7.4. Chaqaloqlar o'limi Chaqaloqlar o'limi aholi salomatligining asosiy ko'rsatkich-laridan biri hisoblanib, u mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini, aholining demografik holatini, tibbiy xizmat sifatini,
sanitariya-epidemiologiya, profilaktika va davolash ishlarining samaradorligini ko'rsatuvchi barometr indikatoridir.
Chaqaloqlar oiimideganda, bir yoshgacha bo'lgan (ya'ni,
oydan 12 oygacha) bolalar o'limi, bolalar o'limi deganda esa
yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan aholi guruhinuig o'limi tushu-niladi.
Bir yoshgacha bo'lgan o'lim ko'rsatkichlarining aksariyati boshqa yosh guruhlari o'limidan yuqoriroq bo'lib, ushbu davrdagi o'lim elitimolini 55 yoshga yetganlarning oiim ehtimoli bilan taqqoslash mumkin. Mazkur ko'rsatkichning boshqa yosh koef-fitsientlaridan farqi shundaki, u o'ziga xos hisoblash usuli yorda-mida aniqlanadi hamda muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega. Chaqaloqlar o'limi onalar o'limi darajasi bilan bir qatorda u reproduktiv salomatlik holatini hamda pediatriya va boshqa xizmatlar sifatini ham ko'rsatadi.
Inson hayotining birinchi yili quyidagi uch davrga ajratilib, bu davrlar o'lim ehtimoli ustun keluvchi patalogiya bilan tavsiflanadi.
1. Perinatal davr— homilaning 28 haftadan boshlab, chaqaloq hayotining dastlabki 7 sutkasigacha bo'lgan davrni qamrab oladi. «Perinatal o'lim» tushunchasi birinchi marta S.Pefler (1948 y.) tomonidan qo^Uanllgan bo'Hb, tarjima qilinganda «tug'ruq atrofidagi yo'qotish», degan ma'noni anglatadi.
Perinatal davr homila va yangi tug'ilgan chaqaloq hayotidagi eng muhim davr bo'lib, unda o'lim ehtimoli yuqori bo'ladi (o'z vaqtiga yetmay erta tug'ilgan chaqaloqlarni ham hisobga olgan holda). Ushbu davrga hayotning birinchi yilidagi o'limining 70 foizi to'g'ri keladi.
Mazkur davrga homila rivojlanishidagi sharoit va mexanizm-larning kompleks ta'siri, uning tug'ilish va hayotning dastlabki 7sutkasi (168 soat) sharoitlari, shuningdek, uning tug'ilishiga, tug'ilayotganida yoki tug'ilishi bilanoq o'lishi ehtimolini nazarda tutuvchi perinatal o'lim tushunchasi va ko'rsatkichiga xosdir. Uning kattaligi (ayniqsa, hududlararo va davlatlararo taqqos-langanda) onaning reproduktiv salomatligi hamda hayotining darajasi, tug'ishda yordam ko'rsatuvchi xizmat holati va umumly
tibbiy hamda ijtimoiy rivojlanishning boshqa tomonlarini tavsiflaydi.
Perinatal o'lim dinamikasi (ko'rsatkichning keskin o'zgarib turishida), shuningdek, chaqaloqlar o'limining statistik qayd etilishidagi noaniqliklarni aks ettirishi mumkin, chuiiki ushbu davrdagi o'lganlar soni ham tirik, ham o'lik tug'ilganlarning umumiy soni bilan taqqosianadi.
Bu yerda: r— perinatal o'lim koefiitsienti; r— o'lik tug'ilganlar soni; / — hayotining birinchi 7 kunigacha o'lganlar soni; / — barcha tug'ilganlar soni (tirik va o'lik).
Perinatal davrdagi homilaning o'limidagi asosiy sabablar asfiksiya (45 foiz atrofida), repirator kasalliklar (20 foiz atrofida), tug'ma kamqonlik (13-15 foiz), tug'ishdagi shikastlanish (7-9 foiz) va bachadon ichidagi infektsiyalar (2 foiz atrofida) hisob-lanadi.