Pazterizator qurilmasining avtomatlashtirilgan funksional sxemasining bayoni Sharbat nasos (1) orqali bug’latish qurilmasiga kelib tushadi. Nasosni nazorat qilib turish uchun magnit yuritmali elektrodvigatel (1-1, NS) o’rnatilgan va uni ishga tushirish yoqib-o’chirgich (1-2, HS) yordamida amalga oshiriladi. Nasosni ishga tushgani haqida HL1 lampa xabar beradi. Bug’latish qurilmasiga tushayotgan sharbatning xaroratini nazorat qilish uchun qarshilik termometri o’rnatilgan (2-1, TT). Bug’latish qurilmasidan chiqayotgan sharbatning xaroratini rostlash uchun termometr oraliq signal o’zgartkichda (3-1) signal beradi u esa o’z navbatida undan chiqadigan 4-20mA diapozondagi signali universal Simatic S300 dasturlanuvchi kontrolleriga (3-2) keladi. Kontrollerdan chiqqan chiqish signali Simatic Panel hisoblash kompyuteriga (3-3) keladi va elektr klapan (5-4) bug’latish qurilmasiga berilayotgan issiq suv sarfini o’zgartiradi.
ATROF – MUHIT MUHOFAZASI Milliy xavfsizlikka qarshi yashirin taxdidlarni ko'rib chiqar ekanmiz, ekologik xavfsizlik va atrof muhitni muhofaza qilish muammosi alohida e'tiborga molik. Ekologik hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Ekologiya muammosi yer yuzining hamma burchaklarida ham dolzarb, faqat uning dolzarblik darajasi dunyoning turli mamlakatlarida va mintaqalarida turlichadir. Afsuski, bu jarayonlar O'zbekistonni ham chetlab o'tmaydi. Bu yerda mutaxassislarning baholashicha, juda murakkab deb aytish mumkin. Xavfli vaziyat vujudga kelmoqda. Bunday vaziyat nimadan iborat?
Birinchidan, yerning cheklanganligi va uning sifat tarkibi pastligi bilan bog'liq xavf ortib bormoqda. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida O'zbekistonda aholining zichligi, ayniqsa, yuqori bo'lib, 1 km2 ga 51,4 kishi to'g'ri keladi. O'zbekistonda qattiq maishiy chiqindilar tashlanadigan 230 dan ortiq shahar va qishloq ahlatxonalari mavjud. Respublikada xali-hanuz markaziy chiqindilarni sanoat usulida qayta ishlash masalasi hal qilinmagan. Navoiy viloyatidagi qoldiqlar saqlanadigan joy ham ekologik jihatdan xavfli ifloslantirish o'chog'i hisoblanadi. Bu yerdagi radiaktiv qumni shamol uchirish xavfi bor.
Ikkinchidan, O'zbekistonning ekologik xavfsizligi nuqtai nazardan qaragandan, suv zahiralarining, shu jumladan yer usti va yer osti suvlarining keskin taxchilligi hamda ifloslanganligi katta tashvish uyg'otmoqda.
Respublikaning daryolari, kanallari, suv omborlari va xatto yer osti suvlari ham har taraflama inson faoliyati ta'siriga uchramoqda.
Uchinchidan, Orol dengizining qurib borish xavfi tobora keskin muammo aytish mumkinki, milliy kulfat bo'lib qoladi. Lekin bu muammo so'nggi 10 yilliklar mobaynida xavfli darajada ortdi. Markaziy Osiyoning butun xududi bo'ylab sug'orish jadal sur'atda qurish ko'nlab aholi punktlariga va sanoat korxonalariga suv berish barobarida keng ko'lamdagi fojia.
Orol halok bo'lishning sababiga ham aylandi.
To'rtinchidan, havo bo'shlig'ining ifloslanishi ham Respublikada ekologik xavfsizlikka solinayotgan tahdiddir.
Mutaxassislarning ma'lumotiga qaraganda har yili respublikaning atmosfera havosiga 4 million tonnaga yaqin zararli moddalar qo'shilmoqda.
Mintaqasida joylashgan O'zbekiston Respublikasida tez-tez chang bo'ronlarni qo'zg'atuvchi Qoraqum va Qizilqum sahrolaridek yirik tabiiy manbalar mavjud.
Ekologik ongli va fikrlovchi muxandis yaqin kundagi tabiatda ro'y berayotgan o'zgarishlargina ko'rib qolmay balki kelajak 10-yilliklar hatto 10-yilliklardan so'ng ro'y berish mumkin bo'lgan o'zgarishlarni ham oldindan bila olish kerak.
Respublikamiz Konstitutsiyasiing 65-moddasiga binoan "Yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umum milliy boylikdir. Undan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir" deb ta'kidlangan.
Konstitutsiyaning 50 moddasida "Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdir" deyilgan. Ishlab chiqarishning barcha soxalarida, barcha manbalarida O'zbekiston Konstitutsiyasidan kelib chiqqan holda tabiatni muhofaza qilish har bir fuqaroning burchi ekanligi belgilab qo'yilgan.
1993 yil 9 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan "Tabiatni muhofaza qilish" qonuni qabul qilindi.
Chiqindilar ikki xil bo'lib, ashyoviy va energetik bularning har biri bo'linib ketadi.
l) Chang - gaz chiqindilari;
2) Qattiq chiqindilar;
3) Oqava suvlardagi chiqindilar.
Gaz, chang chiqindilar - meva sabzavollarni qabul qilishda chang hosil bo'ladi va siklonlarda to'planadi. Bu bilan ta'minlash bo'limida yoqiladi. Shuning uchun chala yongan ko'mir SO hosil bo'ladi.
Bu gaz adsorbulanda tozalab olinadi. Kompressor usulida ammiak bug'lari hosil bo`lishi mumkin. Uni xam adsarbulan usul bilan ushlab qolinadi.
Oqava suvlardagi chiqindilar meva, sabzavollarni yuvishda, tanalarini yuvishda, maishiy xonalarda hosil bo'ladi va kanalizatsiyaga oqizdiriladi.
Qattiq chiqindi danagidan ajralish jarayonida mevalarning danaklari hosil bo'ladi. Danaklardan yog' olish maqsadida danakni yog' korxonalariga jo'natiladi.
Changni tozalash usuliga quyidagilar kiradi:
1) Mexanik usul - gravitatsion
2) Markazdan qochma usullar - inertsion
3) Xo'llash usuli
4) Filtrlash
5) Ultratovush yordamida tozalash.
Changlarni va gazlarni tozalash uchun adsarbunan apparatlardan va havo apparatlaridan foydalanish. Bu moslamalarni qo'llash va ularda foydalanish atmosferasiga chang miqdori chegaralangan konsentratsiyasidan ancha kam miqdorda chiqishni ta'minlaydi. Amaldagi me'yorga muvofiq atmosferaga tashlanayotgan havo tarkibidagi chang konsetratsiyasi 60 mg/dan oshmasligi kerak.