O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Farzandlarga bo'lgan ehtiyoj



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə52/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

Farzandlarga bo'lgan ehtiyoj — bu reproduktiv mayldagi eng harakatli komponent hisoblanadi. Zero, u ijtimoiylashish sharoiti, hayotiy tajriba, mayldagi qadriyat tushunchasi va yo'nalishlari, ota-ona oilasi, shuningdek, o'tgan ajdodlardagi reproduktiv mayl me'yorlari ta'sirida shakllanadi. Shu tariqa farzandlarga bo'lgan individual ehtiyojda muayyan jamiyat, shuningdek, shaxs o'ziga yaqin tutgan katta va kichik- ijtimoiy guruhlarda qabul qilingan farzandlilik darajasi aks etadi.
Farzandlilikning ijtimoiy me'yorlari hamda shaxsning farzand-ga bo'lgan ehtiyojini amalga oshirish jarayonidagi shaxsiy yo'nalishlarining o'zaro ta'sir mexanizmini quyidagicha ta'riflash mumkin: agar oiladagi farzandlar soni ushbu me'yorlarga mos kelsa, u holda oila va uning boshlig'i jamiyat tomonidan ma'qul-lanadi; agar oila, alohida shaxsning reproduktiv mayli ko'pchi-likning maylidan keskin farq qilsa, jamiyat tomonidan bunga qarshi qat'iy choralar ko'rilishi mumkin. Masalan, tug'ilish darajasi yuqori bo'lgan sharoitlarda bolasiz oilalar, nikohsizlar, farzand ko'rishni istamaganlar jamiyat tomonidan tanqid qilingan.
Jamiyatning rivojlanishi insonparvarlik g'oyalariga amal qilingan sari reproduktiv maylda barchaga o'xshamaslik uchun tanqid qilish choralari ancha susayadi, biroq bu oiladagi farzandlar sonining ijtimoiy nazorati yumshaydi yoki yo'q bo'ladi, degani emas, balki u faqatgina uning namoyon etish shakllari o'zgarishi demakdir. Hozirgi zamonda urbanizatsiyalashgan ijtimoiy muhitda uchta farzandi bo'lgan oila ko'p bolali oila sifatida qabul qilinadi, real ko'p bolalik (5 va undan ortiq farzand) oila esa ijtimoiy me'yordan o'tganini bildiradi.
Agar reproduktiv moyillik shaxs maylining ichki tartibga soluvchi omili bo'lsa, reproduktiv mayl me'yorlari esa shaxsga nisbatan tashqi andozalar, muayyan farzandlar sonining tug'ilishini belgilovchi ijtimoiy tavsifdagi may] namunalari sifatida namoyon bo'ladi. Ushbu me'yorlar guruhi har tomonlama va farq qiluvchi tusga ega. Ular ongda vujudga keladi, mustahkamlanadi va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar ta'sirida qayta ko'rib chiqiladi, biroq u har doim jamiyat taraqqiyoti nuqtai nazaridan oqilona bo'ladi.
Insoniyat tarixining katta qismida mavjud bo'lib kelgan ko'p bolalik me'yorlari hayotning juda past darajadagi sanitar-gigienik sharoitlari va undan kelib chiqqan o'lim natijasidir. Faqatgina inson piishtliligi yuqori pog'onasiga yetadigan tug'ilish soni insonning biologik tur sifatida yashab ketishini ta'minlab bergan. Tug'ilishni nazorat qilishning ommaviy vositalarini tarqatishni boshlash va farzand ko'rish borasidagi maylda yangi (kam bolali) me'yorlarni shakllantirish uchun insoniyat sivilizatsiyasida ulkan saralash7 yuqori o'lim hisobiga sodir bo'ladigan o'lim natijasidagi takror barpo bo'lish jarayonidagi yo'qotishlarni keskin qisqartirish talab qilindi.
O'lim yuqori bo'lgan kapitalistik davrgacha mavjud jamiyatda ishlab chiqarish darajasi past bo'lib, ishchi kuchi doimo yetishmagan, shu sababdan oiladan ko'p farzand ko'rish va bolalardan ishchi kuchi sifatida foydalanish keng tarqalgan, tabiiyki, tug'ilish darajasi ham yuqori bo'lgan. Mazkur holda bola tug'ish sabablari asosida iqtisodiy omillar turgan. Oilaning barcha a'zolari ish bilan bandligi bois farzandlarning ijtimoiylashish bahosi pasayib, ular mehnatining iqtisodiy samaradorligi baland bo'lgan. Ayni vaqtda, katta, murakkab oila kuchli urug'-jamoaga aylangan va uning boshlig'i nafaqat iqtisodiy farovonlikka erishish, balki ijtimoiy salohiyatining hamda obro'ining oshishiga erishgan.
Industrial jamiyatning rivojlanishi, urbanizatsiya jarayonlari va ayollar rolining oshishi nafaqat ijtimoiy, balki individual qadriyat-laming tubdan o'zgarishiga olib keldi. Shaxs uchun oila yagona tortish markazi bo'lmay qoldi. Barcha oila a'zolarining oiladan tashqari yo'nalishlarda faollashuvi (ayniqsa, ayollarning) farzandlarga bo'lgan ehtiyojning kamayishidagi asosiy omilga aylandi.
Shaxsning ijtimoiy maqomi oilaning kattaligi va farzandlar soni bilan emas, balki ma'lumoti, daromadlari bilan belgilanmoqda.
Iqtisodiyotning rivojlanishi bolalarga tobora ko'proq talablar qo'ymoqda, ayniqsa, ularning rna'Iumotiga zarurat o'smoqda. Bu esa, oilaning farzandga bilim berishga ko'proq daromad sarf-lanishiga olib kelmoqda. Ayni vaqtda, iqtisodiy rivojlanish jarayonida inson vaqtining qiymati oshib, u oila va shaxs faro-voiiligidagi moddiy omil bilan bir qatorda mustaqil omil vazifasini ham bajarraoqda. Shu sababdan har bir keyingi farzandning tug'ilishi, uning «foydaliligini» pasaytiradi.
1960-yillarning birinchi yarmida demograf olim G.Bekker «tug'ilishiqtisodiyoti»konsepsiyasini yaratgan. Bukonsepsiyagako'ra, ijtimoiy taraqqiyot kechimining o'zi reproduktiv mayl yangi me'yorlarining o'rnatilishiga zamin yaratadi va shunday vaziyat yuzaga keladiki, undan ham jamiyat, ham alohida oila (shaxs) darajalarida inson kapitalining soni va sifati o'rtasida ma'lum tanlov ro'y beradi. Ushbu sharoitlarda reproduktiv moyiilik va farzandlarga bo'lgan ehtiyoj shakllanishining asosiy tarkibiy qismini ruhiy moyiilik tashkil etib, 1-2 ta farzandga ega bo'lish yetarli, deb hisoblanadi1.
Kam bolalik hozirgi zamon jamiyati reproduktiv maylining me'yoriga aylanib bormoqda. Reproduktiv moyiilik uzoq evo-lyutsion davrda shakllanib kelgan reproduktiv mayl va farzandlarga bo'lgan ehtiyoj me'yorlaridan farqli o'laroq, shaxs, oila hayoti va faoliyatini joriysharoitlariningkuchli ta'sirida bo'lib, busharoitlar farzandlarga bo'lgan ehtiyojning qondirilish darajasi uchun zamin yaratadi. Ayni vaqtda turli ijtimoiy guruhlarga mansub shaxs, oilalarga hayotning joriy sharoitlarining ta'sir kuchi bir xil bo'l-maydi, zero, bu sharoitlarga baho berish mezonlari turlicha va sub'yektiv tavsifga ega: bir xil ijtimoiy-iqtisodiy o'lchamlar ba'zi oilalar tomonidan bolalarga bo'lgan ehtiyojni qondirish uchun yetarli deb qabul qilinsa, boshqa oilalar ularni xohlagan miqdorda farzand ko'rishlariga to'siq, deb hisoblaydi. Turmush sharoit­larining oilalarning reproduktiv maylga ta'sirini ijtimoiy boshqarish va tug'ilishni nazorat qilish nuqtai nazaridan baholaganda, turli oilalarning farzandlarga bo'lgan ehtiyojlarining qoniqtirilganlik darajasini (bolalik darajasi, daromadi, ijtimoiy rnaqomi) aniqlash
mumkin. Agar oiladagi farzandlar soni er-xotinning farzandlarga bo'lgan chtiyojini qondirsa, u holda turmush sharoitlarining tubdan yaxshilanishi ommaviy tarzda farzandlar sonini o'zgartira olmaydi, aksincha, farzandlar sonining oshiriiishi hamda tug'ilishlar sonining ko'payishiga olib keladi.
Reproduktiv moyillik nikohda birga yashash jarayonida o'zgarib boradi. Doimo birga yashab, birgalikda umumiy turmush vaziyatlarini boshdan kechirib, bir-birlarining dunyoqarashi, mayllaridagi sabab va moyilliklarini qabul qilgani holda o'zlarining moyillik va rejalarini qisman yoki to'laligicha qayta ko'rib chiqadi. Ushbu vaziyatda erkakning ustunlikka egaligi sababli oilaning reproduktiv mayli nikohgacha bo'lgan rejalardan farq qilishi mumkin. Reproduktiv mayl modellarining o'zgarishi millatlararo nikoh juftliklarida yorqin namoyon bo'ladi. Reproduktiv moyil-likdagi o'zgarishlar norasmiyjuftliklarda ham sodir bo'lib, odatda ular pasayib borish xususiyatiga ega.
Reproduktiv maylda sterillik, ya'ni bepushtlilikning ham o'rni katta. Sterillik — (lotin tilida sterilis — bepusht) jinsiy yetuk shaxsning jinsiy ko'payishga layoqatsizligidir. Demografiyada «sterillik» tushunchasi ko'pincha bepushtlilikka o'xshatiladi, biroq ushbu tushunchalar biroz farq qiladi: bepushtlik sterillikning shaxsiy turiaridan biri sifatida o'z ichiga oluvchi nisbatan kcng hodisa sifatida tushuniladi. Bepushtlilikka qator omillar ta'sir ko'rsatadi (6.2-rasm).

Bepushtlilik bir qancha turlarga ajratiladi: doimiy (katta yoshlarda menopauzaga yetgandan so'ng; reproduktiv davrda kasallikyoki sterillash oqibati sifatida) va vaqtinchalik (homiladorlik davrida, tug'ruqdan keyingi va abortdan keyingi amenoreya, kontraseptsiya choralarini qo'llash davrida); tabiiy (yosh, homiladorlik, ko'krak bilan emizish va h.k. bilan bog'liq me'yoriy fiziologik sabablarga ko'ra); sun'iy (kontraseptsiya choralarini qo'llash natijasida); patologik (kasallik va jarohatlar oqibati); mutlaq (urug'lanishga butunlay umid bo'lmaganda) va nisbiy (urug'lanishga nisbatan biror bir umid saqlanib qoladi, lekin kam darajada).
Umuman olganda, reproduktiv mayl modellari evolyutsion tarzda avloddan avlodga o'tgan sayin o'zgarib boradi. Biroq, turmush sharoitlaridagi ekstremal o'zgarishlar ushbu mayldagi asosiy ko'rsatkichlarning o'zaro bog'lanish mexanizmidagi sakrashlarga olib keladi va-oxir-oqibatda farzand ko'rishga doir qarashlar keskin o'zgaradi. Burtday ekstremal vaziyatlarga ijtimoiy inqilob, urush, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy inqirozlarni misol qilib ko'rsatish mumkin. Ular butun ijtimoiy me'yoriy muhitni tubdan qayta ko'rib chiqilishiga turtki bo'ladi, buning natijasida bolalik me'yorlari, reproduktiv moyilliklarning o'zgarishi, bolalarga bo'lgan ehtiyojni ro'yobga chiqarish sharoitlarining yomonlashishi, hatto pasayishiga ham olib keladi.
6.3. Tug'ilishning tarixjy tiplari
Tug'ilishning tarixiy tipi — bu tug'ilishning eng asosiy sifat belgilarini aks ettimvchi mezon hisoblanib, bunda tug'ilish nisbatan bir-biriga o'xshash tarixiy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa sharoitlarda kechadigan aholining takror barpo bo'lishi jarayonidagi avlod-larning ketma-ketlikda bir-birining o'mini to'ldirish jarayonining asosi bo'ladi. Tug'ilishning tarixiy tiplari turli ko'rsatkichlar bilan ifodaladigan tug'ilish tartibida miqdoriy jihatdan aks etadi. Alohida kalendarvaqt davrlaridagi tug'ilish ko'rsatkichlari o'zgarib turishi mumkin, lekin hech vaqtda uning tarixiy tipi bilan belgilangan chegaradan o'tmaydi.
Tug'ilishni tarixiy tiplarining almashinuvi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivqjlanishi va ijtimoiy munosabatlarning modernizatsiya-lashuvi natijasida sodir bo'ladi.
Kishilik jamiyati taraqqiyotini tarixiy davrlashtirish, ishlab chiqarish usullari va ijtimoiy tashkil etish shakllari, shuningdek, tug'ilishning miqdor ko'rsatkichlari va ularga etishning ijtimoiy uslublaridan kelib chiqqan holda tug'ilishining to'rtta tarixiy tipini ajratish mumkin.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin