Mehnat migratsiyasi — bu mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida doimiy yashayotgan odamlaming bir hududdan ikkinchi hududga (mamlakatga) qonuniy asoslarda ixtiyoriy ravishda ko'chib o'tishidir. Tashqi mehnat migratsiyasining sub'yektlari bo'lib fuqaroligi bo'lmagan davlatda mehnat faoliyatini amalga oshirmoqchi bo'lgan va amalga oshirayotgan shaxslar hisoblanadi. Tashqi mehnat migratsiyasi xorijlik ishchilarni ishga jalb qilish va o'z fuqarolarini boshqa mamlakatlarga jo'natish bilan bog'liqdir. Xalqaro mehnat tashkilotining baholariga ko'ra, har yili ish qidirib 20 mln.ga yaqin qonuniy migrantlar dunyo bo'yicha ko'chib yuradi va ushbu jarayon 100 dan ortiq mamlakatni qamrab oladi.
Mehnat migratsiyasi aholining yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoit-larga ko'nikishining shakli sifatida, ba'zan aholining ayrim qismining farovonligini oshirishning yagona imkoniyati sifatida yuzaga chiqadi. Unga turli kasb, ijtimoiy maqom, jins, yosh va ta'lim darajasiga ega odamlar tortilgan.
Mehnat migratsiyasi haqida keyingi paragraflarda batafsil to'xtalib o'tamiz.
Migratsiya shakllari.Migratsiya amalga oshirilish shakllari bo'yicha ijtimoiy-tashkillashtirilgan (davlat yoki ijtimoiy organlar ishtirokida va ularning iqtisodiy ko'magi yordamida amalga oshiriladigan) va ijtimoiy-tashkillashtirilmagan (individual, ya'ni tashkilotlarning tashkiliy va moddiy yordamisiz migrantlar o'zlarining mablag'lari va kuchlari hisobiga amalga oshirilgan) shakllargabo'linadi.
Migratsiya sabablari.Migratsiyani sabablar bo'yicha tasniflash muhim ahamiyat kasb etadi. Ulardan quyidagilarni ajratib ko'rsatish munikin:
ijtimoiy va iqtisodiy, ularni ko'pincha ajratish qiyin bo'Jadi (bo'sh qishloq xo'jalik yerlari va ish qidirish bilan bog'liq ko'chishlar; yuqoriroq daromadlami qidirish bilan; turmush tarzini o'zgartirish maqsadida qishloqdan shaharga ko'chib o'tish va aksincha; yanada yuqoriroq ijtimoiy maqomga ega bo'lish va h.k.larga ko'ra ko'chishlar);
siyosiy - siyosiy ta'qiblardan, irqiy va diniy siquvlardan qochish, siyosiy sharoitlar yoki davlat chegaralarining o'zgarishi bilan bog'liq repatriatsiya (qochoqlar va ko'chirma bo'lganlarning o'z vataniga qaytishi);
harbiy - evakuatsiya, reevakuatsiya va deportatsiya;
etnik (milliy);
demografik (oilalarni birlashtirish, nikoh migratsiyasi);
tabiiy sharoitlar (iqlim);
ekologik sharoitlar — atrof-muhitning ifloslanishi, ekologik halokatlar natijasida aholi ko'chib ketishga majbur bo'ladi.
Migratsiya bosqichlari. Migratsiya jarayoni uch bosqichga bo'linadi.
Birinchi bosqich — ko'chish to'g'risida qaror qabul qilish.
Ikkinchi bosqich — bevosita hududiy ko'chish. U davlat, turli jamoat tashkilotlari yordamida yoki mustaqil amalga oshirilishi mumkin.
Uchinchi bosqich — migrantlarning yangi yashash, ish joyiga va mos ravishda ularning samarali hayot va mehnat faoliyatiga
ko'nikishi. Bu bo'yicha barcha migrantlarni sprinter va stayer-migrantlarga ajratish mumkin (bu yerda gap noodatiy va og'ir iqlimiy sharoitlari bo'lgan hududlarga ko'chish haqida ketmoqda). Sprinter-migrantning yangi joydagi mehnati faqat birinchi 2-3 oyliklarda samarali bo'ladi va ulaming keyingi ko'nikishi qiyin-chiliklar tug'diradi. Stayer-migrantlarda esa mehnatning samara-dorligi me'yoriashadi, bir necha oylar mobaynida oshib boradi va ko'nikish jarayoni borgan sari engillashib hamda tezlasha boradi. Migrantlarni aynan shu turkumidan hududning doimiy aholisi shakllanishi va mehnat migratsiyasining samaradorligi sezilarli darajada oshishi mumkin.