O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


-bob. AHOLI TARKIBI VA UNI O'RGAMSH USULLARI



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə26/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

4-bob. AHOLI TARKIBI VA UNI O'RGAMSH USULLARI
4.1. Aholi tarkibi to'g'risida tushuncha
Aholi tarkibi — bu aholining muayyan bir alomatlarga ko'ra taqsimlanishiclir yoki demografiya tili bilan aytganda qandaydir o'zgariivchilarga asoslangan taqsimotidir. Tarkibni tuzish uchun asos sifatida tadqiqotchida qiziqish uyg'otadigan har qanday tavsifdan foydalanish mumkin. Odatda, turli fan vakilJari (demograflar, iqtisodchilar, sotsiologlar va h.k.) alioli tarkibini quyidagi o'zgaaivchilar sinfiga asoslanib tuzadi:
• aksripitiv (tug'ilganda hisobga olinuvchi) tavsiflar: jins, yosh,
irqiy mansublik, etnik mansublik va boshqalar;

  • ijtimoiy tavsiflar: nikoh holati, savodxonlik va ta'lim, maktabda o'qitilishi (bolalarva o'smirlar uchun), kelib chiqishi, ona tili, fuqarolik holati, diniy mansubligi va h.k.;

  • iqtisodiy tavsiflar: daromad manbai, ish bilan bandlik maqomi, kasbi, mutaxassisligi va h.k.;




  • migratsion tavsiflar: tug'ilganjoyi, mazkur aholi manzilgohida qancha vaqtdan beri yashayotganiigi, u yoki bu vaqt ichida yashash joyini necha rnarta o'zgartirganligi va h.k.;

  • vitol (demografik) tavsiflar: nikohga kirish yoshi, nikohning tartib raqami, tug'ilgan farzandlar soni, bola tug'ilgandagi yoshi, homiladorliklar soni, genetik oraliqlar (intervallar), tug'ilishlar soni, o'lim soni, o'lik tug'ilganlar soni va boshqalar;

  • oila (uy xo'jaligi) tavsiflari: uy xo'jaligi turi, kattaiigi, tarkibi va boshqalar.

U yoki bu alomatlar bo'yicha ma'lumotlar aholini ro'yxatdan o'tkazishda va demografik hodisalarni hisobga olishda inobatga olinadi. Ushbu alomatlar bo'yicha aholi tarkibi haqidagi umum-lashgan ma'lumotlar tuziladi. Lekin, demograf uchun aholining takror barpo bo'lishiga bevosita va bilvosita bog'liq bo'lgan aholi
tarkibi va tavsifiari qiziqarlidir, chunki ulardagi o'zgarishlar bevosita va eng katta ta'sir qiluvchilardir. Bunday tarkiblar, yuqorida aytilganidek, «demografik tarkiblar» deb yuritiladi. Demografik tavsiflar unchalik ko'p emas: jins, yosh, nikoh va oilaviy holati, shuningdek, yiiqorida aytilgan vital hodisalar tavsifi. Demografik o'zgaruvchilar ichida birinchi o'rinlarjins va yosh, oila (uy xo'jaligi) tavsiflariga tegishlidir. Demografik tarkiblar ichida esa aholining — jins, yosh va nikoh-oila tarkiblariga tegishli bo'lib, ular bilan biz quyida tanishib chiqamiz. Aholining nikoh va oilaviy tarkibi bilan esa «Nikoh va ajralishning demografik mohiyati» va «Oila va uning demografik taraqqiyoti» boblarida ko'rib chiqiladi. Tanishishni, awalo, aholining jinsiga ko'ra tarkibdan bilan boshlaymiz.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin