O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə39/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

«Nikoh bozori» — bu nikohga layoqatli aholining turli guruhlaridagi nisbatlar tizimini ko'rsatuvchi shartli belgidir. Mazkur bozordagi holat nikohga kirish ehtimolligiga, muayyan hudud aholisining jinsiy tarkibiga va nikohga layoqatli aholi tarkibidagi salohiyatli nikoh juftliklarining soniga bog'liq.
Nikoh aylanasi nikohdagi juftliklar yig'indisidan iborat bo'lib, jamiyatdagi qonunchilik, ma'naviy-etnik me'yorlar, juftliklarning shaxsiy sifatlari va ijtimoiy-iqtisodiy holatlari bilan belgilanadi.
Nikoh tanlovi berilgan nikoh aylanasi ichida nikoh juftliklarini tanlashdan iborat bo'lib, unga ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, psixologik va antropologik mezonlar ta'sir o'tkazadi hamda ularning har birining ta'siri vaqt davomida o'zgarib turadi.
5.2. Nikoh holatini ifodalovchi ko'rsatkichlar
Nikoh holatini tadqiq va tahlil qilishda uni ifodalovchi ko'rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Aytish joizki, nikoh haqidagi ma'lumotlar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilishni tahlil qilish natijasida olingan statistik ma'lumotlar, aholini ro'yxatga olish ma'lumotlari va tekshiruv natijalari asosida to'planadi. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish ma'lumotlari asosida nikoh bo'yicha maxsus statistik shakllar ishlab chiqilib, ular jarayonning asosiy tavsiflarini tadqiq qilishda baza vazifasini o'taydi. Aholini ro'yxatga olish jarayonida so'rovnoma to'ldirayotgan shaxsning nikohdagi holati so'raladi va natijada aholi orasidagi nikohlar soni aniqlanadi. Aholining nikoh holati o'rganilayotgan ijtimoiy-demografik jarayonning chastotasi, darajasi, davomiyligi, mustahkamligini belgilovchi tavsiflar asosida hamda nikoh tuzuvchi shaxslarning yoshlarini inobatga olgan holda o'rganiladi.
Nikoh holatini ifodalovchi demografik ko'ratkichlar quyidagi guruhlarga ajratiladi:

  • avlodlar orasidagi nikoh va nikohsizlikholatlarini tavsiflovchi ko'rsatkichlar;

  • nikohga kirishning umumiy chastotasini o'lchovchi ko'rsat­kichlar;

  • nikohdan o'tuvchi shaxslarning yoshini belgilovchi ko'rsat­kichlar;

  • beva bo'lib qolish chastotasi;

  • nikohning mustahkamligi va ajralishlar chastotasi;

  • takroriy nikohlarning tarqalganlik ko'rsatkichlari;

  • nikohdagi juftni tanlash xususiyatlari.


Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin