O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə63/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

O'limning arxetip tipi — kishilik jamiyati tarixining eng uzoq davom etgan davrini qamrab oladi. Uning paydo bo'lishi insonning hayvonot dunyosidan ajralib chiqishi va o'zgacha bir biologik turga mansub mavjudotlar guruhining shakllana boshlanishi bilan bog'liq. Uning shakllanishidagi faol davri neolit hamda dastlabki agrar inqilob, ya'ni termachilikdan ishlab chiqaruvchi iqtisodiyotga o'tish davriga to'g'ri keladi. Inson madaniyatining taraqqiyotidagi ushbu qadam yangi mehnat qurollarining paydo bo'lishi, mehnat unumdorligining oshishi, turar-joylaming takomillashishi, joylashuv tizimining o'zgarishi, aholining to'planishi va o'rtoqlashuvining kengayishi atrof-muhit haqidagi bilimlarning oshishiga olib keldi. Bu esa, o'z navbatida, insonning tabiiy kuchlar ta'siridan qaramligini kamaytirdi va uning qo'rshab turgan dunyodan o'zini himoyalash kuchini oshirdi. Ayni vaqtda ishlab chiqaruvchi iqtisodiyot sharoitlarida, mehnat iqtisodiy jihatdan foydali bo'lib bordi hamda o'z-o'zidan insonning hayotga bo'lgan munosabatining o'zgarishiga olib keldi. Bu o'zgarishlar nafaqat odamzotning moddiy dunyosida, balki ijtimoiy munosabatlarida ham ro'y berdi. Uning muhim jihatlaridan biri - bu oilaning faol shakllanishi hamda uning asosiy ijtimoiy institut sifatida e'tirof etilishi bo'ldi. Aholining takror barpo bo'lishi oilada amalga oshirila boshlandi. Shu bilan birga, odamlar o'limning ekzogen omillari bilan kurasha boshladi. Ushbu holat aholi o'limining nisbatan kamayishiga olib keldi. Shunday qilib, o'limning arxetip (qadimgi) tipining e'tirof bo'lishi o'lim dinamikasi ustidan ijtimoiy nazorat o'rnatilishining ilk qadami hisoblanadi. Shuni alohida qayd qilish lozimki, bu davrdagi sodir bo'lgan ijobiy o'zgarishlarga yuqori baho bermaslik kerak. Chunki, bu davrda insonlarning hayot davomiyligi 21 yoshdan oshmagan.
O'limning an'anaviy tipi quldorlik jamiyatidan boshlab shakllana boshlagan va XVIII asr o'rtalariga qadar mavjud bo'lgan. Ko'pchilik mamlakatlarda, masalan, O'zbekistonda u XX asrgacha davom etgan. O'limning mazkur tipining tarqalishi agrar iqtisodiyotning hukm surishi, inqirozi esa industrial jamiyatning rivojlana boshlashi bilan izohlanadi. Uning aksariyat jihatlari o'limning arxetip tipiga o'xshash, chunki, o'limning bu tipida
ham ekzogen omillar va unga xos bo'lgan o'lim sabablari ustunlik qilgan: ommaviy epidemiyalar, ocharchilik, urush oqibatidagi o'lim va h.k. Shunday bo'lsa-da, ushbu o'lim tipi doirasida shartli ravishda normal oiim va o'lim nihoyatda yuqori ko'rsatkichlariga ega (o'lat, chechak, vabo va boshqalar kabi butun davlatlarni qamragan hamda aholisini ikki marotaba va undan ham ko'pga qisqartirgan kasalliklar natijasida) vaqtlarini ajratib ko'rsatish mumkin. Normal o'limning asosiy sabablari sifatida ommaviy epidemiyalarni emas, balki hayot va turmush sharoitlaridan kelib chiqqan omillarni ko'rsatish lozim. Ya'ni, bu sifatsiz ozuqa, to'yib ovqatlanmaslik, og'ir jismoniy mehnat, turar-joyning sanitar-gigienik talablarga javob bermasligi va h.k.
Ta'kidlash lozimki, o'sha davrda an'anaviyjamiyatdagi odam bunday holatni tabiiy, ya'ni, me'yor sifatida qabul qilgan. Chunki, yashashning o'zgacha sharoitlari hamda o'limning boshqa tartibini tasawur qilmagan. Ko'p jihatdan o'zining va o'zgalarning hayotiga bo'lgan munosabatda taqdirga ishonish inson o'lganidan keyin ham hayoti boshqa dunyoda davom etishiga ishontirish talabidan kelib chiqardi. Industrial ishlab chiqarishning vujudga kelishi o'limni ijtimoiy nazorat qilishning kuchaytirilishi uchun moddiy asoslarni yaratishga kuchli turtki berdi. Umuman olganda, industrial ishlab chiqarishning paydo bo'lishi, sanoat va qishloq xo'jaligining taraqqiy etib borilishi Vatan taraqqiyoti uchun, birinchi navbatda, tabiiy fanlar hamda tibbiyotning ravnaqiga qulay zamin yaratdi.
Uyg'onish davridagi madaniy inqilob ko'plab ma'naviy va axloqiy qadriyatlarni o'zgartirdi. Inson shaxsini yangi, o'zgacha pog'onaga ko'tardi, ongning asta-sekinlikda individuallashishi bog'lanib, unda hayot va o'lim shaxsiy mulk va shaxsiy yo'qotish sifatida qabul qilina boshlandi. Mazkur hoi ham individual, ham ijtimoiy miqyosda hayot va salomatlikka nisbatan bo'lgan munosa­batda yangi xulq modelining shakllanishiga sharoit yaratadi.
Tibbiyotning taraqqiyoti natijasida «vaksinatsiya» deb ataluvchi profilaktik kasalliklarning oldini olish usuli yaratildi. Masalan, XVIII asr oxiriga kelib E. Djener chechak kasalligiga qarshi ishonchli immunitet yaratish usulini ishlab chiqdi. Shunisi
muhimki, bu kashfiyotning ommaviy ijobiy ta'siriga qaramay, unda profilaktikaning asosiy omili, ya'ni inson organizmining individual himoyalanishi jihati namoyon bo'ldi. Asta-sekin zamonaviy vaktsinatsiyalar bilan kasalliklarning oldini oiish va tarqalishni to'xtatish hamda davolash mumkin bo'lgan kasalliklar doirasi imkon qadar kengayib bordi. Ular jumlasiga, sil, pnevmo-niya, sifiliz va h.k. kasalliklarni kiritish mumkin.
XIX asrda antiseptika, rentgen yordamida tashhislash, jarrohlik va boshqa zamonaviy tibbiyot sohalarida taraqqiyot boshlandi. Mazkur sohalardagi tadqiqot va kashfiyotlar L.Paster, R.Koxa, V.K.Rentgen, I.I.Megnikovlarning nomlari bilan bog'liq. Ushbu yuz yillik oxiriga kelib o'limning pasayishi hamda hayot davomiyligining o'sishi ko'rsatkichlari keskin ko'tarildi. Agar o'rta asrlarda Skandinaviya mamlakatlarida hayot davomiyligining maksimal ko'rsatkichlari 40-42 yoshdan oshmagan bo'lsa, 1905 yilga kelib, u 55-58 yoshga yetdi.
O'limning bu tipida O'zbekistonda aholining o'rtacha umr ko'rish davri 32 yosh bo'lgan. O'lkadagi og'ir turmush sharoiti, tibbiy xizmatlarning juda kamligi, aholi o'rtasida o'limning ko'pligi aholining o'rtacha umr ko'rish davomiyligining kamayishiga olib kelgan1.
Shunday qilib, XX asr boshlariga kelib o'limning yangi zamonaviy tipining shakllanishi uchun zamin yaratildi. Aftidan, epidemiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ustidan o'rnatilgan nazorat hali to'liq darajada o'limning an'anaviy turining tugal-langanligini anglatmaydi. Endogen omillar bilan bog'liq .o'lim sabablarining ustun kelishi asosan XX asrning ikkinchi yarmiga to'g'ri keladi. Ushbu davrda o'lim sabablari tarkibida qon aylanish tizimi va o'simta kasalliklaridan sodir bo'lgan o'lim hollari etakchi o'rinni egalladi. Biroq, bugungi kunda dunyoning rivojlangan mamlakatlarida kutilayotgan hayot davomiyligi 75-80 yoshdan oshgan bo'lsa-da, ekzogen patologiyalar, ayniqsa, bolalarda tugatilganligi haqida xulosa chiqarishga hali erta. Shu bilan birga,bugungi kunda kasallanish ehtimoli yuqori bo'lgan muayyan yosh va kasb guruhlari, epidemiya xavfi yuqori sanaluvchi hududlar, murakkab tabiiy iqlim sharoitiga ega yerlar va h.k. mayjud. Bu esa hayot bir me'yorda kechmayotganligidan dalolat beradi. Ayni vaqtda, XX asr davomida va XXI asr boshlarida o'lim omillari hamda patologiyalar tarkibida sezilarli darajada o'zgarishlar ro'y berdi va buning natijasida yosh guruhlari da o'lim kamaydi va hayot davomiyligi bir muncha oshdi, bunday holat o'limning o'zgacha insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi avvalgi bosqichlaridagidan farqlanuvchi tarixiy turi mavjudligini e'tirof etish imkonini beradi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin