O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Ajralish va uning ko'rsatkichlari



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə43/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

5.3. Ajralish va uning ko'rsatkichlari
Ajralish avloddagi nikoh juftliklarining nikohni bekor qilishi natijasida yuzaga keladigan demografik jarayondir. Bu er va xotinning hayot vaqtidagi nikohning bekor qilinishidir. Ajralish ham nikoh singari demografiyadan tashqari yana bir qator fanlar: xususan, huquq, sotsiologiya, psixologiyalarning tadqiqot
predmetlari jumlasiga kiradi. Nikohning huquqiy jihatdan bekor qilinishi to'g'risidagi ma'lumotlar manbai bo'lib, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organlarining ma'lumotlari xizmat qiladi.
Ajralish murakkab ijtimoiy jarayon bo'lganligi bois, uning ijtimoiy-demografik omillari hali yetarli darajada o'rganilmagan hamda ajralish qonuniyatlarini tushuntiruvchi umumiy konsep-siya ishlab chiqilmagan.
Ajralish qadimda islom aqidalariga ko'ra amalga oshgan va bu jarayon «taloq» deb atalgan. «Taloq» arabcha so'z bo'lib, ozod bo'lmoq, ajralmoq, degan ma'nolarni bildiradi. Tslom aqidalariga ko'ra, taloq erkak tomonidan aytilmaguncha er-xotinning ajralishi qonuniy hisoblanmagan. Agar ayol tomondan nikohning bekor etilishi talab qilinsayu, erkak bunga norozi bo'lsa, taloq kuchga kirmagan. Shariat qonunida erkak «taloq» so'zini hushyor va sog'lom paytida aytib, o'zi iqror bo'lgandagina taloq qonuniy bo'lgan1.
Nikohning barqarorligi yoki ajralishga nikohgacha va nikoh davridagi qator omillar.ta'sir ko'rsatadi. 5.3-jadvalda nikohning barqarorligiga ta'sir etuvchi nikohgacha boigan omillar keltirilgan.
5.3-jadvaldan ko'rinib turganidek, erkak va ayolning erta ni-kohga kirishi, nikohga kech kirish, xotin yoshining eridan katta bo'lishi, xotinning oliy ma'lumotga ega bo'lishi, er-xotinning kelib chiqishi, nikohdan oldingi homiladorlik kabi nikohgacha boigan omillar ajralishga bevosita ta'sir ko'rsatadi.
Nikohgacha boigan omillar qatori nikoh davridagi omillar ham ajralishga sabab bo'ladi (5.4-jadval).
5.4-jadvaldan ko'rinib turibdiki, ayolning yuqori reproduktiv holati, asosiy oilaviy muammolarni birgalikda yechishi, er-xotinning bo'sh vaqtini birgalikda o'tkazishi nikohning barqa­rorligiga olib keluvchi omillar hisoblanadi. Shu bilan birga, nikoh davrida er va xotinning reproduktiv holatining bir-biriga to'g'ri kelmasligi, spirtli ichimliklar iste'mol qilishi, ma'naviy muloqotda
1 EypneB3 M.P. "foSeKHCTOHna omia ,neMorpa(pHHCH, — T.: yHHisepcHTer, 1997.-84 6.
5.3-jadval

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin