O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə31/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

Yillar toigandagi yosh bu aniq yoshning to'liq sonlarga ega bo'lmagan qismidir, u oxirgi tug'ilgan kundagi aniq yoshiga tengdir. Aynan shu yosh bo'yicha odatda «Yoshingiz nechada?» degan savolgajavob beriladi. Matematik jihatdan bu pastga qarab to'liq songacha qoldiq qismlar kattaligini hisobga olmasdan yaxlitlab yuborilishini anglatadi.
Kalendar yillarning farqi sifatida hisoblangan yosh o'z ta'rifidan ham nimani anglatishini bildirib turibdi. Agar kishining tug'ilgan yili ma'lum bo'lsa (masalan, 1979 yil), bunda uning kalendar yillar farqi bo'yicha yoshi joriy tug'ilgan yilning farqiga tengdir (masalan, 2010-1979=31). Ta'kidlash joizki, kalendar yillar farqi sifatida hisoblangan yosh, agar tug'ilgan kunigacha hisoblab chiqilmasa yillar to'lgandagi yoshga teng bo'lmasligi mumkin. Haqiqatda «kalendar yillar farqi sifatidagi 31 yosh» jumlasi inson 30 yoki 31 yil to'lgandagi yoshga tengligini anglatadi yoki o'z ichiga 30 dan 32 yoshgacha bo'lgan yillarni oladi.
Yosh haqidagi ma'lumotlar aholini ro'yxatdan o'tkazish, maxsus tekshiruvlar, jumladan tug'ilish, o'lim, nikoh va ajralish-larni qayd qilish jarayonida olinadi. Bu masala nafaqat demograf uchun, balki boshqa ijtimoiy soha mutaxassislari uchun ham juda muhim, chunki yosh nafaqat demografiyada, balki deyarli barcha ijtimoiy jarayonlarda mustaqil o'zgaruvchi sifatida yuzaga chiqadi.
Aholining yosh tarkibi — bu aholining yosh guruhlari va yosh kontingentlari bo'yicha taqsimotidir.
Aholining yosh tarkibi haqidagi ma'lumotlar ijtimoiy-iqtisodiy va demografik jarayonlarni tadqiq qilish uchun kerak bo'ladi. Aholi yosh tarkibining xususiyatlarini anglash orqali istiqboldagi tug'ilish va o'lim tendentsiyalari, shuningdek, aholining takror barpo bo'lishi haqida ilmiy asoslangan mulohazalar chiqarish mumkin. Ushbu xususiyatlarni bila turib, iqtisodiy va ijtimoiy
sohalarda u yoki bu muammolarning vujudga kelish ehtimolini baholash, mehnatga layoqatli aholi va ishchi kuchining dinami-kasini prognozlashtirish, tovar va xizmatlar ishlab chiqarish, ularga bo'Iajak talab, mintaqalarda saylovlaming natijalarini va shunga o'xshash masalalami bilish imkonini beradi.
O'zbekiston aholisining hozirgi yosh tarkibi 90-yillarda boshlangan tug'ilish darajasining qisqarishiga qaramay yosh hisoblanadi. Ya'ni, aholi tarkibida 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar ulushi 62,l%ni, 16 yoshgacha bo'lgan bolalar ulushi 33,3 %ni, 16-29 yoshdagilar ulushi 28,8 %ni tashkil etadi1.
Aholining yosh tarkibini tuzish uchun odatda bir, besh, ba'zi hollarda o'n yillik oraliqlardan foydalaniladi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin