361 MARKALI MAYDALASH MASHINASI
Bu uskuna olmani maydalash uchun ishlatiladi.
Uning ko‘rinishi 2-rasmda ko‘rsatilgan.
2-rasm. 361 markali ezish mashinasi.
1 – stanina; 2 – rotor; 3 – qopqoq; 4 - parraklar o‘rnatilgan o‘q; 5 - korpus.
Rotor o‘qni oldi qismiga o‘rnatilgan bo‘lib, uch parrakdan iborat. Xom-ashyo 15 qirrali pichoqlar orasidan o‘tadi, eziladi va keyingi jarayonga uzatiladi.
MAYDALASH MASHINASINING HISOBI
Maydalash mashinalarning ishlab chiqarish quvvati quyidagi ifodaga asosan topiladi:
, kg/soat
Bu erda,
- 1 minutda barabanning aylanishlar soni, min-1;
- baraban joylashgan kojux diametri, m;
- pichoq bilan kesilgan mahsulotning balandligi, m;
- baraban kurakchalarining kengligi, m;
- mahsulotning hajmiy og‘irligi, kg/m3;
- kesuvchi pichoqning foydalanish koeffitsienti, = 0,3-0,4.
Elektrdvigatelь quvvati quyidagi ifodaga ko‘ra aniqlanadi:
, kVt
Bu erda, F = f ·y·Q·W
W – kesishning solishtirma ishi, kgm/sm2;
- pichoqning kesilayotgan materialga ishqalanish qarshiligini inobatga oluvchi koeffitsient, = 0,35-0,45;
F – 1 sek-dagi kesish maydoni, sm2;
- uzatmaning F.I.K.-i, =0,8-0,9;
f – solishtirma yuzasi, sm2/kg;
Solishtirma yuzasi quyidagi ifoda orqali topiladi:
, sm2/kg
a – bo‘lakning to‘rtburchak kesimi tomonlari o‘lchamlari, sm;
j – kesilayotgan mahsulotning hajmiy og‘irligi, kg/m3;
- tajribaviy koeffitsient, = 0,3-0,6.
KICHIK KORXONALAR USKUNALARIGA QUYILADIGAN TALABLAR
Kichik quvvatli korxonalarda katta quvvatga ega texnologik uskunalardan foydalanish, maksadga muvofiq emas, chunki ular qimmat narxga ega, ularni to‘la quvvatda ekspluatatsiya qilishga xom ashyo etishmaydi.
Har tomonlama universal (bajaridigan ishi bo‘yicha) va ko‘poperatsiyali uskuna qo‘llash iqtisodiy qulaydir. U oson va tez o‘zgartiriladigan, arzon, ishonchli va ko‘p muddatli bo‘lishi lozim. Bunday uskunani agregatlash prinsipiga asosan, umumiy uzatgichdan foydalanib, har xil operatsiyalarni bajaradigan o‘zlashtiriladigan ishchi organlariga ega qilib yaratish mumkin. Detallarni va qismlari almashtiriladigan va minimal o‘lchamda bo‘lishi mumkin. Uskunalarning kichik korxonalarda ishlashi uchun, odatda, bug‘, siqilgan havo va gaz qo‘llanilmaydi. Uskunalar va kichik korxona faoliyatining yuqori samaradorligi maxalliy issiqlik, suv, sovuqlik bilan ta’minlovchi manbalarga bog‘liq. Ishlab chiqarish korxonalarini loyihalashda mahsulotlarni va xom ashyoni saqlash uchun tabiiy manbalardan foydalanish imkoniyatlarini hisobga olish kerak. Kichik korxonalardagi uskunalarni ekspluatatsiya qilish uchun maxsus tayyorlangan mataxassislar – texnologlar, mexaniklar, laborantlar va ishchilar talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |