Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus ta`lim vazirligi


Chiqarilayotgan loyihaviy hujjatlarning tavsifi



Yüklə 1,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/74
tarix18.09.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#145221
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74
4a6bd22f-c7a4-4cab-90cd-b0adcbd25afd

Chiqarilayotgan loyihaviy hujjatlarning tavsifi.
Chiqariladigan hujjatlarning xarakteri 
bo„yicha ALTning 5 ta klassifikatsion guruhlari o„rnatilgan:
1) qog„oz lenta va (yoki) varaqda;
2) mashinali olib yuruvchi (носител)larda;
3) foto olib yuruvchilarda (mikrofilmlar, mikrofishlar, fotoshablonlar va boshqalar);
4) kombinatsiyalangan (hujjatlarni ikki yoki undan ortiq ma‟lumotlarni olib yuruvchilarda 
bajaradi).
Beshinchi guruh rezerv uchun saqlangan. 
Loyihaviy hujjatlarning chiqarilayotgan soni.
Kam, o„rta va yuqori unumdorli ALTlarni 
farqlashadi. Bunda bir yilda chiqarilayotgan loyihaviy hujjatlarning soni A4 formatga aylantirilganda 
10
3
dan 10
6
gacha o„zgaradi. 
Texnikaviy ta’minot strukturasidagi darajalar.
Bir, ikki va uch darajali ALTlarni 
ajratishadi.
B i r d a r a j a l i texnikaviy vositalar kompleksi (TVK) asosini o„rtacha yoki yuqori klass 
EHMlari va periferiya qurilmalarining shtati tashkil qiladi; EHMlarda ma‟lumotlarga dasturaviy 
ishlov berish bajariladi hamda ularni saqlash amalga oshiriladi. Mini-EHMdan foydalanilganda TVK 
avtomatlashtirilgan ishchi joyi (AIJ) deb ataladi. 
Mini- va mikroEHMlar imkoniyatlarining tez o„sishi terminallar bilan, balki mikroEHMlardan 
ham qurish afzalligiga olib kelmoqda. MikroEHM mavjudligi kompleks terminallari sonini keskin 
ko„paytirish imkonini beradi va natijada bir vaqtning o„zida ishlovchilar sonini orttirish imkoni 
tug„iladi. Albatta, foydalanuvchilar sonining ortishi va bajarilayotgan loyihaviy protseduralar 
doirasining kengayishi TVKlarda ancha takomillashgan mini-EHMlar qo„llanilishini taqozo qiladi. 
Shunday qilib, bir darajali ALTlarda kompleksning asosiy EHMlariga mo„ljallangan dasturlar 
paketlaridan foydalaniladi. Terminal mikroEHMlari asosiy EHM bilan dasturaviy mos keladi va 
masalalarni asosiy EHMda ochish uchun tayyorlash yoki oddiy masalalarni o„sha dasturaviy va 
informatsion vositalar yordamida yechish uchun hizmat qiladi. Bir darajali ALTlarning imkoniyatlari 
cheklangan. Shu sababli yirik korxonalarning ALTlarida unumdorligi katta bo„lgan EHMlardan 
foydalanishga intilishadi. ALT darajalaridan birini bir yoki bir nechta EHM hosil qiladi. Bu daraja 
markaziy hisoblash kompleksi (MHK) deb ataladi. Zamonaviy ALTlarning MHKlari yuqori 
unumdorli EHMlardan foydalanishadi. Ular juda katta hisoblash resurslarini talab qiladigan eng 


20 
murakkab dasturaviy protseduralarni bajarishda ma‟lumotlarga dasturaviy ishlov berish funktsiyasini 
samarali bajarishadi. Lekin foydalanuvchining ALT bilan samarali bog„lanish va ko„p sonli uncha 
qiyin bo„lmagan masalalarni yechish uchun ALTda interaktiv-grafik kompleks (ITK) deb 
nomlanuvchi ikkinchi darajaga ega bo„lish maqsadga muvofiqdir. MHK va ITKlarning har bir 
darajalarida mazmuni bo„yicha o„xshash loyihaviy protseduralarni bajarish uchun o„zining ADPlari 
bo„ladi.
I k k i d a r a j a l i ALTlar radial va halqasimon strukturaga ega bo„lishi mumkin. Halqasimon 
struktura halqasimon hisoblash tarmog„iga birikkan AIJga mos keladi. Bunday ALTda monitor tizimi 
va SUBD funktsiyalari hisoblash tarmog„i uzellari bo„ylab taqsimlanadi. 
U c h d a r a j a l i ALTlar ikki darajali tizimning texnikaviy vositalaridan tashqari periferiyali 
dasturaviy-boshqariladigan jihozni, masalan chizma avtomatlashtirish, fotoshablonlarni tayyorlash 
uchun qurilmalarini, raqam-dasturaviy boshqariladigan dastgohlar dasturlarini nazorat qilish uchun 
komplekslarni, o„z ichiga olgan bo„lishi kerak. 

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin