6-bob. TUG'ILISH VA DEMOGRAFIK MAYL 6.1. Pushtlilik va tabiiy tug'ilish Tug'ilish — bu biologik tabiatga va qat'iy ijtimoiy-iqtisodiy belgilarga ega bo'lgan murakkab demografik hodisa hisoblanadi. Demografiyada «tug'ilish» deganda, bir avlod yoki avlodlar guruhini tashkil etuvchi muayyan aholi majmuidagi farzandlarning dunyoga kelish jarayoni tushuniladi. Hozirgi o'lim darajasi past bo'lgan sharoitlarda tug'ilish jarayoni aholi takror barpo bo'lishidagi yetakchi omil sanalib, uning tartibi (toraytirilgan, oddiy, ken-' gaytirilgan) va yosh-jinsiy tarkib evolyutsiyasining umumiy yo'na-lishini belgilaydi.
Tug'ilish darajasidagi ijtimoiy va biologik omillar mutanosibligi muqobil bo'Imay, balki jamiyat va uning tarkibi, ijtimoiy institut-larning rivojlanishi jarayonida o'zgarib boradi. Shu o'rinda aytish joizki, tug'ilish evolyutsiyasidagi asosiy yo'nalish — bu biologik omil rolining pasayishi va ijtimoiy omil ahamiyatining o'sib borishidir.
Tug'ilishning biologik asosi - bu insonning biologik tursifatida ko'payish qobiliyati bo'lib, «pushtlilik» yoki «turga xos pushtlilik» deb ta'riflanadi. Aholi guruhlarining tug'ilish darajasidagi pusht-liligi muayyan bir reproduktiv mayl (farzandlar va aniq bir farzand tug'ilishi to'g'risidagi qarorni qabul qilish borasidagi me'yor va tushunchalar majmui) orqali amalga oshiriladi. Reproduktiv mayl insonning jamiyatdagi boshqa tur mayllari hamda ijtimoiy insti-tutlar faoliyati, iqtisodiy tuzum, siyosiy vaziyat va boshqalar bilan chambarchas bog'liq bo'ladi.
Reproduktiv mayl va tug'ilish darajasining asosiy aniqlovchi-laridan biri — bu nikoh-oila mayli me'yorlari, ya'ni oiladagi farzandlar sonining o'ziga xosligidir. Zero, liar qanday jamiyatda oiladagi farzandlar soni shaxs va oila turmush tarzining muhim
omillaridan biri sifatida namoyon bo'lib, ular oila doirasida ijtimoiy va iqtisodiy rol o'ynaydi hamda oila a'zolari o'rtasidagi ruhiy muloqotga ta'sir o'tkazadi. O'z navbatida, oilaning turmush tarzi, tarkibi va vazifalari jaraiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi bilan bog'liq va tarixiy taraqqiyot davomida o'zgarib boradi. Jamiyatning modernizatsiyalashuvi ta'sirida barcha ijtimoiy mayl ma'yorlari, shu tariqa insoniyat sivilizatsiyasining har qanday rivojlanish bosqichida oilaning o'zgarib borayotgan tashqi muhitga maksimal tarzda moslashishiga yo'nalgan reproduktiv mayl me'yorlarining butun majmusi ham o'zgaradi. Shunday qilib, reproduktiv yo'nalish va oiladagi ota-onaning farzandlarga bo'lgan ehtiyojlari jamiyatda samarali va qulay tarzda o'z vazifalarini*bajarishini ta'minlaydi.