O’zbekiston respublikasi o’liy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


SERTIFIKATLASHTIRISH TARTIBI (SXEMALARI)



Yüklə 373,85 Kb.
səhifə33/44
tarix04.07.2023
ölçüsü373,85 Kb.
#135683
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44
Caмиев(тайёр) 100%

SERTIFIKATLASHTIRISH TARTIBI (SXEMALARI)

Sertifikatlashtirish bo‘yicha ISO tarkibidagi qo‘mita tomonidan tayyorlangan xujjatda uchinchi tomon taraftga oshiriladigan sertifikatlashtirishning to‘qqizta sxemasi berilgan bo‘lib, respublikamizda xam aynan shu 8 ta sxema tadbiq etilgan:


Birinchi sxema. Bu sxema bilan faqat maxsulot namunalari turlarini standartlar talablariga muvofiqligini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan o‘tkaziladi. Bu xildagi sertifikatlashtirishda sinovga taqdim etilgan namunani belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlanadi, xalos. Bu yil uzining soddaligi va unga ko‘p xarajat talab qilmasligi tufayli milliy va xalqaro savdo munosabatlarida muayyan darajada tarqalgan.
Ikkinchi sxema. Bu sxemada maxsulotning namuna turlarini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan utkazilib, sungra uning sifatini savdo shaxobchalaridan vaqti-vaqti bilan olinadigan namunalar asosida nazorat qilib boriladi. Bu usul taqdim etilgan namunalar sifatini baxolash bilan seriyali chiqayotgan maxsulotning sifatini xam baxolash imkonini beradi. Usulning afzalligi uning soddaligidadir. Uning kamchiligiga esa nazorat sinovlar natijasiga qarab, agar maxsulot standart talablariga nomuvofiqligi aniqlanilsa, baribir uni savdo shaxobchalaridan chiqarib tashlash mumkin bo‘lmaydi yoki uni chiqarib tashlash uchun birmuncha qiyinchiliklar tug‘iladi.
Uchinchi sxema. Maxsulot namunalarining turlarini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida o‘tkazish, so‘ngra sotuvchi yoki iste’molchiga yubormasdan turib vaqti-vaqti bilan namunalarning tekshiruvini nazorat qilishga asoslanadi. Ikkinchi sxemadan farqlanuvchi tomoni shuki maxsulot savdo shaxobchalariga tushmasdan turib, sinov nazorati o‘tkaziladi va standartga muvofiqligi aniqlansa, maxsulotning iste’molchiga junatilishi to‘xtatiladi.
To‘rtinchi sxema. Maxsulot namunalarining turlarini xuddi 1-3-sxemalardek sinovdan o‘tkazishga assoslangan bo‘lib, sungra savdo shaxobchasidagi xamda ishlab chiqarishdan olingan namunalarining tekshirish nazorati vaqti-vaqti bilan o‘tkazish orkali maxsulotning sifati xisobga olinadi. Bu xolda maxsulot ishlab chiqarilgan bulib, uning chiqarilishiga mahlum xarajatlar bo‘lgandan keyin standart talablariga nomuvofiqligi aniqlanadi.

Yüklə 373,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin