O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Aholi salomatligini baholashga doir



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə75/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

8.2. Aholi salomatligini baholashga doir axborot manbalari
Bugungi kunda aholi salomatligini baholashning bir nechta axborot manbalari mavjud. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • aholi o'limi statistikasi;

  • kasallanishlar to'g'risidagi ma'lumotlar.

Aholi o'limi statistikasi demografik hodisalarni joriy qayd qilish doirasida shakllanadi. Uning o'ziga xosligi shundaki, demografik hodisalar ularni yuridik rasmiylashtirish jarayonida kuzatuvga olinadi. Hozirgi davrda demografik hodisalarning joriy qayd qilinishi shahar va tumanlarda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo'linmalari, qishloqlarda esa mahalliy hokimiyat organlari (qishloq fuqarolar yig'ini) tomonidan yoziladigan fuqarolik holatini qayd etish yozuvlari asosida bajariladi.
O'lim holati to'g'risidagi ma'lumotga marhumning qarin-doshlari yoki boshqa shaxslar tomonidan uch kundan kech bo'lmagan muddatda, suiqasd qilib oidirish, o'z joniga qasd qilish,
baxtsiz hodisa tufayli sodir bo'lgan o'lim holati haqidagi xabar esa jasad aniqlangani yoki o'lim sodir bo'lganidan keyin bir sutkagacha muddatda berilishi lozim.
O'lim holati marhum yashagan hududda yoki o'lim sodir bo'lgan joyda shifokor ma'lumotnomasi asosida qayd qilinadi. Shifokorning o'lim to'g'risidaguvohnomasi — bu insonning o'limi va buning sababini tasdiqlovchi hujjatdir. Uni bemorni davolagan yoki o'lim sababini aniqlagan shifokor to'ldiradi.
Ushbu guvohnomada quyidagilar qayd qilinadi: o'lim sodir bo'lgan joy (shifoxona, uy, boshqa joyda), marhumning doimiy yashash joyi, jinsi, familiyasi, ismi, otasining ismi, tug'ilgan va o'lgan sanasi (sana, oy, yil), o'limga olib kelgan kasallik, baxtsiz hodisa (ishlab chiqarish bilan bog'liq yoki bog'liq boUmagan), suiqasd, o'z joniga suiqasd qilish natijasida ro'y berganini aniqlab ko'rsatilishi, o'lim sababi qaysi shifokor tomonidan aniqlangan (endigina o'limni qayd etgan, marhumni davolab turgan, patologo-anotom, sud-tibbiy eksperti) va qanday tibbiy muassasa tomonidan guvohnoma berilgani.
Tibbiyot muassasasida shifokor bo'lmagan holatda o'lim haqidagi guvohnoma fcldsher tomonidan yozilib, uning mazmuni shifokor yozib beradigan guvohnoma bilan bir xil bo'ladi. Bola o'lik tug'ilganda yoki hayotining birinchi haftasi davomida o'lganda perinatal o'lim haqidagi ma'lumotnoma to'ldirilib, unda yuqorida sanab o'tilgan jihatlar bilan birga onaga va homiladorlik davriga tegishli ba'zi tavsiflar ko'rsatiladi.
Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga muvofiq o'lim to'g'risidagi guvohnomada quyidagilar qayd etiladi: o'limning bevosita sababi — shikastlanish, kasallik yoki uning o'limga olib kelgan asorati; o'limga sabab bo'lgan kasallik; asosiy (dastlabki) kasallik, shuningdek, boshqa o'lim holatiga ma'lum tarzda sabab bo'lgan kasalliklar.
O'lim to'g'risidagi guvohnoma ma'lumotlari o'lim haqidagi dalolatnomani yozish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Mazkur dalolatnomada quyidagilar ko'rsatiladi: o'lim sanasi, joyi va sababi, marhumning tug'ilgan joyi va sanasi, yoshi, jinsi, doimiy yashash joyi va u yerda yashagani davomiyligi, shuningdek, marhumning
ba'zi ijtimoiy-demografik tavsiflari; biryoshgacha bo'lgan davrda oiganlarda onasining mos ravishdagi tavsiflari, shuningdek, o'lgan farzand nechanchisi bo'lgani va onaning yoshi.
Daiolatnoma ikki nusxada to'ldiriladi, birinchi nusxa fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish boiimida qoladi, ikkinchi nusxa esa statistik ishlanmalar uchun tuman (shahar) statistika boiimiga jo'natiladi.
Aholi salomatligi haqida axborot beruvchi yana bir manba -bu kasallanishlarto'g'risidagi ma'lumotlardir.
Kasallanish deganda, aholi orasida yoki uning ayrim guruhlari ichida tarqalgan kasalliklartushuniladi. Kasallanishlarni o'rganish sog'liqni saqlash muassasalari uchun muhim ahamiyatga ega. Xususan:

  • kasallanishlar aholi salomatligini, uning sanitar holatini ko'rsatuvchi asosiy ko'rsatkichlardan biri hisoblanadi;

  • kasallanishlar sog'liqni saqlash muassasalari ish faoliyatining sifati va samarasini ko'rsatuvchi asosiy mczon hisoblanadi;

  • kasallanishlarni o'rganish va uni kamaytirish sog'liqni saqlash, sanitariya-epidemiologiya, davolash-profilaktika muassasalarining bosh vazifalaridan biridir. Shu bilan birga, kasallanishlarni muay-yan hududlarda tashqi muhit, turmush va mehnat sharoitlari bilan bog'lab o'rganish aholi salomatligini yaxshilash uchun aniq chora-tadbirlar ishlab chiqishga zamin hozirlaydi;

  • kasalliklarning dinamikasini o'rganish natijasida aholi orasi-dagi patologik jarayonlarning o'zgarishi haqida chuqur ma'lumot-larga ega bo'linadi va buning asosida aholining tibbiy yordamga bo'lgan ehtiyojini har tomonlama aniqlab, uni qayta tashkil etishga olib keladi.

Aholi orasidagi kasallanishlarni o'rganishning boshlang'ich va asosiy manbalaridan biri bemorlarning davolash-profilaktika muas-sasalariga tibbiy yordam olish maqsadidagi murojaati hisoblanadi. Umumiy kasallanishlar haqidagi ma'lumot barcha kasalliklarni joriy ro'yxatga olishga asoslangan. Shuningdek, har bir kasallik bo'yichajoriy yildagi birlamchi murojaatlar kuzatuv birligi sifatida qabul qilingan. Surunkali kasallik bo'yicha bemor yil davomida davolash-profilaktika muassasalariga bir necha marta murojaat
qilishidan qat'iy nazar, u kuzatuv birligi qilib bemorning birinchi murojaatida hisobga olinadi.
Aholi orasida tarqalgan kasalliklami 8.2-jadvalda keltirilgan ma'lumotlar asosida o'rganiladi.
8.2-jadval

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin