MEHNAT MUHOFAZASI Insoniyat rivojlanib borar ekan ishlab chiqarish ham o'z-o'zidan rivojlanishga majburdir. Ishlab chiqarishda inson boshqaruvchi kuchdir. Lekin insonlarning ham imkoniyat darajalari ma’lum bir chegaralarga ega. Mana shu chegaralar buzilsa inson oldida, masalaga bevosita yondashsak esa ishlab chiqarishni boshqaruvchi ishchi oldida katta muammolar vujudga keladi. Fikrimizni to'laroq ifodalash uchun biror bir ishlab chiqarish korxonasini misol qilishimiz mumkin.
Ishchi har qancha aqliy yoki jismoniy kuchli, idrokga ega bo'lmasin agarda ushbu kuchni, idrokni avaylab foydalanmas ekan bu kuch tanazzulga mubtalo bo'ladi. Ya'ni inson asta-sekin zaiflashib boradi va natijada yaroqsiz holatga kelishi mumkin. Buning oldini olish ya'ni insonning ishlab chiqarishdagi boshqaruv-chilik qobiliyatini uzluksizligini saqlab qolish uchun unga qulay ish sharoitlari yaratilishi lozim. Ular quyidagilar
– Normal sanitar gigiena sharoitini ta'minlash;
– Qo'l kuchi bilan bajariladigan mehnatni minimallashtirish;
– Aqliy mehnat rolini oshirish;
– Jarohatlanish va turli shikastlanishlarini oldini olish;
– Charchash to'liqish, qalb kasalliklarini keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish;
– O'z vaqtida va to'laqonli dam olishni, ya'ni mehnat qobiliyatini tanlash sharoitlarini yaratish va xokazolar
Bizning meva va sabzavotlarni qayta ishlash zavodimiz sanitariya bo'yicha 5-sinfga kiradi. Chunki ishlab chiqarish korxonasi bo'lganligi sababli, fizikaviy faktor bu xarakatlanuvchi mashina va mehanizmlar yuqori changlanish va ishchi zona havosini zararli moddalar aholi salomatligi uchun ta’siri bo'lmaydigan joyga joylanishi.
Konserva korxonasi ximoya zonasi 50 metrdan kam bo'lmasligi kerak. Ya'ni, N- 245 -71 SNIP - 2 - 0l - 03 - 94 ga asosan amal qilinadi. Kasallik, zaharlanish sodir bo'lmaslgi uchun sanitariya normasida belgilangan yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan oxirgi darajadan oshib ketmasligi kerak.
"G'azalkent-konserva" zavodida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni insonlar iste'mol qiladi. Bu mahsulotlarni ishlab chiqarishda meva va sabzavotlarni ahamiyati katta. Shuning uchun meva va sabzavotlar zaharli moddalardan, issiqlik ta'sirida, ezilgan bo'lishi kerak emas. Asosan meva va sabzavotlarni laboratoriyada tekshirishda suyultirilgan kislotadan foydalaniladi. Bu modda mahsulotga mahsulotga qo'shilib ketmasligi kerak. Buni ishlatish faqat laboratoriya xonasida olib borilishi kerak.
Assortimentlar tomat-pasta, djem, ishlab chiqarishda xom-ashyo va yordamchi materiallardan foydalaniladi.
Bu xom-ashyo va materiallar sifati belgilangan tartibda bo'lishi kerak. zaharli, inson organizmga salbiy ta'sir ko'rsatadigan moddalar qo'shilmasligi kerak.
"G'azalkent-konserva" zavodi Toshkent viloyatida joylashganligi sababli bo'layotgan shamol korxonadan chiqayotgan gaz, changlarni aholidan zararsiz tomonga tashlaydi. Sanoat korxonalari SNIP 2 -0902-85, SNIP 2 , 0 l.03-85 larga asosan shamol yo'nalishi va havo oqimi tezligi hisobga olgan holda quriladi. Korxona qurilayotgan yerdan aholi tomonga har qanday zararli ta'sirlar (shovqin, gaz, oqava suv) etkazilmasligi kerak, ximoya vositalari bilan ta'minlanishi lozim.
Sharbat konsentrati ishlab chiqarishda inspektsiya, sartirovka, kolibrovkasi, yuvish, mevalarni tayyorlash, yarim tayyor mevalarni bankalarga joylashtirish, sirop tayyorlash, qadoqlash, berkitish, sterilizatsiya, sovitish, omborxonaga joylashtirish jarayonlari amalga oshiriladi. Bu texnogik jarayonlar 2 xil usulda mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan bo'lishi mumkin. Korxonada davriy usulda 2 smenada ish tashkil etiladi.
Korxonada ko'pincha mahsulot ishlab chiqarish uskunalari avtomatlashtirilgan. Bu esa insonni og'ir mehnatdan, charchashdan, zararli moddalar bilan to'qnashishdan holos etadi.
Ishchilarni mehnatini yengillashtirish maqsadida uzoqdan turib boshqariladigan elektrik va kompleks uskunalar qo'llanilgan, bu texnologik jarayonni normal holatini ushlab turadigan parametrlar yordamida aniqlanadi, zamonaviy texnogiyalar ish rejimi bir joyda turib kompyuterlashtirilgan boshqarish punktda nazoratdan o'tkazib boriladi. Korxonada qo'llanilayotgan uskunalarni bosim ostida ishlaydigan kompressor separator va sterilizatorlarni xavfsizligi ta'minlash maqsadida ular avtomatlashtirilgan. Bosim ostida ishlovchi kompressor, avtoklav qadoqlovchi uskunalarni kichikroq xajmdagi apparatlardan turib boshqariladi. Uskunalarni germetikligi ta'minlangan. Korxonada apparat uskuna, qurilmalarni tuzatish, sozlash uchun narvon, mahsus maydoncha, ko'tarma kran va boshqa zarur bo'lgan ta'mirlash vositalari bilan ta'minlangan bo'lishi kerak.
Korxona ichida ishlayotgan senarator, pasterizator, kompressor va nasoslar o'zidan shovqin va tebranish hosil qiladi.
Sexni ichida shovqin va tebranishni kamaytirish maqsadida kompressorlar va shovqin, tebranishni hosil qiladigan uskunalar alohida xonalarga joylashtirilgan. Sex ichidagilari esa shovqinni kamaytirish maqsadida shovqin kamaytirish shkaflar bilan o'ralgan bo`lishi kerak. Tebranishdan himoya qilish uchun esa uskunalarni separator va pasterizatorlarni tagiga rezina quyilgan, bu rezina asos yuzasini tebranish yutuvchi rezina hisoblanadi. Korxonadagi sex ichida shovqin 100 db bo'lishi kerak 100 db dan oshib ketsa, ishchilarga zarar yetkaziladi.
"G'azalkent konserva" zavodida korxona ichidagi sexlarni yoritish juda yaxshi yo'lga qo'yilgan. Bunda asosan tabiiy va yoritish tizimlaridan foydalanilgan. Bu sexlar sun'iy yoritilgan lampalari bilan jihozlangan. Asosiy sex esa sun'iy chiroqlar va katta-katta oynali derazalar bilan jihozlangan. Bu yerda yorug'lik juda yetarli va qurilish qoida va normalariga SNIP 2-4-79 qabul qilingan. Korxonada mehnat sharoitini yaxshilash, ish suratini oshirish, ishchilarni xavfsizligini ta'minlash maqsadida korxonada shamollatish va isitish moslamalari to'g'ri qo'llaniladi. Korxonada ish boshlanishdan 10-15 minut oldin shamollatish qurilmalari ishga tushiriladi. Bu esa sex ichidagi havoni tozalashiga va sanitariya - gigiena talablariga to'liq rioya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Korxonada ishchi xizmatchilar doimo bo'ladigan ishlab chiqarish binolarini ma’lum haroratda ushlab turish uchun isitish qurilmalari o'rnatilgan. Bu isitish qurilmalari markazlashgan holda bo'lib, par va issiq suv bilan amalga oshiriladi. Korxonani shamollatish va isitish SanPIN 0058-96 ga asosan olib boriladi va loyixalashtirilgan. Korxonada ishchilarni elektr tokidan shikastlanishning oldini olish, ximoyalash maqsadida dastgohlarda ximoya vositalardan foydalanish kerak.
Ishchilar va mahsus vositalar va anjomlar bilan ta'minlangan bo'lishi kerak. elektr tokidan shikastlanishning oldini olish va ogohlantirishda sehda yerga ulanuvchi simlar joylashtirilgan bo'lishi kerak. Bu simlar yerga yakka holda diametri 8-l0 mm bo'lgan yerga o'lchovchi sim orqali zax va pastroq joyga qoqilgan, diametri 50 mm bo'lgan qovur uzunligi 3 m bo'lgan burchakli po'lat vosita bilan bog'langan bo'lishi kerak. Ishchilarni elektr toki yordamida shikastlanishdan himoya qilish uchun ishlab chiqarish sharoitlarida xavfsiz hisoblanadi. Bu esa ishchilarni yanada ish suratini oshirishga yordam beradi.
Oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoati korxonalarida asosiy va qo'shimcha texnologik jarayonlarni amalga oshiruvchi ishchilar shaxsiy himoya vositalaridan foydalaniladilar. Meva va sabzavotlarni qayta ishlovchi zavodlarda ham ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi ishchilar oq xalat, rezina etik, qo'lqop va qalpoq kiyadilar. Korxonada yana bajariladigan ishning turiga qarab mahsus kostyum va qo'lqop dislektrik poyondoz, qo'l ushlagich shlaklar ham ishlatiladi, korxonada kam zaxdan himoyalanishda mahsus oyoq kiyimlari ham kiyiladi.
Har bir sanoat korxonasida dam olish, ovqatlanish, uy va ish kiyimlarini saqlash, zararsizlantirish, tuzatish, yuvish, yuvinish va boshqa maishiy sanitariya xizmatlari uchun mo'ljallangan qo'shimcha binolar bo'lishi kerak. "G'azalkent konserva" korxonasida ham sanitar - maishiy xizmat ko'rsatish binolari mavjud. Ishchilarni ovqatlanish uchun oshxona, madaniy hordiq chiqarishlari uchun qo'shimcha bino, yuvinish xonasi, kiyimlarni saqlash xonasi, xojatxona va boshqa shunga o'xshash sanitar maishiy xizmat ko'rsatish xonalari mavjud. Bu maishiy xizmat ko'rsatish xonalari hajmi SNIP 2.02-04-87 va SNIP 2.09.04- 93ga asosan loyihalashtirildi. SNIP 2.09.-02-85ga asosan qo'llaniladigan modda va materiallarning yong'in, nortlash xavfsizligi ko'rsatkichlari bo'yicha buning korxonamiz "V" kategoriyaga kiradi. "V" kategoriyaga yonadigan, qiyin yonadigan, chang, havo aralashmalari, tolalari, qiyin yoqadigan material va moddalar ishlatiladigan korxona va xonalar kiradi. Bu korxona xonalari yong'in portlash bo'yicha V-1a sinfga kiradi. V-1a sinfga normal ish jarayonlarida portlaydigan aralashmalar hosil bo'lmaydigan faqat avariya yoki nosozlik sababi portlash bo'ladigan binolar zonasiga taalluqli.
Bino inshootlarining ularning o'tga va yong'in xavfsizligi ularning o'tga chidamlilik darajasi bilan aniqlanadi. O'tga chidamlilik bino qismlarning yonuvchanlik xususiyatga bog'liq. SNIP-2-42-80 va SNIP - 2 – 01 - 8 5 ga asosan qurilish materiallari va konstruktsiyalari, yonuvchanligi bo'yicha uch guruhga bo'lingan, ya'ni yonmaydigan, qiyin yonadigan, yonadigan xillari mavjud. Bizning korxona materiallari temir, beton, g'isht, shifer va kafellar bilan qurilgan sexni ichi asosan marmar va yaxlit kafel bo`laklari bilan jihozlanadi.
O'tga chidamlilik bo'yicha yuqori harorat yoki o't manbai ishtirokida yonadigan egiladigan manba olib qo'yilsa yonishi to'xtaydigan materiallar. Qiyin yonadigan materiallardir.
Har bir ishlab chiqarish korxonasida bo'lgani kabi yong'indan, portlashdan va sodir bo'ladigan avariyalardan odamlarni boshqa xavfsiz joyga chiqishlari uchun chiqish evakuatsiya yo'llari bo'ladi.
Bu evakuatsiya yo'llari eshik yo'laklar, deraza, qo'shimcha eshiklar bo'ladi. Bizning korxonamiz xajmi 60 ming kub metrdan ko'proq bo'lgani uchun korxona evakuatsiya yo'li odam oqimiga ko'ra 200 m3 masofa qilib berilgan. Korxona evakuatsiya yo'li SNIP - 2 - 04 - 02 - 85 talabiga asosan evakuatsiya chiqish yo'llari loyihalashtirilishi kerak.
Korxona yong'inga qarshi suv bilan ta'minlangan. Korxona hovlisida 30 tonnagacha mo'ljallangan hovuz joylashgan. Korxona ichidagi nojarniy kranlar etarli darajada, shlanglar va yong'inga qarshi birinchi o't o'chirg'ich moslamasi bilan jihozlangan bo'lishi kerak. Bu shlanglar uzunligi 25 metrdan iborat bo'lishi kerak. Hovuzdan suv nasoslar orqali korxonaga avtomatik ravishda uzatilib boriladi.
Korxonada sodir bo'lgan yong'inga cheklash, bartaraf etish, uni oldini olish, yong'inni to'xtatish kerak. Buning uchun biramchi o't o'chirish vositalaridan foydalaniladi.
Korxona birlamchi o't o'chirish vositalari qo'lda ishlatiladigan o't o'chirgichlar OKP-10, OP-5, OP-Mlar, gidropulpalar, chelak, suvli bochka, belkurak, qum va boshqalar bilan jihozlanishi kerak.
Yong'in darakchilari va aloqa har bir korxonada SNIP - 2 - 04 - 09 - 89 g a asosan yong'in haqida tezda habar berish uchun o'rnatiladi. Yong'in darakchilari va aloqa har bir sodir bo'lgan joyni aniqlab o't o'chirish bo'limini chaqiradi. Shuning yong'inni o'chirish vaqtida boshqarish, aniq rahbarlikni katta ahamiyatga ega.
"G'azalkent konserva" zavodida ishchilarni xavfsizligini ta'minlash yong'in haqida o'z vaqtida xabar berish va yong'inni oldini olish maqsadida ko'ngilli o't o'chirish guruhi tashkil tongan. Bu guruhga o'z ixtiyori bilan saylangan 2 yoki 3 kishi qo'yilishi kerak.
Sanoat korxonalarida ishning birlamchi va ikkilamchi ta'siri natijasida sodir bo'ladigan yong'in, portlash, buzilish kabi hodisalarning oldini olish maqsadida SNIP-2-01-02-85 ga asosan muhim choralar qo'yilishi kerak. Uzoqli qaytargichning balandligi h=60 m va undan kam bo'lganda ximoya zonasi doiradan iborat bo'lgan konus shaklida tasvirlanib, zona radiusi r=1,5h ga teng bo'lishi kerak.