O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə49/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

«Tabiiy tug'ilish» tushunchasi ilmiy iste'molga ilk bor 1961 yilda frantsuz demografi L.Anri tomonidan kiritilgan. Olim bu tushunchani tug'ilishni nazorat qilish yo'llaridan biri sifatida kiritgan bo'lib, hozirgi kunda u oiladagi farzandlar soni va tug'ilish davrlarini rejalashtiruvchi oilali jamiyatga xosdir. Shu bois, tug'ilish holatini va darajalarini tahlil qilish amaliyotida tabiiy tug'ilish konsepsiyasi oila muhitida tug'ilishni cheklash darajasining taxminiy baho-lanishida qo'llaniladi. Bugungi kunda tabiiy tug'ilish darajasini aniqlashdagi asosiy yondoshuv — bu tug'ilish darajasini kontraseptik (homiladorlikning oldini oluvchi) vositalardan foydalanmaydigan, abort qilmaydigan, pushtlilikning pasayishiga sabab bo'ladigan ommaviy kasalliklarga uchramaydigan, nikohsizlik va nikohga kech kirish udumlarini qabul qilmagan ma'lum aholining tug'ilishi darajalariga tenglashtirilishidir. Aslida bunday aholining tug'ilish darajalari tug'ilishning o'ziga xos standard sifatida qabul qilinib,
undagi tabiiy tug'ilish darajalarining aniq bir aholi guruhidagi tabiiy tug'ilish darajalari bilan taqqoslanishi demograflk koeffitsientlarni standartlashtirish variantlaridan biri hisoblanadi.
Tabiiy tug'ilish modeli sifatida Shimoliy Amerikada yashovchi, kelib chiqishi yevropalik bo'lgan kichik bir mazhab — gutteritlarning tug'ilish modeli qo'llaniladi. Diniy an'anaga ko'ra, gutteritlar farzand tug'ilishini nazorat qilishriing hech bir turidan foydalanmaydi va erta yoshda nikohga kiradi. Amerikalik demograf E.Koul ushbu yondoshuvni qo'llab indekslar tartib raqamlari tizimini tuzgan va bu tizim yordamida har qanday aholi guruhidagi nikohlilik hamda tug'ilishdagi o'zgarishlarni gutteritlarga xos ko'rsatkichlar bilan taqqoslash mumkin. Olingan natijalardan oila muhitida tug'ilishni nazorat qilish hajmlarini o'lchashda foydalaniladi.
L.Anri tomonidan taqdim etilgan ikkinchi bir yondoshuv — bu tug'ilishni cheklamaydigan aholi guruhida bitta reproduktiv yoshdagi ayollarda tug'ilishlar sonidir.- Olimning hisob-kitoblariga ko'ra, bitta reproduktiv yoshdagi ayollarda tabiiy tug'ilishlar soni 12,44 tani tashkil qiladi. Tabiiy tug'ilishning taxminiy minimumi demograf V.A.Borisov tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, bu minimum 7,95 taga teng (6.1-jadval).
6.1-jadval

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin