Tug'ilishning to'rtinchi tarixiy tipining shakllanishi XX asr boshlarida sodir bo'lgan ijtimoiy va siyosiy hodisalarbilan bog'liq bo'lib, ular nikohning idealligi, oila va uning a'zolari o'rtasidagi munosabatlarga bo'lgan qarashlarni tubdan o'zgartirib yubordi. Ayolning ozodligi uchun kurash jamiyatda, xususan, oilada jinslar o'rtasidagi munosabatlarga o'zgarish olib keldi. Ayni vaqtda muntazam kamayib borayotgan o'lim ko'rsatkichi XX asrning ikkinchi yarimida aksariyat aholida kam bola ko'rish (1-3 ta farzand) farzandsizlik qo'rquvini cngib o'tdi. Reproduktiv mayl me'yorlarining pasayishida ayollar ish bilan bandligining oshishi muhim rol o'ynadi. XX asr davomida oilaning jamiyat bilan munosabatlarida jiddiy o'zgarishlar yuz bera boshladi va oila a'zolari o'zlarining mayliga oid masalalarda mustaqil qaror chiqara boshladi. Bolalar mehnatidan foydalanishni cheklash natijasida tug'ilishning yuqori darajasini saqlab qolish iqtisodiy jihatdan samarasiz bo'lishiga olib keldi.
Ushbu barcha omillar birgalikda va o'zaro bog'langan holda jamiyatning ijtimoiy vazifalariga mos keladigan yangi reproduktiv mayl me'yorlarining shakllanishiga olib keldi va ular tug'ilishning hozirgi darajasini belgilaydi. Aksariyat oilalar kam bolali, ayrim hollarda farzandsiz bo'lib, tug'ilish darajasi, hatto o'lim darajasining pastligi sharoitida ham farzandlar avlodi ota-onalar avlodining o'rnini to'ldira olmaydigan ko'rsatkichlargacha pasayib ketdi.
Demograf olima M.R. Bo'riyeva O'zbekistonda tug'ilish jarayonini quyidagi 3 bosqichga bo'lib o'rganish maqsadga muvofiqligini ta'kidlagan:
Oktyabr inqilobiga qadar;
Sovet hokimiyati yillari;
Mustaqillik davri1.
Oktyabr inqilobiga qadar O'zbekistonda tug'ilish juda yuqori, ya'ni biologik asosda bo'lgan hamda har 1000 ta ahoii soniga
' BypneBa M.P. foScKHCTOHiia oiuia aeMorpa(|)HHCH. — T.: ynHDepcHTer, 1997.-99-132 6.
nisbatan 44-55 tani tashkil etgan. Bu davrda tug'ilishning yuqori bo'lganligi quyidagi omillar bilan izolilanadi: mavjud feodal ishlab chiqarish munosabatlari; qishloq turmush tarzi; ayollarning jamiyatdagi o'rni; islom aqidalarining ta'siri; o'zbek xalqida mavjud bo'lgan mahalliy urf-odatlar; o'zbek oilalarida qizlarni erta tur-mushga berish va go'daklar o Mi mining ko'pligi.
Sovet hokimiyati yillaridagi tug'ilish jarayonini demograf olima M.Bo'riyeva quyidagi 3 bosqichga ajratgan: 1917-1940-yillar; 1941 -1945-yillar va urushdan keyingi davr.
Birinchi davrda O'zbekistonda tug'ilish 48,5 %odan 33,6 %oga kamaygan. Mazkur holat aholi tarkibida reproduktiv yoshdagi ayollar ulushining kamligi, nikohga kirish yoshining ko'tarilishi va migratsiya jarayoni bilan izolilanadi. Ikkinchi davr ikkinchi jahon urushi yillariga to'g'ri kcladi. Bu davrda nikohga qobiliyatli yoshdagi erkaklarning yoppasiga armiya safiga chaqirilishi munosabati bilan qizlarning turmushga chiqishi, yangi oilalarning paydo bo'lishi uchun imkoniyat kamaygan. Natijada tug'ilishning umumiy koeffltsienti 1940-yildagi 33,6 %0dan 1945 yili 18,1 %o gacha pasayib ketdi.
Uchinchi davrda urush tugab, minglab erkaklarning o'z oilasiga qaytishi, shuningdek, ko'plab yangi oilalarning paydo bo'lishi munosabati bilan tug'ilish darajasi keskin ko'tarildi. Aytish joizki, bu tendentsiya 1970-yillarga qadar davom etdi, bundan keyingi yillarda tug'ilish jaarayoniga kamayish tendentsiyasi xos bo'Idi.
Mustaqillik yillarida O'zbekistonda tug'ilish jarayonining kamayishi kuzatildi. Jumladan, 1991 -yili respublikada tug'ilishning umumiy koeffltsienti 34,5 %o dan 2009 yili 23,2 %o gacha kamaygan. Bu holat urf-odatlarda o'ziga xos o'zgarishlar ro'y berayotganligi, xalqning munosib turmush sharoitini yara-tishga intilishi, omnia o'rtasida homiladorlikdan saqlovchi tibbiy vositalarning keng tarqalishi, ayollarning ijtimoiy ishlab chiqa-rishda bandligining ortishi, har bir oila o'z iqtisodiy imko-niyatlaridan kelib chiqqan holda farzandlar tug'ilishini nazorat etishi bilan izohlanadi.