Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 1,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/74
tarix18.09.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#145221
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74
4a6bd22f-c7a4-4cab-90cd-b0adcbd25afd

Savollar 
 
1.
ALT klassifikatsiyasining asosiy belgilarini bayon qiling. 
2.
Loyihalash ob‟yekti asosiy tushunchalarini bayon qiling. 
3.
Texnikaviy ta‟minot strukturasidagi darajalar haqida aytib bering. 
4.
ALTning boshqa avtomatlashtirilgan tizimlar bilan o„zaro ta‟siri printsiplarini ta‟riflang. 


22 
4 – Ma’ruza. Mavzu: Loyihalash jarayonini formallashtirish 
Ma’ruza rejasi: 
1. 
Loyihalashning darajalari, aspektlari va bosqichlari 
1.1.
Loyihalash jarayoniga blokli-ierarxik yondoshuv
1.2.
Loyihalash aspektlari
1.3. 
Loyihalash jarayonining tarkibiy qismlari 
1.4. 
Pasayuvchi va ko„tariluvchi loyihalash 
1.5.
Tashqi va ichki loyihalash 
1.6.
Loyihaviy yechimlar va protseduralarni unifikatsiyalash 
1.7.
Loyihalanayotgan ob‟yektlar bayonlarining turlari va ular parametrlarining 
klassifikatsiyasi 
2.
Namunaviy loyihaviy protseduralar 
2.1.
Loyihalashning namunaviy protsedura (masala, vazifa)larining klassifikatsiyasi 
2.2.
ALTda loyihalash rejimlari 
Tayanch so‘zlar va iboralar 
Ob‟yekt obrazi, tizim, nimtizim, elementlar, ierarxik darajalar, loyihalash ob‟yektlarini 
abstraktsiyalash darajalari, pasayuvchi loyihalash, ko„tariluvchi loyihalash, texnikaviy ob‟yektning 
matematik modeli, solinganlik (vlojennost). 
4.1. Loyihalashning darajalari, aspektlari va bosqichlari 
Texnikaviy ob‟yektni loyihalash qabul qilingan shaklida ushbu ob‟yekt obrazini yaratish, qayta 
o„zgartirish va taqdim etish bilan bog„liq. 
Ob’yekt obrazi yoki uning tarkibiy qismlarining obrazi
ijodiy jarayon natijasida inson tasavvurida yaratilishi yoki inson va EHMlarning o„zaro ta‟siri 
jarayonida qandaydir algoritmlar bo„yicha paydo bo„lishi mumkin. Istalgan holda, qandaydir 
texnikaviy buyumni olish uchun jamiyat ehtiyojini aks ettiruvchi loyihalash uchun topshiriq 
mavjudligida loyihalash boshlanadi. 
Topshiriq
u yoki bu ko„rinishda taqdim etiladi. 
Loyihalash 
natijasi
vazifasini, odatda, berilgan sharoitlarda ob‟yektni tayyorlash uchun yetarli ma‟lumotlarga 
ega bo„lgan hujjatlarning to„la komplekti bajaradi. Bu hujjatnoma ob‟yektning natijaviy bayonini 
ifodalaydi. 
Birlamchi bayon natijaviy o„zgartirish oraliq bayonlarni tug„diradi, oraliq bayon – bu 
loyihalashni tugatishni yoki uni davom ettirish yo„lini tanlash maqsadida ko„riladigan narsadir. 
Informatsiya nuqtai nazaridan loyihalash – bu loyihalash ob‟yekti, ko„rilayotgan jabhadagi 
bilimlarning holati, maqsadi (vazifasi) o„xshash bo„lgan ob‟yektlarni loyihalash tajribasi haqidagi 
kiruvchi informatsiyani ma‟lum shaklda bajarilgan va ob‟yektni buyumda realizatsiya qilish uchun 
uning bayoni keltirilgan loyihaviy-konstruktorlik yoki texnologik hujjatnoma ko„rinishidagi 
chiquvchi informatsiyaga aylantirish jarayonidir. 

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin