O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Reproduktiv mayldagi zaruriy shart



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə51/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

Reproduktiv mayldagi zaruriy shart — bu pushtlilik bo'lishi, ya'ni farzand ko'rishga fiziologik qobiliyatlilikdir. Er-xotinning bepushtliligi sababli hamda oilada kerakli farzandlar ko'rishning iloji bo'lmaganda bunday oilada yo ajralish yoki farzandlar boqib olish hollari tanlanadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy maqomi va etno-demografik tavsiflari bir xil hamda pushtlilikda kamchilik bo'lmagan oilalarda to'liq va noto'liq reproduktiv davrlar mutanosibligi er-xotinning muayyan miqdorda farzand ko'rishga (o'g'il boia qiz bolaga nisbatan) bo'lgan ruhiy (ijobiy yoki salbiy) munosabati bilan belgilanadi.
Reproduktiv mayllarning o'zaro ta'siri doirasida farzandlarga bo'lgan ehtiyoj jarayoni amalga oshiriladi (6.1-rasm).

6.1-rasm. Aholining reproduktiv mayliga ta'sir etuvchi omillar.
Reproduktiv maylning uchta turi farqlanadi: ko'p bolali (5 va undan ortiq farzandga bo'lgan ehtiyoj); o'rtacha bolali (3-4 ta farzandga ehtiyoj) va kam bolali (1-2 ta bolaga ehtiyoj). Reproduktiv maylning ko'p bolali turida farzandlar tug'ilishiga to'la moyillik mavjud, tug'ilishning o'zi esa tabiiy tug'ilishga yaqin yoki to'laligicha mos, deb hisoblaniladi. Ushbu holda noto'liq reproduktiv davrlar maylligi er-xotinning pushtlilik xususiyatlari, abortlar, tug'ilishdan keyingi tozalanish va sut kelishi davrlarining davomiyligi bilan bog'liq.
O'rtacha bolali reproduktiv mayl o'z mohiyatiga ko'ra, oilada farzandlar tug'ilish jarayonini tartibga solish amaliyotini asta-
sekin tadbiq etish natijasida noto'liq reproduktiv davrlar sonining o'sib borishi bilan tavsiflanadi. Va nihoyat, kam bolali reproduktiv maylda abort-kontraseptiv usullardan foydalanish hollari farzand ko'rishga bo'lgan moyillikdan ancha ustun kelib, oilada farzandlar soni va tug'ilish davrlari qattiq nazorat qilinadi. Kam bolali repro­duktiv maylning o'ziga xos turi bu farzandsizlikdir, ya'ni bolalarga ehtiyojning yo'qligidir. Ushbu holatda nikoh juftligi va shaxsning mayli faqat abort-kontratseptiv vositalardan foydalanishga qara-tilganbo'ladi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin