O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


-bob. AHOLINING SON VA SIFAT XUSUSIYATLARI



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə22/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

3-bob. AHOLINING SON VA SIFAT XUSUSIYATLARI
3.1. Aholi soni dinamikasi ko'rsatkichlari
Aholi soni muayyan bir huciudda yashovchi aholining umumiy soni hisoblanib, u cng keng tarqalgan umumiy miqdoriy-demografik tavsiflardan biridir. Aholi soni tug'ilish va o'lim nati-jasida muntazam o'zgarib luradi, muayyan bir hududlar uchun esa aholi migratsiyasi natijasida o'zgaradi. Shuning uchun demo-grafik tahlilda aholi soni vaqt funktsiyasi sifatida qaraladi. U ma'Ium bir vaqt aholini ro'yxatdan o'tkazish vaqti uchun, yil boshi, yil oxiri yoki yil o'rtasidagi holati bo'yicha o'lchanadi va baholanadi. Ushbu vaqtning belgilanishi, ayniqca, yirik mamlakatlar yoki hududlar uchun juda zarur, bunda yil boshidagi va yil o'rtasidagi aholi sonidagi farq 100 mingni tashkil qilsa, yirik mamlakatlar uchun esa millionlarni tashkil qiladi.
Hozirgi kunda aholi soni to'g'risidagi ma'lumotlar aholini ro'yxatdan o'tkazish, ro'yxatdan o'tkazishlar o'rtasidagi davr uchun esa tug'ilish, o'lim, migralsiyani hisoblash asosida olinadi. Ayrim mamlakatlar va hududlar, jumladan, o'tgan davrlar uchun aholi soni turli manbalar: arxiv materiallari, tarixiy demografik va paleodemografik manbalar asosida aniqlanadi. Aholi soni to'g'risidagi ma'lumotlarning aniqligi aholini hisobga olishning to'liqligiga bog'liq, shuning uchun awallari ularning aniqligi past boMgan bo'lsa, hozirgi kunda esa doimiy ravishda aholini ro'yxatdan o'tkazish va aholini joriy hisobga olinish yo'lga qo'yilganligi sababli ozmi-ko'pmi aniqroqdir.
Ro'yxatdan o'tkazish ma'Iumotlarini yig'ish va qayta ishlashning qiyinligi ma'Ium bir vaqtda olingan aholi sonining faktik miqdori, odatda, ma'Ium bir sustkashlik bilan aniq-lanishiga olib keladi. Shuning uchun aholi soni to'g'risidagi ma'lumotlar ko'pincha oxirgi yillar uchun aholi soni o'sish
sur'atlari tendentsiyalarini ekstropolyatsiyasiga asoslangan qisqa muddaili prognoz qilish yo'li orqali olinadigan baholar sifatida namoyon bo'iadi.
Aholi soni dinamikasi to'g'risidagi ma'lumotlarning talilili uchun tarkibiy ko'rsatkichlardan foydalaniladi, masalan, ayrim hududlarda yashayotgan aholi soni va ulushini solishtirish. Bunda guruhlash va indekslar qo'llaniladi: o'sish va o'sish sur'atlari, teng bo'lmagan vaqt oraliqlari uchun esa o'sish va o'sish sur'atining o'rtacha yillik sur'atlari olinadi.
U yoki bu vaqt uchun aholi sonining o'zgarishi, birinchidan, aholining «tabiiy o'sish sur'ati» deb nomlanuvchi tug'ilganlar va o'lganlar miqdorining farqlari bilan; ikkinchidan, agar so'z mamJakat yoki aholi manzilgohi haqida ketadigan boisa, ularning soni aholi migratsiyasi (keluvchilar va ketuvchilar nisbati) bilan aniqlanadi. Immigratsiya va emigratsiya o'rtasidagi farq aholining «migratsion o'sishi» deb nomlanadi.
Aholi sonini o'rganishda quyidagilarni hisobga olish lozim:
• har bir keyingi davr uchun aholining mutlaq soni, uning
awalgi davr miqdoriga to'la bog'liqligi bilan ifodalanadi;
• vaqt ichidagi aholining rivojlanish jarayoni nafaqat aholining
miqdoriy o'zgarishiga, balki aholi tarkibining sifatiga ham bog"liq
bo'iadi.
Muayyan bir davr uchun aholi sonida (5) sodir bo'lgan o'zgarishlar haqida dinamik qatorlar: Sg, 5,, S2, ... Sn dan bilib olish mumkin.
Aholi soni dinamikasini o'rganishda, odatda, quyidagi ko'rsatkichlardan foydalaniladi:
1) Aholi sonining mutlaq o'sish sur'ati:

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin