8-bob. AHOLI SALOMATLIGI 8.1. «SaloraatIik'> tushunchasining mohiyati va tarkibi Aholi salomatligi borgan sari yuqori darajadagi ijtimoiy rivoj-lanishning integratsiyalashgan ko'rsatkichiga aylanib bormoqda. Shu munosabat bilan aholining salomatligini mustahkamlash, sog'liqni saqlash muassasalarining kasalliklarning oJdini olish va profilaktika qilish borasidagi faoliyatining samaradorligini oshirish iqtisodiy ahamiyat kasb etadi.
Aholi salomatligining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyo-tidagi o'rni, kasalliklar va ularning oldini olish, aholi salomatligini mustahkamlash borasidagi siyosat to'g'risida gapirishdan oldin, «sog'liq» tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy mazmun-mohiyatini ochib berish lozim.
Garchi bugungi kunga qadar sog'liq, salomatlikka bag'ishlangan ilmiy adabiyotlarda turli uslubiy yondoshuv va kategoriyalarga asoslangan qator tushunchalar berilgan bo'lsa-da, «sog'liq» tushunchasining umume'tirof etilgan talqini mavjud emasligini tan olish kerak. «Sog'liq» tushunchasining mohiyatiga bo'lgan turli qarashlar va yagona kelishilgan fikrni ishlab chiqishga muyassar bo'linmaganligini salomatlikning juda murakkab hodisa ekanligi, uning o'ziga xos va muhim jihatlarini qisqa hamda bir ma'noli tarzda ifodalash mushkulligi bilan izohlash mumkin.
«Sog'liq» va «kasallik» tushunchalarining mazmun va mohiyati, ularning asosiy tavsifi, ko'rsatkichi, baholarini yoritib berish nafaqat tibbiy, balki ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat ham kasb etadi. Ular kasallanish miqyosini hamda bu bilan bog'liq turli davolash-profilaktik yordam tomonlari va sog'liqni saqlash tizimining alohida bo'g'in, bo'linmalari o'rtasida moddiy, mehnat, moliya zaxira-laming taqsimlanishini aniqlash uchun boshlang'ich yo'naltiruvchi tayanch hisoblanadi. Shuningdek, ular mamlakatdagi hayot va
mehnat resurslari, salomatlik omilining ishlab chiqilishiga hamda ishiab chiqarish samaradorligiga qisqa va uzoq istiqbolda ko'rsatadigan ta'sirini baholashga, tibbiy xizmat ko'rsatish tizimini tobora rivojlantirish yo'llarini belgilashga xizmat qiladi.
«Sog'liq» tushunchasiga berilgan mavjud talqinlarni batafsil va tanqidiy ko'rib chiqish imkoni bo'lmaganligi bois, biz ba'zi ta'rif va yondoshuvlarga to'xtalib o'tamiz.
Ta'kidlash lozimki, «sog'liq» tushunchasiga berilgan aksariyat ta'riflarda insonning ruhiy-salomatlik holati, sog'liqning sub'yektiv yoki ob'yektiv baholanishi, individning biologik va ijtimoiy vazifalarni amalga oshirish qobiliyati kabi mezonlar o'z aksini topgan. Jumladan, «salomatlik» tushunchasiga birinchi mezonning qo'llanilishi, ya'ni insonning ruhiy-salomatlik holatlari — normal flziologik va patologik holatlari «kasallik» hamda «qoniqarsiz sog'liq» kabi tushunchalarning paydo bo'lishiga olib keladi. Bunday yondoshuv yetarlicha samarali emas, chunki uning doirasida salomatlik va kasallik o'zlarining qarama-qarshiligida statik holatlar sifatida namoyon bo'lishi tushuniladi. Shuningdek, «salomatlik» tushunchasiga berilgan ta'riflarda uni sub'yektiv jihatdan baholash mezoni ham qo'llanilgan. jumladan, Gippokrat: «Salomatlik — bu insonning sub'yektiv-ruhiy hissi bo'lib, u to'liq jismoniy va ruhiy kuchlarni his qilgan tarzda sub'cktiv shikoyatlarning yo'qli-gidir»' — deb talqin qilgan. Salomatlikni baholashdagi bunday sub'yektiv mezonning qo'llanilishi ma'lum shubhalarni tug'diradi. Masalan, bir qator kasalliklar organizmning ichki muhitida ro'y beradigan patalogik o'zgarishlar bilan birga salbiy sub'yektiv hislarsiz kechishi mumkin. Ayni vaqtda insonning sub'yektiv hislarini etarlicha hisobga olmaslik ham mumkin emas. Chunki, ular ko'pchilik hollarda kasallikning rivojlanish tarixi asosini taslikil qiladi. Mazkur omil, o'z navbatida, kasallik holatlarini aniqlashdagi hamda davolash-profilaktik choralarni o'z vaqtida qo'llanilishidagi muhim dastlabki manba sanaladi.
Inson organizmining funktsional holatlarini faqat ob'yektiv baholaganda «saJomatlik» kishi organizmining atrof-muhit talab-lariga optimal moslashishi sifatida, «kasallik» esa moslashishdagi funktsional yetishmovchilik sifatida talqin qilinadi. Mazkur talqinning qo'llanilishi salomatlikning ham sifat, ham miqdor tavsiflarining hisobga olinishini talab qiJadi.
Bugungi kunda aholi salomatligini ob'yektiv baholash mezo-nining individning o'ziga xos bo'lgan bioiogik va ijtimoiy vazifalari, ijtimoiy foydali faoliyatini bajarish qobiliyati sifatida qo'llanilishi «sog'lom inson» tushunchasining vujudga kelishiga zamin yaratdi. Bunday holatda organizmda mavjud patologik o'zgarishlar kishining ahvoli va qobiliyatiga sezilarli darajada ta'sir qilmaydi. Biroq, mazkur holatda inson organizmining mehnatga qobiliyat-likka sarf qiladigan qiymati hisobga olinmaydi.
Bizning nazarimizda, yuqoridagilardan kelib chiqadigan bo'l-sak,-salomatlikning yagona integral mezon sifatida ta'riflanishi o'zini oqlamaydi. Chunki, inson organizmidek murakkab tizimda kechadigan jarayonlar dialektikasi, ularni o'rganishga bo'lgan tizimli omillarsalomatlik holatini baholashda kompleks mezonlarni ishlab chiqish va qo'Ilashni talab etadi. Mazkur ko'rsatkichlarga sub'yek-tiv, ob'yektiv, funktsional va fiziologik ko'rsatkichlarni kiritish lozim.
Ta'kidlash joizki, «kasallik» va «sog'liq» tushunchalari o'rtasida ko'plab o'tish holatlari mavjud. Masalan, ikki ming yil muqaddam Galen quyidagi uchta holatni ajratib ko'rsatgan: sog'liq, kasallik va o'rta holatlar. Ibn Sino olti toifali tasnif yaratgan: birinchi to'rttasi sog'liqning turli holatlariga mos, qolgan ikkitasi — har xil darajadagi kasalliklar1. Ko'pchilik hozirgi olimlar sog'liqni kishining optimal tarzda fiziologik, ruhiy va ijtimoiy-tuyg'uli faoliyatiga layoqatliligi sifatida talqin qiladi. Biroq, amaliyotda unga kasallikning boryoki yo'qligiga ko'ra baho beriladi. Ammo, bunday yondoshuv qo'llanilganda kasallikdan oldingi davr degan holat nazardan chetda qolib, ushbu holda kasallik hali mavjud bo'lmasa-da, organizmning to'ldiruvchi imkoniyatlari pasayadi va funktsional hamda bioximik darajalarda hali ochiq namoyon bo'lmagan o'zgarishlar vujudga keladi. Ana shunday holatda sog'liq bilan kasallik o'rtasidagi o'tish holatini «uchinchi holat» deb ataydilar. «Uchinchi holat» nafaqat o'ziga xos ruhiy-fiziologik maqomdagi insonlarga xos bo'ladi (masalan, tuqqunga qadar va tug'ishdan keyingi davr, klimaks), balki bular qatoriga alkogol ichimliklarai muntazam iste'mol qiluvchi, tamaki chekuvchi va uinuman antigigienik turmush kechiruvchi insonlar ham kiradi. «Uchinchi holat»da (deyarli sog' bo'la turib) kishilar ko'p yillar, hatto butun umr davomida yashashlari mumkin.
Tnson salomatligi va uni baholovchi mezonlarga boigan uslubiy yondoshuvlar turlicha qarashlarni vujudga keltiradi. Masalan, «sa!omatlik» tushunchasining ko'pchilik talqinlarida uni insonning optimal flziologik, ruhiy va ijtimoiy faolikka layoqatliligi sifatida tushuntiriladi. Nafaqat kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari yo'qligi, balki aynan yaxshi faoliyatga ega bo'lishini ham nazarda tutishadi. Ba'zi olimlar «salomatlik» tushunchasini kasallikni moslashuvchi mexanizmlar «sinishi"ning natijasi, deb talqin qiladi. Xususan, I.V.Davidovskiy — «salomatlikni kishidajamlangan barcha biologik va ijtimoiy qobiliyatlar to'liq namoyon bo'ladigan hamda orga-nizmning barcha muhim hayotiy tizimlari imkon qadar jadal va katta tezlikda faoliyat ko'rsatadigan holatidir»' — deb sanagan. D.D.Venediktov esa salomatlikni «organizmning atrofdagi tabiat va ijtimoiy muhit bilan dinamik tenglashish holati»2 — deb ta'riflagan.
So'nggi yillarda sog'liqni baholovchi turli integral uslublar tavsiya etilib, ularda vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik, pro-filaktik ko'rik ma'lumotlari, ayrim kasalliklarning uyg'unlashuvi, atrof-muhit ta'sirida sog'liqning buzilishi va hakozolar hisobga olingan. Bunda alohida sabab omillari va ularning inson sog'ligiga ta'siri darajasi o'rtasidagi bog'liqlikni aniqlash masalasi katta amaliy
ahamiyat kasb etgan. Zero, bunday axborotga tayangan holda salbiy omillarni bartaraf etish hamda ijobiy omiliar ta'sirini kuchaytirish orqali aholi sog'lig'ini boshqarish mumkin bo'ladi. Aynan shu haqda N.A.Vinogradov ijtimoiy gigienani «aholi sog'lig'ini saqlashning holati va dinamikasini hamda ularni shakllantiradigan muhit omillarini, ayniqsa ijtimoiy omillarni o'rganadi, sog'liqqa ijobiy ta'sir etuvchi omillarning rivojlanishiga sharoit yaratadi hamda sog'liqqa salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillarni bartaraf etadi»' — deb yozgan edi.
Iqtisodchi oiimJar imon salomatligini «sarfiar — daromadlar» nuqtai nazardan bahoiaydilar. Masalan, amerikalik iqtisodchi K. Uinslou tarbiya, ta'lim, tibbiy yordamga sarflanadigan mablag', so'ngra oilasi hamda jamiyat uchun mehnat bilan qaytargan mablag'ni hisoblab chiqqan. Uning hisob-kitoblariga ko'ra, 20 yoshgacha bo'Igan davrda harajatlar 20 ming dollarni tashkil etgan, 40 yoshlarga kelib harajatlar qoplana boshlaydi, 60 yoshga kelib «daromad» taxminan 20 ming dollarni tashkil etadi. Shu tariqa sog'lom insonlarda mehnatlari evaziga salomatligining narxi oshib borsa, kasallarda esa u pasayib boradi2.
Salomatlik nafaqat kasallik va jismoniy nuqsonlarning mavjud emasligi, balki ijtimoiy sog'liqning holatidir. Shu nuqtai nazardan ijtimoiy-gigienik staristj.kada salomatlik deganda — kasaiiikning mavjud emasligi (individual darajada) yoki nogironlik va kasallik, o'lim darajasining kamayisb jarayoni (populyatsion darajada) va sog'liqni his qilish darajasining oshishi tushuniladi.
Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan ^salomatlik* tushunchasiga quyidagicha ta'rif berilgan: «Salomatlik— bu nafaqat kasalliklar va boshqa jismoniy nuqsonlarning mavjud bo'lmashgi, balki, shu bilan birga, to'liq jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jihatdan ijobiy holat hamdir». Mazkur ta'rifni biz mukammal va qoniqtiradigan darajada, deb sanaymiz. Chunki, birinchidan, u juda ham umumiy va noaniq tusga ega bo'Igan «ijobiy» degan so'zga asoslangan; ikkinchidan, bu ta'rif doirasida sog'lom kishi
aslida statik tizim sifatida talqin qilingan. Vaholanki, inson organizmi doimiy o'zgarishlar va taraqqiyot kechimida bo'ladi va bu dinamika jismoniy hamda ruhiy sog'liqning muhim shartlaridan biridir.
Nazarimizda «salomatlik» tushunchasiga akademik V.P.Kazna-cheev tomonidan berilgan ta'rif to'laroq: «Salomatlik — deb yozadi u — faol hayotning maksimal davomiyligida insonning fiziologik, biologik qobiliyatlari, uning optimal mchnatga layoqatliligi, ijtimoiy faolliklarini saqlash va rivojlantirish jarayonidir»!. Fikrimizcha, ushbu ta'rifni ham aniqlashtirish va to'ldirish lozim ko'rinadi. Awalo, ta'kidlash joizki, unga kiritilgan «optimal mehnatga layoqatlilik» tushunchasi insonning bu qobiliyat turini avtomatik tarzda va mos holda yuqori darajada namoyon qilishini, uning iqtisodiy, shu jumladan, ishlab chiqaruvchi va umumiy ishlab chiqarishdagi izlanuvchanlik xulqini faollashtiruvchi jihatlarini nazarda tutmaydi.
Bizningcha, salomathkni insonning jismoniy, ma'naviy, ijtimoiy to'kis holati sifatida e'tirof etish mumkin. Bunday holatda kishi organlari, butun tanasi atrofdagi ishlab chiqarish va ijtimoiy muhit bilan uyg'unlikda yashaydi. Bu ta'rifda salomatlikni tashkil etuvchi uch xil jismoniy, psixologik va ijtimoiy jihat mavjud. Jismoniy saiomatiik barcha organlar va butun organizmning to'kis ishlab turgan tabiiy holati. Psixologik saiomatiik — inson tafakkuri darajasi va sifati, diqqat-e'tibori va xotirasining rivoji, ruhiy barqarorligi va irodasining nechog'lik mustahkamligi bilan belgilanadi. Ijtimoiy saiomatiik — inson salomatligining eng oliy darajasi hisoblanadi va uning muayyan jamiyatdagi hayoti va faoliyatini, ijtimoiy turmushining asosini tashkil etuvchi axloqiy tamoyillarni o'z ichiga oladi. Shu bilan birga, ijtimoiy salomatlikni kishilarning unumli va sifatli hayot kechirishiga imkon beruvchi vosita, milliy xavfsizlikni ta'minlashga yordam beruvchi jamiyatning potentsial va tibbiy-ijtimoiy resurs sifatida qarash lozim. U ijtimoiy, ahloqiy va biologik omillarning majmuali ta'siriga bog'liqdir.
O'z tabiatiga ko'ra, salomatlik tovar, pul tasnifiga kirmaydi, inson uchun oliy qadriyat hisoblansa-da, bozor bahosiga ega emas. Ayni paytda sog'liqni saqlash, mustahkamlash va tiklash katta miqdordagi moddiy va moiiyaviy resurs talab qiladi. Bu esa mara-lakat iqtisodiy salohiyatining rivojlanish darajasi va iqtisodiy o'sish sur'atlari bilan chambarchas bog'liq.
Alioli salomatligi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya hisoblanib, unga qator omillar ta'sir ko'rsatadi (8. l-jadval).
8.1-jadval