O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Chaqaloqlar o'limi koeffitsentini baholash mezoni



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə70/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

Chaqaloqlar o'limi koeffitsentini baholash mezoni



Chaqaloqlar o'limi koeffitsentining miqdori, %e

Chaqaloqlar o'limi darajasining tavsifi

10 dan kam

Past

10-19

O'rtacha

20-29

Yuqori

30 va undan ko'p

Juda baland

O'zbekistonda har ming nafar tirik tug'ilgan chaqaloqqa nis­batan o'lganlar soni respublikada — 14,9, shaharda — 10,7, qish-loqjoylarida esa 17,4 nafarni tashkil etadi. 7.3-jadvaldagi baholash mezonidan ko'rinib turganidek, respublika va uning hududiarida chaqaloqlar o'limi o'rtacha darajada hisoblanadi.
Statistik ma'lumotlarga qaraganda, O'zbekistonda chaqaloqlar o'limi yil sayin kamayib bormoqda. Mazkur holat, birinchi navbatda, quyidagi demografik omillarga bog'liq: oilada tug'ilayotgan bolalar sonining kamayishi, farzandlar tug'ilishi orasidagi davrning uzayishi, tug'ish yoshi yuqori chegarasining pasayishi, go'dak yoshidagi bolalarning sog'Iigini mustahkamlash, onalikni muhofaza qiiish, emizishni targ'ib qilish, bolalarda o'tkir respirator va diareya kasalliklariga qarshi kurashish.
Shunday qilib, chaqaloqlar o'limi aholining takror barpo bo'-lishida muhiin hisoblanib, tibbiy xizmat sifati, sanitariya-epidemiologiya, profilaktika va davolash ishlarining samaradorligiga bog'liq.
7.5. O'lim jadvali va uni tuzish tartibi
Demografiyaning asosiy vazifalaridan biri aholining o'rtacha umr ko'rish darajasini aniqlashdan iborat. Umrning o'rtacha davomiyligi deganda, joriy yilda tug'ilgan avlodning (ularning hayoti davomida shu yilda hisoblangan har xil yoshdagi o'lim ko'rsatkichi o'zgarmas bo'lib qolganda) o'rtacha umrga - yashashga to'g'ri kelgan yosh soni tushuniladi. Umrning o'rtacha uzunligini aniqlash uchun demografiyada o'limni tahlil qilishning asosiy usullaridan biri bo'lmish o'lim jadvalini (ba'zan hayot yoki yashash jadvali deb ham ataladi) tuzish kerak bo'ladi. Joriy yilda ayrim yoshlardagi o'lim ko'rsatkichlariga asoslangan holda aholining hayoti mobaynida kamayib borishini ko'rsatuvchi va bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lgan ko'rsatkichlar tizimidan tashkil topgan jadvalga o'lim jadvali deyiladi.
O'lim jadvali aholisi 100 000 dan kam bo'lmagan hududlarda, shahar va qishloqlarda erkaklar va ayollar uchun alohida hisob-lanadi. Odatda, bunday jadvallar davlat tomonidan aholini ro'yxatdan o'tkazish davriga bog'lab tuziladi va bosqichma-bosqich hisoblashlar va ma'lumotlar olish natijasida umrning o'rtacha davomiyligi ko'rsatkichi olinadi va u aholi salomatligining asosiy ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi. O'lim jadvalini inglizcha, hayot jadvali (life tables) deyilishi bejiz emas, chunki u faqat o'lim haqidagi model bo'lmay, balki avlodlar harakati haqidagi model hamdir.
O'lim jadvalining ikkita asosiy varianti farqlanadi: real (bir yilda tug'ilganlar, ya'ni tengdoshlar) va shartli (bir kalendar yilda yashovchi
zamondoshlar) avlodlar. Birinchi guruh o'lim jadvaliga bir vaqtda demografik hodisani (masalan, nikohga kirish) boshidan kechirgan insonlarguruhi uchun hisoblangan jadvailar kiradi. O'lim dinamikasi uchun amalda shartli avlodlarning o'lim jadvali qo'llaniladi.
Boshlang'ich axborot bilan bog'liq holda (yosh guruhlari bo'yicha o'lim koeffitsienilari) to'liq va qisqa o'lim jadvallari farqlanadi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin