O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Migratsiyani hisobga olish usullari



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə89/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

10.2. Migratsiyani hisobga olish usullari va ko'rsatkichlarj
Aholi migratsiyasini hisobga olish nihoyatda murakkab masalalar qatoriga kiradi. Migratsiya haqidagi ma'lumotlar manbaiga asoslanib, uni hisobga olish usullarini ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh migratsiyani hisobga olish usullarining bevosita usullariga asoslanib, ulaming asosida migratsion jarayonlarni joriy ro'yxatga olish. Bu yerda migrantlarni ketish va kelish joyidagi har biralohida harakatlanish vaziyatlarini bevosita ro'yxatga olish nazarda tutilmoqda. Lekin, ushbu ma'lumotlar aholini tabiiy harakatlanishi dalolatnomalarini ro'yxatga olishga nisbatan reprezentativligi ancha past. Shuning uchun keluvchilar va ketuvchilar o'rtasidagi farq sifatidagi migratsiyaning saldosini aniqlash har doim ham ishonchli bo'Iavermaydi.
Bunday holatda migratsiyani hisobga olishning bilvosita usullari qo'llaniladi, ular hisob-kitob xususiyatiga ega va aholini ro'yxatdan o'tkazish hamda tanlama tadqiqotlarga asoslanadi. Masalan, har bir bolaning tug'ilgan joyidagi aholini ro'yxatdan o'tkazishda amalga oshirilgan ro'yxatga olishga asoslanadi. Tug'ilgan va yashash joyi to'g'risidagi ma'lumotlarni solishtirib mahalliy bo'lmagan yashovchilarning son ko'rsatkichlarini aniqlash mumkin va u migratsiya saldosini bilvosita tavsiflab beradi.
Migratsiyaning miqdoriy tahlili uning o'lchamini aniqlashdan boshlanadi. Migratsiya o'lchamlari ikki nuqtai nazar bo'yicha ko'rib chiqilishi mumkin:
1. Har bir ochiq aholi uchun uni boshqa ochiq aholi bilan
migratsion o'zaro aloqadorligini tavsiflab beruvchi ko'rsatkichlarni
belgiJab olish mumkin. Bu yerda hudud chegaralaridan tashqariga
ketuvchilarning va chegaralar tashqarisidan kelayotganlarning
umumiysi nazarda tutiladi (tashqi migratsiyaga nisbatan ayiilganda
emigratsiya va immigratsiya haqida gap ketadi). Keluvchilar va
ketuvchilar soni o'rtasidagi farq «sof migratsiya» deb yuritiladi (netto-
migratsiya yoki migratsiya saldosi). Keluvchilar va ketuvchilar sonining
yig'indisini «yalpi migratsiya* deyiladi (yoki brutto-migratsiya).
2. Har bir aholi uchun ushbu aholi harakatchanligining umumiy
darajasini ko'rsatib beruvchi ko'rsatkichlarni aniqlash mumkin.
Harakatchanlikning ushbu ko'rsatkichlari:

  • yopiq (berk) aholi uchun harakatchanlik kelish va ketish miqdorigato'g'ri keladi;

  • ochiq aholi uchun harakatchanlik berilgan hudud chegarasi tashqarisidan kelish va ketishlaming barcha sonining yig'indisiga teng.

Migratsion jarayonlarni yanada to'liqroq tahlil qilish uchun ko'pincha uning oqimlarini differentsiatsiya qilish va ularni qiyosiy tahlil qilishga ehtiyoj tug'iladi.
Umumiy migratsiyani differentsiatsiya qilish asosiga turli alomatlar qo'yilishi mumkin (masalan, migrantlarning demografik, ijtimoiy, kasbiy kabi turli tavsiflariga bog'liq ravishdagi alomatlar). Turli yosh guruhlaridagi ayollarva erkaklarning, shahar va qishloq aholisining migratsiyasini ko'rib chiqish mumkin.
Yuqorida sanab o'tilgan ko'rsatkichlar mutlaq kattaliklarni aks ettiradi. Lekin, ular jarayonning jadalligini aks ettirmaydi. Shuning uchun nisbiy kattaliklarni — migratsiyaning jadaliik ko'rsatkichlarini hisoblab chiqish lozim bo'ladi.
Migratsiyaning jadaliik koeffitsienti migratsiya o'lchamining ko'rilayotgan hudud aholisining umumiy miqdoriga nisbati sifatida hisoblab chiqiladi. Aholining tabiiy harakati koeffitsienti singari u har ming kishiga (promille) nisbatan hisoblanadi.
Shunday qilib, aholining migratsiya jarayonlarini hisobga olishda bevosita va bilvosita usullardan, migratsion jarayonlami to'liqroq tahlil qilish maqsadida esa migratsiyaning jadallik koef-fitsientidan foydalaniladi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin