* MepKOB A.M., Cyxape6cKHH JI.M. CraTHCTHKa Ha onyxGe Hapoa-Horo 3JiopoBwr. - MocKBa, 1968. - C.48.
Standartlashtirishning ikki — bevosita va bilvosita uslublari mavjud. Ularning farqi quyidagilardan iborat: birinchi uslubda standart sifatida aholining muayyan yosh tarkibi olinadi. Bilvosita uslubda esa standart sifatida aholining muayyan yosh guruhlaridagi o'lim koeffitsentlari olinadi.
Birinchi uslub yosh tarkibidagi farqlanishlarni aniq ta'riflaydi, lekin uni qo'llashdagi befoydalilik shundaki, agar taqqoslanayotgan hududlarda yosh guruhlari bo'yicha o'lim koeffitsentlari mavjud bo'lsa, u holda standartlashtirishga o'z-o'zidan ehtiyoj qolmaydi.
Ikkinchi uslubda birmuncha noaniqliklar mavjud bo'lsa-da, u yosh guruhlari o'limiga tegishli axborot mavjud emasligida qo'llaniladi.
Standartlangan o'limkoeffitsentlarini bevosita uslubda hisob-lash. Hisoblashning dastlabki bosqichida — o'limning umumiy koeffitsentining Lkki hudud uchun (hududlararo taqqoslaganda) amaldagi mutanosiblik indeksi aniqlanadi.
Bu indeks ikkita taqqoslanayotgan hududda o'limning umumiy koeffitsientlari o'rtasidagi farqlarga ikki omil, ya'ni o'limning yosh xususiyatlari va yosh tarkiblarining ta'sirini umumlashtirilgan ko'rinishda ko'rsatadi. Ularning har biri tomonidan o'tkaziladigan ta'sirni aniqlash uchun quyidagi amallarni bajarish lozim:
Birinchidan, har bir sana (hudud) uchun o'limning standartlangan koeffitsentini hisoblab chiqish:
Bu yerda: m\ — 1-hududdagi o'limning yosh guruhlari
koeffitsenti, m\ — 2-hududdagi o'limning yosh guruhlari
koeffitsenti; wx— standart sifatida olingan aholi tarkibidagi yosh guruhining ulushi.
Ikkinchidan, standartlangan koeffitsentlarning mutanosiblik indeksini hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
Mazkur indeks yosh guruhlari bo'yicha oiim darajalaridagi farqlarning hududlar bo'yicha ko'rsatkichlarning farqlanishlariga qo'shgan hissasini ifodalaydi, uni amaldagi indeks bilan taqqoslaganda yosh tarkibining o'limning umumiy koeffitsenti darajalaridagi mavjud farqlarga qo'shgan hissasi namoyonbo'ladi. U quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
)
Standartlashgan o'lim koeffitsentlarini bilvosita uslubda hisoblash. Mazkur uslub ikki taqqoslanayotgan hudud uchun faqat ikkita ko'rsatkich ma'lum bo'lgan hollarda qo'llaniladi, bu o'lganlarning umumiy soni hamda yosh tarkiblari. Mazkur usul asosida quyidagi uslubiy yondashuv turadi: o'lganlarning umumiy soni barcha yosh guruhlari bo'yicha o'lganlar sonining yig'idisi bo'lib, o'z navbatida, bular ushbu yoshdagi aholi sonining yosh guruhlari o'limi koeffitsentining ko'paytmasi ko'rinishida ifodalanadi:
Keyingi qadam, bu har bir hududdan o'lganlarning standart-langan sonini hosil qilish. Buning uchun har qanday boshqa hudud (standart sifatida olinadigan bu hududdagi o'lim darajalari taqqoslanayotgan hududlarda kutiladigan o'lim darajalaridan keskin farq qilmasligi maqsadga muvofiq) uchun ixtiyoriy yosh bo'yicha o'lim koeffitsentlarini tanlab olish zarur.
Hududda o'lganlarning amaliy sonini standartlangan soniga taqsimlab, hududdagi yosh bo'yicha o'limning amaliy ko'rsat-kichining standart sifatida tanlangan yosh bo'yicha o'lim ko'rsatkichidan qanchaga farq qilishini ifodalovchi indeksiga ega bo'linadi.
Hududlararo taqqoslashdan tashqari, standartlashtirish uslubidan muayyan guruhdagi aholi doirasida dinamik tahlil o'tkazish jarayonida foydalanish mumkin. Standart sifatida o'rganilayotgan aholi guruhiga tegishli muayyan songa oid ba'zi
ma'Iumotlar yoki boshqa shu guruhga o'xshash aholiga tegishli ma'lumotJar tanlanishi mumkin. Bunda standart uchun tanlangan aholi guruhi epidemiologik o'tish holatining taraqqiyotiga ko'ra tadqiq etilayotgan aholi guruhiga yaqin bo'Iishi lozim. Aks holda olingan ma'Iumotlar ishonchli bo'lmasligi ehtimoli katta.
O'limning yosh bilan chambarchas bog'liqligi har bir yosh guruhida o'ziga xos o'lim sabablarining mavjudligi va uning yo'nalishlari evoiyutsiyasini ta'riflash uchun yosh guruhlari bo'yicha o'lim koeffitsentidan foydalaniladi va u o'limning umumiy koeffitsentiga nisbatan aniqroq maxsus ko'rsatkichdir. Ushbu koeffitsentni bir xil yoshdagi aholi guruhlari uchun hisoblash eng yuqori samara beradi. Biroq, ko'pchilik hollarda ularni hisoblash uchun kerakli ma'Iumotlar etishmaydi.
Aholi o'limining statistik tahlilida 5 yillik yosh guruhlarga hisoblab chiqiigan koeff/tsentlardan foydalanish keng tarqalgan. Yosh guruhlari bo'yicha o'lim koeffitsentlarida jinsiy tarkib guruhlarida katta farq kuzatilgani bois, ushbu koeffitsentlar erkaklar va ayollar uchun alohida hisoblanadi.
Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:
Bu yerda: Mx— x yoshida o'lganlar soni (jmsi bo'yicha); Rx— yoshidagi aholining o'rtacha yillik soni (erkaklar yoki ayoliar).
Yosh guruhi bo'yicha o'lim koeffitsentlari o'limning alohida sabablariga ko'ra ham hisoblanishi mumkin. Bu holda, formulada surat qismida o'lganlarning umumiy soni o'rniga mazkur yosh da ma'lum sabablardan vafot etganlar soni yoziladi. Agar bunday hisob-kitoblarda barcha o'lim sabablari uchun bajariladigan bo'lsa, olingan koeffitsentlar yig'indisi ushbu aholi guruhi uchun umumiy yosh guruhi bo'yicha o'lim koeffitsentini ifodalaydi.