O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


O'lim sabablarining xaiqaro tasnifi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə64/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

7.2. O'lim sabablarining xaiqaro tasnifi
O'lim sabablarining xaiqaro tasnifi tibbiyot fani tomonidan qabul qilingan kasalliklar ro'yxati bo'lib, Butunjahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi va muntazam ravishda qayta ko'rib turiladi. Shunday qilib, turli yillarda kasal-liklami va o'lim sabablarini qayd etish amaliyotidan kasalliklarning xaiqaro tasnifining turli shakllari bir-birining o'rnini almashtirib kelgan. Mazkur hoi o'limning aniq sababini tenglashtirilishida deyarli aks etmaydi. Agar kasalliklar xaiqaro tasnifining urushdan keyingi variantlariga nazar tashlasak, aholining turli guruhlarida sodir bo'lgan o'lim sabablari bir sinfdan boshqa sinfiga o'tkazib turilgan. Xususan, bunday ko'chirishlar oshqozon-ichak hamda parazitar kasalliklarda amalga oshirilgan. Aytish joizki, ba'zi mamlakatlarda kasalliklarning xaiqaro tasnifi ro'yxatlaridan foyda-lanilmaydi yoki ular asosida o'zining milliy shart-sharoitlariga moslashtirilgan variantlar ishlab chiqiladi- Xususan, 1960-yilIarda O'zbekiston Sobiq ittifoq tomonidan ishlab chiqilgan kasallik va shikastlanishlar hamda o'lim sabablari tasnifi dan foydalangan va 1970-yilga kelib xaiqaro tasnifga o'tgan.
O'lim sabablari xaiqaro tasnifining yaratilishi uzoqtarixga ega. O'lim sabablarining dastlabki ro'yxati J.Bertilon tomonidan taqdim etilgan bo'lib, u 1893-yil Xaiqaro statistika institituti tomonidan qabul qilingan. 1900-yildan beri o'lim sabablarining xaiqaro tasnifi muntazam ravishda qayta ko'rilib kelinmoqda.
Tarkibiy jihatdan o'lim sabablarining xalqaro tasnifi 19 ta kasallik sinfiga bo'linadi (7.1-jadval).
O'lim sabablarining xalqaro tasnifi 19 ta kasallik sinfi bilan bir qatorda 106 ta guruh va 999 bo'limga taqsimlangan holda tadqiqetiladi.
7.1-jadval
O'lim sabablari xalqaro sinfining nomlanishi



Sinflar

Kasalliklar nomi

I sinf

Yuqumli va parazitar kasalliklar

II sinf

Xavfli o'simtalar va shishlar

III sinf

Qon va qon hosil qiluvchi a'zolar kasalliklari

IV sinf

Endokrik tizimi kasalliklari, moddalar almashinuvi, ovqatlanish va immunitetning buzilishi

Vsinf

Ruhiy faoliyat va xulq-atvorning buzilishi

VI sinf

Asab tizimi kasalliklari

VII sinf

Ko'z kasalliklari

VTII sinf

Quloq kasalliklari

IX sinf

Qon aylanish tizimi kasalliklari

X sinf

Nafas olish a'zolari kasalliklari

XI sinf

Ovqat hazm qilish a'zolari kasalliklari

XII sinf

Teri kasalliklari

XIII sinf

Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to'qima kasalliklari

XIV sinf

Tanosil tizimi kasalliklari

XV sinf

Homiladorlik, tug'ish va tug'ishdan keyingi davr asoratlari

XVI sinf

Perinatal davrdagi alohida holatlar

XVII sinf

Tug'ma nuqsonlar, xromosomalarning buzilislii

XVIII sinf

Boshqa bo'limlarda tasniflanmagan, klinik va laboratoriya tekshiruvlarida aniqlanmagan belgilar va alomatlar

XIX sinf

Baxtsiz hodisalar, zaharlanishlar va shikastlanishlar

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, o'limni statistik tahJil etish jarayonida quyidagi asosiy sinflar qo'llaniladi:
1. Yuqumli va parazitar kasalliklar;

  1. O'simtali kasalliklar va shishlar;

  2. Qon aylanish tizimi kasalliklari;

  3. Nafas olish yo'llari kasalliklari;

  4. Ovqatni hazm qilish a'zolari kasalliklari;

  5. Baxtsiz hodisalar, zaharlanishlar va shikastlanishlar. Ushbu sabablardan yuz bergan o'lim hodisalari juda kam

hollarda umumiy tarzda ko'rib chiqiladi. Har bir sinf doirasida eng ommaviy hisoblangan, natijada ijtimoiy jihatdan muhim sabablar guruhlari vahatto alohida kasalliklar ajralib turadi. Masalan, yuqumli kasalliklar orasida sil, og'ir xavfli infektsiyalar (vabo, o'lat va boshqalar), venerik kasalliklar alohida ajratiladi. O'simtali kasalliklar orasida ayollar ko'krak bezi raki, erkaklarda tomoq raki ajratiladi. Qon aylanish tizimi kasalliklari sinfida uchta guruh ajratiladi: yurakning ishemik kasalligi (miokard infarkti alohida qayd etiladi), yurakning gipertonik kasalligi va nihoyat tserebro - vakulyar kasalligi yoki bosh miya tomirlari kasalligi (shu jumladan, insult).
Baxtsiz hodisa, zaharlanish va shikastlanishlar sinfi ham demografik, ham ijtimoiy nuqtai nazardan muammoli hisoblanadi, chunki uning tarkibiga kirgan barcha sabablar o'z tabiatiga ko'ra ekzogen bo'lib, ularni bartaraf qilish mumkin va ko'p hollarda ushbu hodisalar yoshlik yoki o'rta yoshlik davrda yuz beradi, ya'ni inson organizmining tabiiy qarishi bilan bog'liq emas.
Mazkur sinf holatlari jamiyatga sezilarli darajada iqtisodiy zarar ham etkazishi mumkin, zero ularning oqibatida aksariyat hollarda aholining eng iqtisodiy faol qismi hayotdan barvaqt ko'z yumadi. Ayni vaqtda yoshlik va o'rta yoshlik davrlariga mansub avlodlarning o'limi takror barpo bo'lish ko'rsatkichlariga ham miqdor, ham sifat jihatidan ta'sir etadi.
Ushbu sinfni tashkil qilgan sabablar jumlasiga: yo'1-transport hodisalari, birovning yoki o'z joniga qasd qilish hollari, alkagoldan zaharlanish, tasodifiy hodisalar bilan bog'liq o'limlar, cho'kib ketish va h.k.lar kiradi.
Qolgan o'lim sabablari guruhi barcha o'lim sabablarining 10-15 foizini tashkil etadi, ular «o'limning boshqa sabablari» guruhiga birlashtirilgan, biroq mazkur hoi ushbu sabablar dinamikasi nazaridan chetda qoladi, degani emas, albatta. Undan tashqari, so'nggi o'n yilliklar davomida bir qator kasalliklarning tarqalish
darajasida o'zgarishlar kuzatilayotgani bois, ularning, garchi o'lim ko'rsatkichi baland bo'lmasa-da, ijtimoiy ahamiyat kasb etgani sababli ma'lum sinflarga aj'ratish keng tarqalmoqda, masalan, endokrin, ruhiy va boshqa bir qator kasalliklar.
Reproduktiv salomatlikni tahlil qilish jihatidan yana ikkita sinf alohida e'tiborni tortadi, bu — homiladorlik, tug'ish va tug'ishdan keyingi davr asoratlari (ya'ni, onalar o'limi) hamda perinatal davrdagi alohida holatlar. Aytish joizki, ularni chuqur tahlil natijasida go'daklaro'limining sabablarini aniqlash imkoni paydo bo'ladi. Onalar o'limi tarkibida, ayniqsa, sog'Iiqqa katta zarar etkazuvchi tibbiy muolaja — abortdan sodir bo'lgan o'lim alohida ajralib turadi.
Bugungi kunda kasalliklarning xalqaro tasnifi kengaymoqda va tarkibiy jihatdan murakkablashib bormoqda. Bu holat ikki o'zaro chambarchas sabablarga ko'ra sodir bo'lgan. Birinchisi, insoniyat.tsivilizatsiyasining evolyutsiyasi hamda uning oqibatida yuz bergan o'lim sabablari dinamikasi va epidemiologik vaziyatdan ta'sir o'tkazuvchi omillar tarkibidagi o'zgarishlar ma'lum patologiyalami tenglashtirish jarayoniga aniqliklar kiritilishini talab qiladi. Ikkinchisi, tibbiyot fanining rivojlanishi va diagnostik texnologiyalarning takomillashtirilishi natijasida alohida kasalliklarning kelib chiqishi va kasalliklarning xalqaro tasnifi doirasidagi ma'lum kasallik hamda o'lim sabablari sinfiga mansubligi haqidagi taassurotlarni taftish qilish uchun ob'yektiv sharoitlar yuzaga ke'di.
Shunday qilib, yangi kasalliklarni xalqaro tasnifining yaratilishi aslida epidemiologik o'tish evolyutsiyasi va uning dcmografik o'tishdagi roli haqidagi tasawurlar rivojlanishining tarixiy jarayonidagi navbatdagi bosqichi bo'ldi.
Yuqorida sanab o'tilgan o'lim sabablarini asosiy sinflarining nomlari o'zgarmadi. Bir qator sinflar bo'lindi (perinatal o'lim sabablari), tashhislash (klinik va laboratoriya tekshiruvlarda aniqlangan simptom-belgilar va h.k.), kasallik oqibatiga bevosita ta'sir etuvchi omillaming tahliliga (aholining salomatligiga hamda odamlarning tibbiy muassasalarga murojaat etishiga ta'sir etuvchi kasallik va o'limning tashqi sabablari) bo'lgan munosabatlarning o'zgargani haqida dalolat beruvchi sinflar paydo bo'ldi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin