O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə27/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

4.2. Aholining jinsiy tarkibi
Aholining jinsiy tarkibini o'rganish muhim demografik va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega. Aholining jinsiy tarkibini yoritishdan oldin «jins» tushunchasiga to'xtalib o'tamiz.
Biologiya fani jinsni jinsiy ko'payishni ta'minlab beruvchi organizmning genetik, morfologik va fiziologik xususiyatlarining jamlanmasi sifatida ko'rib chiqadi.
Insonga nisbatan jins odam tanasining (genetik, morfologik va fiziologik) reproduktiv, xulqiy, ijtimoiy, ijtimoiy-ruhiy va ruhiy alomatlarining majmuasi sifatida ko'rib chiqiladi, ular insonni erkak yoki ayol sifatidagi shaxsiy biologik va ijtimoiy maqomini belgilab beradi.
Jins yetarli darajadagi «odatiy» alomat bo'lib, unga ta'rif berishda ba'zan ma'lum bir qiyinchiliklartug'ilishi mumkin. Lekin, ushbu muammoli holatlarning vtijudga kelish ehtimoli juda kam. Ko'pchilik hollarda inson nafaqat o'zining, balki boshqalarning ham jinsini yetarli darajada oson aniqlay oladi. 4.1 -jadvalda inson jinsini aniqlashning turli jihatlari keltirilgan bo'lib, ular turli fanlarning predmetini qamrab oluvchi jinsning kompleks tushuncha sifatidagi murakkabligini ochib beradi.
So'nggi yillarda «biologik jins» va «ijtimoiy jins» tushuncha-'arini farqlash yo'nalishi vujudga keldi. Ayniqsa, ijtimoiy jins
«gender» nomi bilan atalmoqda, uning asosini esa erkaklar va ayollarning jamiyatdagi ijtimoiy mavqei tashkil qiladi. Bunga qarshi o'laroq «biologik jins»ni oddiy qilib «jins» deb atashmoqda.
4.1-jadvaI
Inson jinsining turlari



Nomi

Alomallar tavsifi

Genetik jins

Hujayralardagi XX (ayol jins) yoki XY (erkak jins) xromosamalaming mavjudligi

Gonad jins

Jinsiy bezlarning tuzilishi (tuxum va tuxumdonlar)

Garnet jins

Jinsiy bezlarning spermatozoidlar yoki tuxum hujayraiarini ishlab chiqara olish qobiliyati

Gormonal jins

Jinsiy bezlarning erkak (androgen) yoki ayol (estrogen) jinsiy gormonlarini ishlab chiqarish vazifasi

Morfologik (somatik) ichki va tasliqi jins

Ichki reproduktiv organlar va tashqi genetaliya-lar (genital tashqi ko'rinish)ning tuzilishi

Askriptiv (yozib qo'yil-gan), fuqarolik jinsi

Bolaning tug'ilgandagi tashqi ko'rinislii

Jins tarbiyasi

Bolani aksripitiv jinsiga mos ravishdagi tarbiyalanishi bo'yicha jinsi

Pubertat jins

O'z ichiga androgenlar va estrogenlar ishlab chiqarilishini oluvchi jinsiy yetuklikdagi xususiyatlar (pubertat gormonal jins), gormonlar ta'siri ostida shakllanuvchi ikkilamchi jinsiy alomatlar (pubertat morfologiya) va erotik hissiyotlar (pubertat erotizm)

Ruhiy jins yoki jinsiy o'zini-o'zi anglash

Individning o'zini erkak yoki ayol sifatida anglab yetishi

Ijtimoiy jins

Erkak yoki ayolning jamiyatdagi jinsiy o'rni


Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin