikohlilik maqomi nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma yordamida aniqlanadi. Ikkinchidan, nikohsiz tug'ilgan bolalar orasida quyidagi ikki toifa mavjud: ota-onaning birgalikda bergan arizasiga ko'ra qayd etilgan va onaning arizasiga ko'ra qayd etilgan bolalar. Birinchi toifa ko'proq uchraydi. Nikohsiz tug'ilishning keng tarqalib borishi norasmiy nikoh ittifoqlarining
soni o'sishi bilan bog'liq. Masalan, statistik ma'lumotlarguvohlik berishicha, Frantsiyada barcha bolaJarning 40 fo\z\ nikohsiz (nikohdan tashqari, noqonuniy holda) tug'iladi.
Real avlodlardagi kabi shartli avlodlar uchun ham sun'iy tashkil etilgan avlod tug'ilishi darajasini tasnifiovchi umumiashtirilgan ko'rsatkich mavjud. Bu tug'ilishning yig'indi koeffitsienti hisob-lanib, u berilgan shartli avlodga mansvsb bir ayol tomonidan hayoti davomida (reproduktiv davrda) dunyoga keltirgan farzandlarning o'rtacha sonini ifodalaydi. 5-yillik yosh guruhlari bo'yicha koeffi-tsientlardan foydalanilganda, tug'ilishning yig'indi koeffitsicntini aniqlash formulasi quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi:

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin